O’zbekistonda turizm geografiyasi rivojida boysunni o’rni
Автор: Ismoilova D.I.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 10-1 (101), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada O’zbekistonda turizm geografiyasining rivojlanishida mamlakatimiz janubiy viloyati sanalgan Surxondaryo viloyatida Boysun tumanining o`ziga hos tutgan o`rni haqida so`z yuritilgan.
Turizm, daromad, ichki va tashqi turizm, xorijiy sayyohlar, tadbirkorlik, iqtisodiy-ijtimoiy dastur
Короткий адрес: https://sciup.org/140300264
IDR: 140300264
Текст научной статьи O’zbekistonda turizm geografiyasi rivojida boysunni o’rni
Turizm bu qulay daromad manbai. Prezidentimizning Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim masalalari qatorida turizm sohasini sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi ahamiyatlidir. Darhaqiqat rivojlangan davlatlarni deyarli barchasida turizm allaqachonlardan buyon daromad manbaiga aylanib bo’lgan. Aslida davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizz ichki va tashqi turizmni rivojlantirish borasida keying uchning tashabbuslari bilan mamlakatimiz ichki va tashqi turizmni rivojlantirish borasida keying uch yilda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilgan.
Chunki, murojaatnomada ta’kidlaganidek , uch yil davomida xorijiy sayyohlar tashrifi 3,3 barobarga oshirishga erishildi. O’tgan 2019 yilda O’zbekistonda 6,7 million nafar xorijiy sayyohlar qabul qilindi. Bu natijalar aslida yetarli emas. Chunki dunyoning aksariyat mamlakatlari xususan Italiya, fransiya kabi turizm sohasi rivojlantirilgan davlatlar statestikasiga e’tibor qaratsak, shu davlatlar aholi sonidan ikki hissa ko’proq hajmda sayyohlar tashrif buyurishini guvohi bo’lasiz.
E’tiborli jihati shundaki, mamlakatimiz janubiy viloyati sanalgan Surxondaryo viloyatida Boysun tumani alohida o’ringa ega deb o’ylayman.
Yaqin kelajakda tuman iqtisodiy-ijtimoiy dasturida turizm sohasi o’z aksini toppish lozim va bu asosli ravishda tasdiqlangan.
Bir vaqtning o’zida yilning to’rt faslini ko’rish mumkin bo’lgan iqlim, yil davomida uzluksiz hordir olish imkoni mavjud bizdagi tabiat har joyda yo’q. Hududimizda 60 ga yaqin tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan madaniy meros obektlari mavjud. “ Everest “ deya talqin qilinayotgan dunyoning eng chuqur g’orlari qatoriga turishga talabgor xo’jaqurg’ur g’ori va boshqa 400 dan ortiq katta kichik g’orlar ham Boysun tog’lari bag’rida joylashgan.
Necha yillardan buyon tarixchi olimlarni o’ziga qiziqtirib kelayotgan uzun dara poyonqo’rg’on, munchoqtepa kabi o’nlab yodgorliklar hududda turizmni rivojlantirish va dunyo olimlarini Boysunga jalb etish imkonini bermoqda.
Shu ma’noda madaniy hordiq chiqarish uchun tog’ yon bag’rlarida oilaviy turizm,
Salomatlik turizm, tog’ chang’i turizmi, alpinizm kabi sohalarni tashkil qilish imkoni borligi, ushbu sohalarni yo’lga qo’yish orqali tadbirkorlik sohaida siljish qolaversa vohamiz iqtisodiyotini hissa qo’shiladi.
Jahon tajribasida malumki har qanday xorijiy sayyoh uyoki bu mamlakatga safar qilishdan oldin uyerni shart sharoitlari bilan qiziqadi. Chunki ular uchun birinchi talab xizmat ko’rsatish obektlariga e’tibor . Albatta g’urur bilan aytish mumkinki xorijdan kelayotgan aksariyat sayyohlar Boysunga qiziqishadi. Chunki ancha yillaran buyon Boysunda Yuneskoning vakillari bilan hamkorlikda “ Boysun bahori”deb nomlangan festival o’tkazilib kelinish , chet elliklar nigohiga tushgan .
Boysunga kelgan sayyohlar tabiatiga , xushmanzarasiga maftun bo’lish bilan birga bu go’shani tarixiy madaniy merosini juda hurmat bilan tilga oladi va o’z navbatida o’zining davlat sayyohlik agentida taassurotlarini yozisgh davomida boshqalarni ham chorlashi mumkin. Men geografiya o’qituvchi bo’lganim uchun ushbu hududlarni kavkaz va qora dengiz bo’ylari bilan qiyoslay olmayman . chunki hududimiz faqat tabiat tomondan sizu bizga inom etilgan mo’jizalar bilan tashlab qo’yilgan . Shu yil yozda Boysunga tashrif buyurgan yaponiyalik olim, sayyoh shunday fikrlarni aytdi. “ Boysunga ikkinchi mrta kelishim. Uning boy madaniyati , san’ati va ong muhim betakror tabiati mewni hamisha maftun etgan. Yaponiyaliklar Boysunga kelishga orzumand .Ammo xafa bo’lmasalaring bir sirni aytaman. Ko’p tanishlarim bu yerga xorijlik sayyohlar uchun yetarli sharoit yo’qligibois kela olmaydilar
Boysundek jannatmakon joy dunyoda kam. Uning imkoniyatlaridan foydalanish nolga teng. To’g’ri bugungi kunda svilizatsiyadan charchagan jahonni rivojlangan davlarlariga xorijloiklar borishdan Boysundek tabiati go’zal joyga talpinishadi. Ulatga osmon o’par mehmonxona shart emas. Ular bejirimgina uy mehmonxonalarda , jahon andozalariga mos sharoit bo’lsa bas.
Shaxsan men har kelganimda 10 kunlab Boysun qo’ynida mazza qilib dam olaman.”
Mana bir oddiy sayyohni fikri. Xulosani esa shu yurt farzandi chiqoradi.
Boysun andozalari bag’rida xorijiy sayyohlar uchun kichik mehmonxonalar qurishni tadbirkorlarga qo’yib berish kerak. Boysunda ichki turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlar cheksiz. Birgina Xo’jamayxona , Omonxona, Xo’ jaqo’chqor ota kabi ziyoratgoh hudularimiz bugungi kunda eng boy madaniy merosimiz hisoblanadi. Omonxonada mustaqillik yillarida bir qancha imkoniyatlar bunyodgorlik ishlari amalga oshirildi . Endi navbat Boysunni xush manzara tog’laribag’rida joylashgan Xo’jamayxona, Xo’jaqo’chqor ota ziyoratgohlariga chet el investorlarini jalb etish va o’z navbatida tadbirkorlarni jalb etish orqali turizmni bugungi mavqeini oshirish darkor. Chunki Zomin, Chimyon, Chirchiq , G’azalkent kabi dam olish maskanlaridan qolishmaydigan darajadagi Boysun manzaralari bugungi kunda o’zini o’gaydek his qilmoqda. Olingan ma’lumotlarga ko’ra turizmni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bo’yicha dastlabki qadam tashlandi. Boysun kasb-hunar kollejlaridan biri aynan turizm kolleji bo’lishi rejaga kiritilgan. Bu hudud yoshlarida turizm faoliyati bilan shug’ullanadigan kadrlar ham kerkaligi hisobga olingan bo’lsa ne ajab azaldan bilimdan , kuchlilikdan va o’z navbatida alp kelbatidan hammani lol qoldirib kelgan Boysun yigitlari imkon darajada bu ishni ham eplaydilar . Zero Yaponiyalik aytgandek manzarasiga mos sharoit ham qila oladi.
Rejalashtirilgan takliflarni hisibga olsak yaqin kelajakda Boysun yonbag’irlarida kanal (osma ko’prik yordamida ) tog’ manzaralarini tomosha qilish imkoni bo’lib qolar. Bizni hech kim bilmaydigan archazor zaxiralarimizni ko’rgan yurtdoshlarimiz ham O’zbekistonni kelajakda turizmdan foyda ko’rib rivojlangan davlatlarni lol qoldirishiga ishonadi.
Yana bir fakt dunyoning noyob mo’jizalar qatoridan Boysundagi Darband va Machay daralari o’rin egallagan . Ushbu daralardagi mo’jizani ham antropogen yo’l orqali o’zgartirib turizmga nafi tegadigan dam olish maskanlarini yaratish kerak. Zotan inson qo’li gul zargar ekanligi yana bir bor isbotini topgan bo’lardi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston ensklopediyasi 2010 yil
2A.Z.Zokirov ‘O’zbekistonning shifobaxsh resurslariva shifobaxsh maskanlari’ 1997 yil
3.Mahalliy nashrlardan foydalanilgan
"Экономика и социум" №10(101) 2022
Список литературы O’zbekistonda turizm geografiyasi rivojida boysunni o’rni
- O’zbekiston ensklopediyasi 2010 yil
- A.Z.Zokirov ‘O’zbekistonning shifobaxsh resurslariva shifobaxsh maskanlari’ 1997 yil
- Mahalliy nashrlardan foydalanilgan