Ta’lim tizimini boshqarishda kasbiy kompetentlik yo‘nalishlari
Автор: Aynaqulov X.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
OTM rahbar xodimlar va prof-o’qtuvchilarning kasbiy -komponentligi talim massasasi faoliyatini boshqarish va takomillashtrish, tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga olish va faoliyatini takomillashtirishga qaralgan.
Raxbar, xodim, salohiyat talim muassasasi, inovatsion texnologiyalar, boshqarish, ko'nikma malaka, kasbiy komponentlik, faoliyat
Короткий адрес: https://sciup.org/140300344
IDR: 140300344
Текст научной статьи Ta’lim tizimini boshqarishda kasbiy kompetentlik yo‘nalishlari
O‘z mohiyatiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligi – bu ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishda innovatsion yondashuvlarga asoslanadigan, kasbiy ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan, yuqori darajada o‘zini-o‘zi nazorat qila oladigan, boy falsafiy va ma’naviy dunyoqarashga, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, shaxslararo munosabatlarda tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga oladigan hamda vaziyatlarga ko‘ra turli xil muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga asoslanadigan, ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, muvofiqlashtirish, faolligini ta’minlash, ta’lim muassasasi ilmiy-metodik ta’minotini yaxshilash, innovasion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish orqali OTM faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan mutaxassis shaxsini tavsiflaydi [3].
OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining boshqaruv faoliyati yo‘nalishlari, boshqaruv faoliyati jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, ularga qo‘yilayotgan talablar va kasbiy kompetentliligi yo‘nalishlarida keltirilgan ma’lumotlarga asosan, ularda shakllanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kasbiy ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarni inobatga olgan holda OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini baholash ko‘rsatkichlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
- Vatanni sevish, ona-yurtiga, ota-onasiga va yoru-do‘stlariga sadoqatli bo‘lish va e’tiqod qilish;
-
- mustaqil respublikamiz konstitutsiyasi va qonunlari, davlatimiz ramzlari, milliy urf-odatlar va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
- OTM me’yoriy-huquqiy, me’yoriy-uslubiy hujjatlarni mukammal bilishi va o‘z faoliyatida ularga amal qilish malakasiga ega bo‘lishi;
-
- ta’lim muassasasini boshqarishga oid me’yoriy hujjatlar, boshqarish tamoyillari, usullari asosida ta’lim muassasasi ichki boshqaruv tizimini tashkil qilishni bilishi;
-
- OTM ishini ilmiy asosda rejalashtirish usullarini bilishi va amalda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi;
-
- ta’lim muassasasini pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, ular bilan ishlash, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish hamda rag‘batlantirish yo‘llarini bilishi;
-
- darslarni kuzatish va tahlil qilish qoidalarini bilishi;
-
- ta’lim muassasasi faoliyati monitoringini olib borishni bilishi;
-
- boshqaruvning demokratik va insonparvarlik tamoyillarini bilishi va ularga amal qilish malakasiga ega bo‘lishi;
-
- rahbarga mos va xos yuksak madaniy saviya va ma’naviy qiyofa usullarini bilishi va egallashi;
-
- yangi pedagogik texnologiyalar, innovasion texnologiyalar haqida
tasavvurga ega bo‘lishi;
-
- ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlarning mazmun-mundarijasi, shakllari va bunday ishlarni tashkil qilish yo‘llari va usullari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi;
-
- ta’lim muassasasining muammolari, bu sohadagi izlanishlar, yangilik va yutuqlar haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi;
-
- OTMni moliyalash, hisob-kitob yuritish, jihozlash, moddiy ta’minot masalalarini bilishi;
-
- budjetdan tashqari mablag‘ kiritish va ulardan foydalanish yo‘llarini bilishi;
-
- shaxslararo munosabatlarda faol va adolatli hamda muruvvatli bo‘lishi;
-
- o‘zligini anglash, o‘zini va boshqalarni hurmat qilish, o‘zini-o‘zi boshqara olish va o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
- shaxsiy manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uyg‘un holda ko‘ra olishi;
-
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirok etishi;
-
- mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarida faollik ko‘rsatishi;
-
- milliy an’ana, urf-odatlar va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbi va ongiga ona-yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishga intilishi;
-
- o‘z faoliyati va ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini tahlil qilish va obyektiv baholashga xizmat qiluvchi refleksiv ko‘nikmalarga hamda tizimli fikrlash, keng dunyoqarash va refleksiv tafakkurga ega bo‘lishi;
-
- tadqiqotchilik va tahliliy faoliyatga, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, pedagogik mahoratni oshirish, mustaqil ta’lim olish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga, innovasion jarayonlarga va kreativlikga moyillik [1];
-
- oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, o‘zgalar muvaffaqiyatini oqilona baholash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda adolatlilik;
-
- o‘z faoliyati va o‘zaro munosabatlar jarayonidagi xatti-harakatlarining natijalarini oldindan ko‘ra olishi;
-
- boshqaruv jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarda subyektlar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtira olishi;
-
- boshqaruv jarayonlarida mavjud sun’iy to‘siq va qarama-qarshiliklar jamoadagi ongli intizomga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olishi;
-
- hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish va vaziyatlarga ko‘ra rahbarlik
uslublaridan oqilona foydalanishi;
-
- axborotlar to‘plash, tahlil qilish, obyektiv baholash, qayta ishlash va axborotlar almashinish darajasi [2];
-
- ta’lim muassasasini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishi;
-
- boshqaruv funksiyalari, vositalari va metodlaridan oqilona foydalanishi;
-
- axborot texnologiyalari va kommunikasion vositalardan foydalanishi;
-
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanishlar hamda ularning natijalariga qiziqish va e’tiborli bo‘lish;
-
- tinchlik, mustaqillik, erkinlik va bag‘rikenglikning ahamiyati va
zaruriyatini tushunib yetish;
-
- tarixni bilish va vaziyatlarga ko‘ra o‘tmishni va bugungi kundagi taraqqiyotni obyektiv baholash;
-
- Mazkur ko‘rsatkichlarga asosan OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin.
Mazkur jadvalda keltirilgan ma’lumotlar OTM rahbar xodimlari kasbiy kompetentliligi boshqaruvchilik, tadqiqotchilik, ijodkorlik va kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan komponentlar majmuidan iborat bo‘lib, o‘ziga xos murakkab ko‘p komponentli tashkiliy tuzilishga ega ekanligini ifodalaydi.
OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar hamda bu jarayonni tashkil etuvchi komponentlar, OTM rahbar xodimlari kasbiy kompetentliligini baholash mezonlari sifatida xizmat qilishi bilan bir qatorda, ushbu boshqaruv faoliyati samaradorligi darajasini aniqlovchi omillar sifatida ham xizmat qilishi mumkin.
Muvaffaqiyatli inson faoliyati natijasida shaxs tomonidan erishilgan ma’naviy-axloqiy, psixologik va shaxsiy sifatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda faoliyat asosi, mazmuni, hatto yo‘nalishi ham shaxsga xos sifatlar negizida belgilanib, uning natijasi uchun g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayni o‘rinda shaxsga xos sifatlarning turkumi, ularning ma’lum ijtimoiy faoliyatni tashkil etishdagi ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
-
1. Usmonboeva M., Yuzlikaeva E., Djumaeva S. Pedagogik amaliyot: tizim mohiyati va mexanizmi / Metodik qo‘llanma. – Toshkent: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2011. – 88-b.
-
2. Fazilov J.K. O‘zbekistonda mustaqillik sharoitida ta’lim muassasasidan tashqari ta’lim tizimini boshqarishning pedagogik asoslari: Ped.fanl.nomz diss. – Toshkent: 2007. – 142 b.
-
3. Aynakulov M.A. Problems, prestiges of animation process and technique // Uz ACADEMIYA. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL.ISSN (E)-2181-1334.VOL 1, ISSUE 2, AUGUST 2020.
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы Ta’lim tizimini boshqarishda kasbiy kompetentlik yo‘nalishlari
- Usmonboeva M., Yuzlikaeva E., Djumaeva S. Pedagogik amaliyot: tizim mohiyati va mexanizmi / Metodik qo‘llanma. - Toshkent: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2011. - 88-b.
- Fazilov J.K. O‘zbekistonda mustaqillik sharoitida ta'lim muassasasidan tashqari ta'lim tizimini boshqarishning pedagogik asoslari: Ped.fanl.nomz.. diss. - Toshkent: 2007. - 142 b.
- Aynakulov M.A. Problems, prestiges of animation process and technique // Uz ACADEMIYA. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL.ISSN (E)-2181-1334.VOL 1, ISSUE 2, AUGUST 2020.