Surondaryo viloyati yer resurslaridan qishloq xo’jaligi sohasida foydalanish masalalari
Автор: Khudoyberdiev D.N., Olimkulov Ya.M., Narziev F.F.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada O’zbekiston respublikasi yer resurslari, hususan Surxondaryo viloyatining yer resurslari haqida so’z boradi. Yer resurslarida foydalanishning bugungi kundagi hholati, yerlarga agrotexnik ishlov berishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalaniluvchi yerlar tumanlar kesimida sarhisob qilingan.
Yer, resurs, o'zbekiston, agrotexnologiya, tumanlar, surxondaryo, oziq-ovqat, dehqonchilik
Короткий адрес: https://sciup.org/140300387
IDR: 140300387
Текст научной статьи Surondaryo viloyati yer resurslaridan qishloq xo’jaligi sohasida foydalanish masalalari
Yer insoniyatning omon qolishi va farovonligi uchun ham, barcha quruqlikdagi ekotizimlarni saqlash uchun ham muhim tabiiy resursdir. Ming yillar davomida odamlar yer resurslaridan o'z maqsadlari yo’lida tartibsiz foydalanib keldilar va yer resurslari bo’yicha yetarlicha tajribaga ega bo’ldilar. Ushbu resurslarning chegaralari cheklangan lekin insonlarning ushbu resursga bo’lgan talablari ortib bormoqda.
Yer resurslariga bo'lgan talabning oshib borishi, oziq-ovqat ekinlarni va yer resurslarining sifat va miqdorining pasayishiga olib kelmoqda.
Xalqaro oziq-ovqat tashkiloti(FAO) ma’lumotiga ko’ra hozirgi kunda yer resurslari biz uchun quydagi vazifalarni bajarmoqda;
Vх jamiyat uchun boylik do'koni
V inson foydalanishi uchun oziq-ovqat, tola, yoqilg'i yoki boshqa ishlab chiqarish manbai
V o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarni biologik yashash joylari bilan ta'minlash
-
V global energiya balansi
-
V yer usti suvlari va yer osti suvlarini saqlash va oqimini tartibga solish
-
V inson foydalanishi uchun minerallar va xom ashyo ombori
-
V kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar uchun bufer, filtr yoki modifikator
-
V aholi punktlari, sanoat va dam olish uchun tabiiy makon bilan ta'minlash
-
V tarixiy yoki tarixiy yozuvlardan dalillarni saqlash va himoya qilish (toshqotganliklar, o'tmishdagi iqlim dalillari, arxeologik qoldiqlar va boshqalar.)
-
V hayvonlar, o'simliklar va odamlarning bir hudud bilan boshqasi o'rtasida harakatlanishiga imkon berish yoki to'sqinlik qilish
Yer yuzida inson paydo bo`libdiki yer resursidan, u bizga inom etgan tabiiy homashyodan tinimsiz ravishda foydalanib kelmoqda. Lekin bu foydalanish meyordan ortib ketmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha haydaladigan yerlarning 16% keskin tanazzulga uchragan va ushbu holatning asosiy sababi aholi soning ortishi hamda yer resurslariga bo’lgan ta’labning ortib borishidir (FAO).
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning janubiy qismida joylashgan bo’lib maydoni 20.1 ming km2 ni(2009911 gektar), aholisi 2681 ming kishini tashkil etadi. Viloyat mamlakatimizda iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash sanoat tarmoqlarida yuqori o’rinlarni egallaydi.
Viloyatning jami yer maydoni 2 009 911 gektarni tashkil etadi. Qishloq xo`jalik ekin yer maydonlari 278 124 gektarni bo’lib, shundan sug’oriladigan yerlar 238632 gektar, lalmi yerlar 39 492 gektar, holati yomon yerlar 19744 gektarni tashkil etadi (1-jadval) [1].
(1-jadval)
Surxondaryo viloyati tumanlari bo’yicha qishloq xo’jaligi yerlarining taqsimlanishi
(01.01.2021 y)
T/r |
Tuman nomi |
Umumiy maydon |
Ekin yerlar |
|||
Jami |
Shu jumladan |
Holati yomon yerlar |
||||
suvli |
lalmi |
|||||
1 |
Angor |
38731 |
15535 |
15535 |
1806 |
|
2 |
Bandixon |
68424 |
13373 |
13318 |
55 |
1653 |
3 |
Boysun |
325307 |
20648 |
1982 |
18666 |
262 |
4 |
Denov |
81933 |
24324 |
21738 |
2856 |
983 |
5 |
Jarqo`rg`on |
116198 |
19700 |
19700 |
3268 |
|
6 |
Qiziriq |
38788 |
24078 |
24078 |
1038 |
7 |
Qumqo`rg`on |
213752 |
18826 |
18784 |
42 |
1099 |
8 |
Muzrabot |
73923 |
33321 |
33321 |
1197 |
|
9 |
Oltinsoy |
56832 |
12593 |
9825 |
2768 |
655 |
10 |
Sariosiyo |
384638 |
12721 |
8935 |
3786 |
35 |
11 |
Termiz tumani |
83444 |
11930 |
11930 |
2520 |
|
12 |
Uzun |
163165 |
15094 |
10808 |
4286 |
874 |
13 |
Sherabot |
272785 |
40375 |
33464 |
6911 |
3769 |
14 |
Sho`rchi |
86202 |
15331 |
15209 |
122 |
585 |
15 |
Termiz shahri |
4274 |
365 |
365 |
||
16 |
Denov shahri |
1515 |
||||
Jami |
2 009 911 |
278124 |
238632 |
39492 |
19744 |
(Surxondaryo viloyat yer geokadastr borqarmasi 2021-yil 1-yanvar holati)
Quyidagi raqamlardan bilish mumkinki bizning viloyatimiz oziq-ovqat mahsulotini yetkazib berish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Lekin shunga qaramasdan qishloq xo`jalik mahsulotlari uchun ajratilgan yerlar yaroqsiz holatga kelib, sho`rlanish jadal suratlar bilan yaroqsiz holatga kelib qolmoqda.
Viloyatimizning Surxon-Sherabot vodiysidan bo`lak qismi asosan, tog`lardan iborat. Tog`lar shimoldan keladigan sovuq oqimni to`sib turganligi sababli O`zbekistonning suptropik o`lkasi hisoblanadi. Hududning yana bir o`ziga xosligi janubdan issiq va quruq “afg`on shamoli” esib, ekinlarga jiddiy zarar yetkazishidir. Ziroatchilikni tashkil etishda, albatta bu omil e`tiborga olinadi. Tog`lardagi mevali daraxtlar oziq-ovqat sanoati uchun qimmatli xomashyo yetkazib beradi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, lalmi yerlarda boshoqli o’simliklar ko`p ekiladi [2].
Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. Kunlik o’rtacha harorat 10° dan yuqori kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar mevalar (shakarqamish, limon, mandarin, xurmo) va ekinlar yetishtirish uchun qulay sharoit mavjudligidan dalolat beradi [3].
Xususan prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar iqtisodiyotimizning muhim tarkibiy qismi boʻlgan qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va uni qayta ishlash hajmini muttasil oshirish imkonini bermoqda. Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning 8 tasi paxta-to`qimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24677 tonna), 8 tasi g`allachilik (ishlab chiqarish hajmi 171 500 tonna) va 13 tasi meva-savzovatchilik (ishlab chiqarish hajmi 92688tonna). Ularga 169 217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11 340 gektari (6,7 %) klasterga hududlari uchun ajratib berilagan bo’lsa, shundan klasterga tarkibiga kiradigan 4961 ta fermer xo`jaligi 157 877 gektar (92% ) maydonga egalik qiladi [4]. Mintaqada 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda viloyarda 5698 ta fermer xo`jaligi faoliyat ko`rsatmoqda, ulardan 1859 tasi paxtachilik, 136 g`allachilik, 964 tasi bog`dorchilik, 780 tasi bog`dorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bog`dorchilik va polizchilik va boshqa yo`nalishlarga ixtisoslashgan. Viloyatda 404.1 gektar (0.2%) maydon 122 ta fermer xo`jaliklar tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bo`lib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika usulidagi, 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir.
(2-jadval)
Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi (13.01.2022)
T/r |
Mahsulot turi |
Viloyat bo`yicha (tonna) |
Yetakchi tumanlar |
Mahsulot hajmi (tonna) |
1 |
Don va dukkakli don ekinlari |
703748 |
Muzrabot |
113894,8 |
Sherobod |
108361,6 |
|||
Qumqo'rg'on |
77600,7 |
|||
Shu jumladan: |
||||
a |
Boshoqli don ekinlari |
624047 |
Sherobod |
100869,9 |
Muzrabot |
89467,1 |
|||
Denov |
69257,4 |
|||
bug'doy |
614101 |
Sherobod |
100024 |
|
Muzrabot |
88954,9 |
|||
Denov |
69257,4 |
|||
makkajo'xori don |
30332 |
Jarqo'rg'on |
7211,1 |
|
Muzrabot |
6177 |
|||
Sho'rchi |
2405,4 |
|||
Sholi |
5985 |
Muzrabot |
3810,3 |
|
Angor |
574 |
|||
Sho'rchi |
460,9 |
|||
b |
Dukkakli don ekinlari |
28655 |
Qumqo'rg'on |
7778,2 |
Sherobod |
5291,8 |
|||
Muzrabot |
2857,6 |
|||
2 |
Kartoshka |
346419 |
Denov |
81623,6 |
Sho'rchi |
51866,8 |
|||
Qumqo'rg'on |
41059,1 |
|||
3 |
Sabzavotlar |
1065983 |
Denov |
167241,8 |
Sherobod |
155225,4 |
|||
Termiz |
96744,1 |
|||
4 |
Poliz |
320308 |
Sherobod |
61981 |
Denov |
45250,1 |
Qumqo'rg'on |
38188,5 |
|||
4 |
Mevalar va rezavorlar |
172541 |
Sherobod |
27982,6 |
Sariosiyo |
27137 |
|||
Denov |
23602,3 |
|||
5 |
Uzum |
102626 |
Oltinsoy |
32452,6 |
Denov |
20231 |
|||
Qumqo'rg'on |
10701,5 |
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki viloyatimiz xo’jaligi asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan agrar xarakterga ega. Bu esa mintaqa qishloq xo’ jaligini modernizatsiya qilish va fantalab tarmoqlarga ko’proq e’tibor qaratishni taqoza etadi [5].
Xulosa qiladigan bo’lsak jahon bo’yicha 2050 yilga borib dunyo aholisi deyarli 10 milliardga yetishi kutilmoqda, bu esa qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan talabni yilga nisbatan qariyb 50 foizga oshiradi. Hozirgi kundagi kabi yerga bo’lgan munosabat va qishloq xo’jaligiga investitsiya mablag’lari davom etsa 2030 yilgacha yuzlab million odamlarni to'yib ovqatlanmaslikka olib keladi(FAO).
FAO tomonidan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan birgalikda tayyorlangan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, joriy investitsion modellar va ijtimoiy himoyaga sarflangan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar o‘sishi va undan foydalanish imkoniyatlari yaxshilanmasligi pragnoz qilinmoqda. Bu esa 2030 yilga borib ochlikni yo'qotish uchun yetarli oziq-ovqat bo’lmasligi va shunga asosan 2030 yilda 650 milliondan ortiq odam yoki dunyo aholisining 8 foizi to'yib ovqatlanmay qoladi (FAO, IFAD va WFP, 2015).
Hisob-kitoblarga ko’ra jahon bo’yicha qishloq xo'jaligi savdosining umumiy tez o'sishiga qaramasdan, ko'plab mamlakatlarda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatning asosiy qismi mamlakatning o’zida istemol qilinmoqada. Ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulortning atigi 20 foizigacha oralig'ida eksport qilmoqda. Bu esa asosan har bir hududa qishloq xo’jaligi yerlaridan samarali foydalanish talablarining ortib borayotganligidan dalolat beradi [6].
Takliflar
-
1) Qishloq Xo`jaligi milliy sektori dasturini qabul qilish va amalda tadbiq etish.
-
2) Mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash,
-
2) Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish hisobiga yer-suv resurslaridan samarali foydalanish,
-
3) Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini taminlash, kasbiy ta`lim malakalarini oshirish,
-
4) Qishloq dehqonlarining daromadlari ko`tarish, unumsiz va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta tiklash hamda ularni keyingi eroziyadan himoya qilish bo'yicha maslahat berish tizimini shakillantirish,
-
5) Qishloq xo`jaligi jamoalarini yangi inavatsion texnikalar bilan taminlanish darajasini ko`tarish va texnikalar harid qilish uchun past stavkali kriditlar taklif etish,
-
6) Oziq-ovqat bazasini sifatli mahsulotlar bilan boyitish va raqobatbardoshligini oshirish.
-
7) Qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlash va marketing bo'yicha firmalarning yangi bozorlarga chiqish uchun o'zlarining operatsion jarayonlarini takomillashtirish va sifatli takliflar ishlab chiqishni rag`batlantirish.
-
8) Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini kengaytirish
Maqsadlar
-
1) Vazirliklar, muassasalar va hokimiyatlarning qishloq sektori hamkorlari bilan qishloq xo'jaligi uchun yanada yaxshi siyosiy va institutsional shart-sharoitlarni ishlab chiqish uchun siyosiy muloqot olib boradi.
-
2) Ushbu maqsadlarga erishish uchun dastur oziq-ovqat sohasi tadbirkorlarini qo'llab-quvvatlaydi.
-
3) Shu maqsadda ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlaridagi to'siqlar tahlil qilinadi va barcha ishtirokchilar bilan birgalikda bartaraf etiladi. Misol uchun, fermerlar yaxshi urug'likdan foydalanish va yaxshi qishloq xo'jaligi amaliyoti tamoyillarini qo'llashga o'rgatiladi.
-
4) Qayta ishlash va marketing bo'yicha firmalarga yangi bozorlarga chiqish uchun o'zlarining operatsion jarayonlarini takomillashtirish va sifat standartlarini joriy etish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
-
5) Shu bilan birga, eroziya natijasida hosildor qishloq xo‘jaligi tuproqlarining uzluksiz yo‘qotilishiga chek qo‘yiladi.
-
6) Ushbu yondashuv aholiga iqlim o'zgarishi oqibatlariga yaxshiroq javob berishga imkon beradi.
-
7) Malakasini oshirish tashkil etish vazirlik va mutasaddilarga o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni yanada samarali bajarish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1. Ro’ziev A. Surxondaryo viloyati. – T., 1996.
-
2. Ro’ziev A., Abirqulov Q. O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi. – T.: Sharq, 2001.
-
3. Ro’ziev O. A. Agrosanoat majmuasi rivojlanishining hududiy xususiyatlari (Surxondaryo viloyati misolida). Iqtisod f.n. diss. avtoref. – T., 2002.
-
4. Surxondaryo viloyati statistika bosh boshqarmasi ma’lumotlari (1991 – 2015 yy.) – Termiz.
-
5. Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqarilgan “Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili” dasturi – Termiz, 2009.
-
6. Tursunov S.N. Surxondaryo viloyati toponimlari. T.: O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 2008.
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы Surondaryo viloyati yer resurslaridan qishloq xo’jaligi sohasida foydalanish masalalari
- Ro'ziev A. Surxondaryo viloyati. - T., 1996.
- Ro'ziev A., Abirqulov Q. O'zbekiston iqtisodiy geografiyasi. - T.: Sharq, 2001.
- Ro'ziev O. A. Agrosanoat majmuasi rivojlanishining hududiy xususiyatlari (Surxondaryo viloyati misolida). Iqtisod f.n. diss. avtoref. - T., 2002.
- Surxondaryo viloyati statistika bosh boshqarmasi ma'lumotlari (1991 - 2015 yy.) - Termiz.
- Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqarilgan "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili" dasturi - Termiz, 2009.
- Tursunov S.N. Surxondaryo viloyati toponimlari. T.: O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2008.