Talabalar uchun interaktiv xizmatlar va ularni avtomatlashtirish

Автор: Yuldashev R.

Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (73), 2021 года.

Бесплатный доступ

Internet tarmoqlaring rivojlanishi ayni vaqtda ko’plab muammolarga yechim olib kelmoqda. Xususan oldinlari ko’plab ishlarni bajarishda ishtirokchilarning jismoniy mehnatlari talab etilar edi. Endilikda aynan bir vaqtning o’zida ko’plab masalalarni parallel ravishda hal etish imkoniyatlari oshib bormoqda.

Interaktiv xizmatlar, online tizim

Короткий адрес: https://sciup.org/140289656

IDR: 140289656

Текст научной статьи Talabalar uchun interaktiv xizmatlar va ularni avtomatlashtirish

TALABALAR UCHUN INTERAKTIV XIZMATLAR VA ULARNI AVTOMATLASHTIRISH

Annotatsiya:  Internet tarmoqlaring rivojlanishi ayni vaqtda ko’plab muammolarga yechim olib kelmoqda. Xususan oldinlari ko’plab ishlarni bajarishda ishtirokchilarning jismoniy mehnatlari talab etilar edi. Endilikda aynan bir vaqtning o’zida ko’plab masalalarni parallel ravishda hal etish imkoniyatlari oshib bormoqda.

Kalit so’zlar: interaktiv xizmatlar, Internet, online tizim.

Onlayn hujjatlar aylanishi o’z navbatida qog’ozbozliklar va ko’plab sarsongarchiliklarni oldini olmoqda. Davlat xizmatlari markazi (DXM) tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minotlar tufayli fuqarolar tomonidan ko’plab murojaatlarni onlayn tarzda yuborilmoqda va ularga tez, sifatli xizmatlar ko’rsatilmoqda. Yana bir fahrlanilsa arzirli hizmat turlaridan biri Davlat test markazi (DMT) tomonidan abituriyentlarni hujjatlarini onlayn tarzda qabul qilish va natijalarini ham onlayn ko’rish imkoniyati mavjud bo’lganligida ko’rishimiz mumkin. 2020 yilda insoniyatga ulakan qiyinchiliklarni olib kelgan Covid-19 virusi o’z navbatida barcha tashkilot va muassalarini onlan tarzda ish olib borilishiga, bu esa o’z navbatida ko’plab islohotlarni olib borilishiga majbur etdi. Lekin hali ham ko’plab ish joylari va xizmatlar avtomatlashtirilmaganini achchiq bo’lsa ham haqiqat! Yurtimizda ko’plab soxalarga onlayn tarzda interaktiv xizmatlarni taklif etish, bugungi zamonaviy davrimizda eng muhim masalalardan biri sifatida qolmoqda. Oliy ta’lim muassalarida ko’plab interaktiv xizmat turlari mavjud bo’lib, asosan talabalar uchun onlayn tarzda xizmatlar ko’rsatish maqsadida yaratiladi. Xizmat turlari 16 tani tashkil etadi, hozida jamoamiz tomonidan barcha xizmat turlari ishlab chiqilmoqda. Ular quydagi asosiy xizmatlardir:

  • >    Oliy ma 'lumot haqidagi diplomni tasdiqlash;

  • >    Ish joyidan ma 'lumotnoma olish;

  • >    Talabalar haqida ma 'lumotnoma olish;

  • >    Talabalar turar joyidan yashash uchun ariza berish;

  • >    Talabalar o 'zlashtirishi haqida ma 'lumot olish;

  • >    Oliy ta 'Um muassasasidagi vakant lavozimlar;

  • >    Nomdor stipendiyaga elektron ariza berish;

  • >    Oliy ta 'lim muassasi rahbariyati qabuliga yozilish;

  • >    Oliy ta'lim muassasasining engyaxshipedagog tanloviga ariza berish;

  • >    Yilning eng yaxshi darslik va o’quv adabiyoti muallif tanloviga ariza berish;

  • >    Akademik ta'tilga chiqish uchun ariza berish;

  • >    Akademik ta 'tildan qaytish uchun ariza berish;

  • >    Virtual qabulxona;

  • >    Dars jadvali;

  • >    Elektron kutubxona;

  • >    Audio kitob;

  • >    Oliy Test Tizimi.

Hozirda 10 dan ortiq xizmatlar ishchi xolatda hissoblanadi, ularning boshqaruv panellari ham mavjud bo’lib bu orqali kelgan murojaatlarni ko’rib chiqishni amalga oshirish mumkin

Dasturiy ta’minotlardan yana biri Vakant lavozimlar bo’limi ayniqsa e’tiborga loyiq bo’limlardan biri sifatida alohida e’tiborga loyiqdir (2-rasm) .

1-rasm Interaktiv xizmatlar ro’yxati

2-rasm Oliy ta`lim muassasasidagi vakant lavozimlar

Dasturda vakant lavozimlar ro’yxati keltirilgan bo’lib, lavozim haqida to’liqroq ma’lumot olish mumkin. Dasturga kiruvchilar haqida, oylar kesimida statistik ma’lumotlarni diagramma ko’rinishida ko’rishimiz mumkin. Dasturning eng muvaffaqiyatli qismlaridan biri sifatida biz vakant lavozimlar uchun talabgorlar bir vaqtning o’zida ariza berish imkoniyatini qo’shish hissoblanadi va dastur test rejimda ishlamoqda. Dasturni ishlab chiqishda talabgor tomonidan talab etiladigan muhim hujjat turlari va ma’lumotlarni onlayn tarzda kiritish imkoniyati mavjud. Yuborilgan ma’lumotlar kadrlar bo’limiga kelib tushadi va bo’lim tomonidan hujjatlar o’rganiladi. So’ng talabgorga bog’langan holda kerakli tavsiyalarni taqdim etiladi (3-rasm).

3-rasm Vakant lavozimga ariza berish oynasi

Bir so’z bilan aytganda ish jarayonlarini avtomatlashtirish bu juda muhim bosqichlardan biri hissoblanadi. Mana shu ulakan vazifalarni bajarishda biz ham kichik bir ishtirokchi ekanimizdan juda manunmiz!

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    Why Are There Still So Many Jobs? The History and Future of Workplace Automation, 2015 y. David H. Autor.

  • 2.    Automation and Artificial Intelligence: How machines are affecting people and places, 2019 y. Mark Muro, Robert Maxim, Jacob Whiton.;

  • 3.    Axborot xavfsizligi 2017 yil “Fan va texnologiya” S.K. Ganiyev, M.M. Karimov, K.A. Tashev.

  • 4.    http://old.mitc.uz/uz/activities/information_technologies/information_techn ologies/574/

Список литературы Talabalar uchun interaktiv xizmatlar va ularni avtomatlashtirish

  • Why Are There Still So Many Jobs? The History and Future of Workplace Automation, 2015 y. David H. Autor.
  • Automation and Artificial Intelligence: How machines are affecting people and places, 2019 y. Mark Muro, Robert Maxim, Jacob Whiton.
  • Axborot xavfsizligi 2017 yil "Fan va texnologiya" S.K. Ganiyev, M.M. Karimov, K.A. Tashev.
  • http://old.mitc.uz/uz/activities/information_technologies/information_technologies/574
Статья научная