Og'zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari
Автор: Anarbekova G.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Современные науки и образование
Статья в выпуске: 5-2 (84), 2021 года.
Бесплатный доступ
Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, kamoloti haqida qayg’urish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardandir. Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda munosib o’rni va ovoziga ega, yuragida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usi jo’shib turgan barkamol avlodni, jahon andozalariga to’liq javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlashda mehridaryo ustozlarning xizmati beqiyos.
Nutqni rivojlantirish omillari, ona tili, ta'lim tarbiya, pedagogic mahorat
Короткий адрес: https://sciup.org/140260572
IDR: 140260572
Текст научной статьи Og'zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari
Bugungi kun o’qituvchisi-oddiy o’qituvchi emas, u zamon bilan hamnafas, hamqadam bo’lishi kerak. Bugungi kun o’qituvchisi o’quvchuga tayyor ma’lumotni berish bilan cheklanib qolmay, balki ta’lim oluvchini ijodiy fikrlashga yo’naltiradigan, uning o’zlashtirilgan ma’lumotini prognozlaydigan mutaxasis hamdir. Shu o`rinda buyuk adabiyotshunos yozuvchi Abdulla Qahhorning” Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart” degan qimmatli fikrini e’tirof etish joizdir.
Ona tili ta’limining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini, to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. Ona tili darslarida o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma usullarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir o`qituvchidan qaysi fan, qanday dars turidan qat’iy nazar har bir dars jarayonida bevosita o`quvchining o`g`zaki va yozma nutq salohiyatini rivojlantirib borish talab etiladi. Jumladan, ona tili va adabiyot darslarida debat usulini qo`llash ahamiyatlidir. Debatlar asosida darslarni tashkil etishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad muammoning yechimini topishda o`quvchi o`zgalarni o`z yondashuvining to`g`riligiga ishontirishdir. O`z fikrini aniq va mantiqiy bayon etish, buning uchun esa ishonarli dalillar va xulosalar topish ko`nikmalarini shakllantirishda debatlar o`tkazish samarali metod hisoblanadi. Ular o`quvchilarda ijtimoiy fikrni o`zgartirishga ta’sir etish qobiliyati mavjudligiga ishonch tuyg`ularini rivojlantiradi. Bahslashuv natijasida o`quvchilar nimalarni qo`lga kiritish mumkinligini tushunib yetsagina dars samarasi to`g`risida gapirish mumkin. Dars jarayonida o`quvchi o`z mulohazalarini kichik-kichik kontekslar orqali yozma tarzda yoritishlari lozimdir. Bu borada o`quvchilarni shunday dalil-isbot topish ko`nikmalarini egallashga o`rgatish kerakki, natijada bildirilgan fikrni qarshi tomonning muhokama qilishiga o`rin qolmasin. Shundagina o`quvchilar tengdoshlarining qarashlarini hurmat qilishga yoki xususiy tasavvurlarini sinfdoshining fikri oldida ojiz ekanligini tan olishga o`rganadi, eng asosiysi, ularda erkin fikr yuritish ko`nikmalari shakllana boradi.
Dars davomida badiiy asar tahlili asosidagi suhbatlar o’qituvchining qiziqarli luqmalari, munosabatlari bilan jonliroq chiqadi. Lekin ayrim hissiyotlarga to’yingan asarlarning tahlili jarayonida o’qituvchi suhbat davomida kamsuqumroq bo’lishi ham zarar qilmaydi. U inson hissiyoti o’ta nozik ekanini, kichkinagina ehtiyotsizlik uni jarohatlab qo’yishi, bu bilan o’quvchi samimiyati barbod bo’lishi mumkinligini bilishi lozim. Suhbat davomida shunday lahzalar bo’ladiki, o’qituvchining sukuti barcha xususiyatlari bilan savolga, luqmaga, ba’zan esa xulosaga teng bo’ladi. Shu o’rinda adabiyotshunos olim, Ro’zmon Keldiyorovning “EHTIYOT BO’LING, QALB BOR!” degan da’vatini qo’llash juda o’rinli bo’ladi.
O’qitish jarayonida o’g’zaki nutqni o’stirish, erkin fikrlashga o’rgatish, o’z fikrini mantiqan izchil, ravon tilda bayon etish bilan birga, yana bir jihat e’tiborga olinadi. Bu yozma savodxonlikni oshirish, husnixati va yozuv texnikasini yaxshilash sanaladi.
Ona tili ta’limi oldiga o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan- muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish maqsadi qo`yiladi. Bu bilan o’quvchilarning til qurilishi bo’yicha olgan bilimlari, bu bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmasi va nutq hosil qilish malakasini tarkib toptirishga qaratiladi.
Ona tili ta`limi natijasida o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma, malaka hamda shakllangan kompetensiyalar quyidagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
-
1. O`qish texnikasi.
-
2. O`zgalar fikrini, matn mazmunini anglash va so‘zlash malakasi
-
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi
Nazoratning yozma turlari sifatida diktant, ijodiy bayon va insholar olinar ekan, o’quvchilarning ona tili va adabiyotdan olgan bilimlarini amalda qo’llay olishi hamda yozma nutq malakalari to’la namoyon bo’ladi. Yozma ish turlarini tekshirish va ularni tahlil etish jarayonida o’quvchilarda quyidagi imloviy, ishoraviy xato va kamchiliklar kuzatiladi:
-
1) sinf, aql, metr, fikr, stol, zikr, traktor, stul, sport;
-
2) xursand, g’isht, musht, Samarqand, sust, daraxt, qand;
-
3) biologiya, shoir, aeroport, shariat, poema, maishat, teatr, radio, ukrain;
-
4) tekindan tekin, ochiqdan ochiq, tomdan tomga, yildan yilga.
So’zlarni 1-guruhga yig’ish uchun o’quvchilar quyidagi qoidani esga olishadi:
“So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi”.
2-guruhga tizilgan so’zlarni yozish orqali o’quvchilar “So’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi” degan qoidani xotirlaydilar.
“O’zbek tilining yangi imlo qoidalari”ning 1-bo’lim 7-bandida “Yonma-yon keladigan unlilar orasida ba’zan y undoshi qo’shib aytilsa ham yozilmaydi” degan qoida aks etgan. 3-guruhdagi so’zlar aynan shu hukm asosida birlashtiriladi.
“Belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi so’zlar hamda birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo’nalish kelishigida bo’lgan birikmalar ajratib yoziladi”. (“O’zbek tilining yangi imlo qoidalari”ning 5-bo’lim 63 - 64 – bandlari). 4-guruh so’zlari shu qoidaga bo’ysunadi.
Yozma savodxonlikni oshirishdagi yana bir usul imlodagi qiyin so’zlarni aralash holda keltirib, ularni guruhlarga ajratish o’quvchilarga topshiriq qilib berilsa, samarali natijaga erishiladi. Masalan:
Lang ochiq, yilnoma, shoxdan shoxga, hayhaylamoq, qip-qizil, uch yuz yigirma yetti, yuzma-yuz, ellikboshi, sindi-qoldi, BuxDUning, sen-chi, qoryog’di, baxt-saodatli, Ko’hna Urganch, 8-sinf
O’quvchilar bu so’zlarni quyidagicha guruhlarga bo’lishadi:
-
1. Lang ochiq, shoxdan shoxga, uch yuz yigirma yetti, Ko’hna Urganch (ajratib yoziladi)
-
2. Yilnoma, ellikboshi, BuxDUning, qoryog’di, hayhaylamoq (qo’shib yoziladi)
-
3. Qip-qizil, sindi-qoldi, sen-chi, 8-sinf, yuzma-yuz, baxt-saodatli (chiziqcha bilan yoziladi)
So’zlarning guruhlarga ajratish orqali o’quvchilar ma’lum bir qoidaga asoslanadilar va bu ular xotirasida mustahkam o’rnashib qoladi.
Ona tili va adabiyot darslarida asosan o’quvchining mantiqiy fikrlashi hamda o’z fikrini izchil, to’liq, batafsil, ijodiy yoritishi talab etiladi. Ona tili darslarida “G’oyalar gilami”, ”Arra”, ”Meni tushun”, ”Sirli doska” kabi interfaol usullardan foydalanilsa, o’quvchida ham ijodkorlik, ham to’g’ri va xatosiz yozish ko’nikmalari rivojlantiriladi. Masalan, 5-sinflarda undoshlar talaffuzi va imlosi yuzasidan mustahkamlash darsida “Meni tushun” o’yini juda qo’l keladi. O’qituvchi sinfni uch guruhga bo’ladi va har bir guruhga oldindan tayyorlab qo’yilgan xatolari mavjud bo`lgan uchta matnni elektron doska orqali namoyon etadi:
1-guruh: Parosatliy bola
Karim 5-sinifda taxsil oladi. U barcha fanlarni chuqr o’slashtirishka intiladi. Karim matimateka fanini hush ko’radi. U bugun xam…
2-guruh: Achoyip kun
Karim xar bir kuni yaxshi kaypiyat blan kutip olishga intiladi. Xar bir daqeqasini be samar o’tkasmaydi. Atrofda do’slari ko’p. Mana bugun xam Karim…
3-guruh: Aqili maslaxat
O’quvchilardan berilgan matnlarni oqib, shu asosda fikrni davom ettirish talab etiladi. Bu matnlar orqali o’quvchida quyidagi xususiyatlar shakllanadi:
O’quvchilar xatolar ustida mustaqil ishlab, ijodiy izlanish asosida matnni tugallikka olib kelishadi. Barchaning diqqati bir nuqtaga qaratilib, monitordagi xatosiz yozilgan matn namoyish etiladi, bu usul orqali o’quvchilar o’z xatolarini nazorat qilishadi.
Farosatli bola
Karim 5-sinfda tahsil oladi. U barcha fanlarni chuqur o’zlashtirishga intiladi. Karim matematika fanini xush ko’radi. U bugun ham…
Ajoyib kun
Karim har kunni yaxshi kayfiyat bilan kutib olishga intiladi. Har bir daqiqasini besamar o’tkazmaydi. Atrofida do’stlari ko’p. Mana bugun ham Karim…
Aqlli maslahat
O’quvchilar bilan ishlash jarayonida “Arra”usuli ham qo’l keladi. Bunda o’quvchilarga plakatda chizilgan ulkan daraxt timsoli ko’rsatiladi. Tasvirdagi har bir tanada muammoli topshiriqlar beriladi. Masalan:1-savol. Talaffuz me’yori deganda nimani tushunasiz? 2-savol. Jarangli undoshlarning jarangsiz juftini toping. 3-savol. Orfoepiya va orfografiya terminlarini izohlang.
O’quvchilar berilgan savollarga javob berish jarayonida o’yin-topshiriqlarni ham izohlab borishadi: Quyidagi matematik atamalardagi bir tovushni almashtirish orqali so’zlar hosil qilinadi:
Yoki berilgan atamalardagi harflar ishtirokida shaxs nomlari hosil qilinadi:
Bunday interaktiv o’yin o’quvchining bilimini charxlab, to’g’ri va xatosiz yozish ko’nikmasini shakllantiradi.
O’quvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida o’rganilayotgan mavzuni har turli paradokslarga bog’lab bayon etish, fikrni yozuvda asoslash hamda tegishli tahlillar orqali to’g’ri xulosalarga kelish uslubi ham ancha qo’l keladi. Bunda o’quvchilarning so’zlarni to’g’ri qo’llash mahorati rivojlantiriladi:
-
1. Agar bola xavfsizlikda yashasa, u o’ziga va atrofdagilarga ishonadi.
-
2. Agar bola do’stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini anglaydi.
-
3. Agar bola rostgo’ylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat nimaligini o’rganadi.
“G’oyalar gilami”metodi ham yozma nutq savodxonlik darajasini oshirish omillaridan biridir. O’qituvchi tomonidan tayyorlab qo’yilgan so’zlar shajarasidan o’quvchilar yangi so’zlar hosil qilishadi yoki bo’lmasa “Kapalak”usulida qo’shimchalar orqali yangi so’zlar hosil qilinib, o’sha so’zning xatosiz yozilishi ta’minlanadi. Masalan: kitob, kitobxon, kitobsevar, kitoblar, kitobda, kitobdan…
G'oyalar gilami
muruvvat insoniSat hamdardlik ishbi larmon
O'zbeklstonliklar

O’quvchi umumlashgan tushunchalar orqali o’z fikrini izchil va xatosiz yozib boradi, talaffuzi va imlosida farqlanishi bor so’zlar tushuntiriladi.
O’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari, fikrlarini yozma ravishda bayon etish uning ma’naviyati va ma’rifati ko’zgusidir. Shunday ekan, qadimdan ota-bobolarimiz, buyuk siymolarimizning yozma savodxonlikni yaxshilashdagi xatti-harakatlari, mislsiz xattot bo’lishga intilishlari hech kimga sir emas. Buning isboti sifatida tarixiy bir dalilni keltirmoqchiman. Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida o’g’li Humoyunga xatlaridagi imlo xatolari xususida quyidagi fikrlarni aytib o’tadi: “…xatlaringda yolg’uzluq, yolg’uzluqkim debsen, podshohliqta aybdur… Podshohliq bila yolg’uzluq rost kelmas… Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladur, vale asru mug’laqtur…Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni “to” bilan bitibsen, kulunjni “yo” bilan bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozangdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur… Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo’lur, ham o’quvchig’a”.
Hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan o’quvchilarning yozma savodxonligi, uni xato va kamchiliklarsiz bayon etishi dolzarb masaladir. Bu masalani bartaraf etish, yechimini izlab topish har bir pedagogdan, ayniqsa, ona tili o’qituvchilaridan ilmiy salohiyat, mas’uliyat va sabot talab etadi.
Adabiyotlar:
-
1. Makhmudova, D. M., Tadjibaev, B. R., Kholboevna, G. (2020). Information and communication technologies for developing creative competence in the process of open teaching physics and maths. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (09).
-
2. Дусмуродова, Г. Х. (2020). Повышение чисел на квадрат в соответствии с основами метода трахтенберга. International scientific review of the problems of philosophy, psychology and pedagogy, 13-16
-
3. Дўсмуродова, Г. Х. (2020). Математикадан иқтидорни ўқувчилар билан ишлашда узвий ташкил этиш омиллари. Uzluksiz ta'lim, 1, 32-37.
-
4. Makhmudova, D., Sodikova, S., Dusmurodova, G. (2020). Formation of creative thinking of students of a pedagogical university by means of information technology in learning mathematical disciplines. Internatioanal Journal of Psychosocial Rehabilitation.
-
5. Do'smurodova, G. X. (2020). Development of mathematics of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (2), 202-206.
-
6. Махмудова, Д. М., Дўсмуродова, Г. Х. (2019). Трахтенберг методикасига асосланиб сонларда кўпайтириш амаллари. Fizika, Matematika va Informatika, 5, 103-110.
-
7. Дўсмуродова, Г. Х. (2019). Математикадан иқтидорни шаклланишида тескор ҳисоблаш усулларининг аҳамияти. Fizika, Matematika va Informatika, 56, 21-25.
-
8. Наримбетова, З. А., Сытина, Н. (2021). Учитель-нравственный пример для ученика. Academic research in educational sciences, 2(1), 11531159.
-
9. Eshkaraev, K., Norimbetova, Z. (2020). Methodological recommendations for organizing and holding mathematical circles. European Scientific Conference, 248-250.
-
10. Norimbetova, Z. A. (2020). Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida geometriya fanini o'qitish metodikasi (10-11-sinflar misolida). Science and Education, 1 (7).
-
11. Narimbetova, Z. A. (2020). Matematika fanida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilar tafakkurining rivojlantiruvchi omil. Academic research in educational sciences, 1 (3), 1253-1261.
-
12. Narimbetova, Z., Makhmudova, D. (2020). Developing creative competence through the formation of scientific generalization in students. International Journal of Psychosocial Rehabilitation ISSN, 1475-7192.
-
13. Наримбетова, З. А. (2020). Изучение Элементов Фрактальной Геометрии Как Средства Интеграции Знаний По Математике И Информатике В Образовательный Процесс Учащихся Средней Школы. International Journal of Scientific & Technology Research, 9 (4), 677-682
-
14. Narimbetova, Z. A. The Study of the Elements of Fractal Geometry As A Means Of Integrating Knowledge In Mathematics And Computer Science In The Educational Process Of A Secondary School Students. International journal of scientific & technology research, 9 (4), 677-682.
-
15. Рустамов, У. Р., Бегзатова, Ш. П. , Маликов, К. Х. (2021). Нанозарраларни ҳосил қилиш ва уларнинг магнит хоссалари. Scientific progress, 1 (4).
-
16. Рустамов, У. Р., Маликов, К. Х. (2021). Магнит нанозарраларнинг баъзи хоссалари. Academic Research in Educational Sciences, 2 (3).
-
17. Суяров, К. Т., Маликов, К. Х. (2021). Применение современных учебных приборов - залог эффективности в обучении физике. Ekonomika i sotsium 4(83).
-
18. Izatulloyevich, O. F (2020). Methods of teaching natural sciences to primary school pupils on the basis of a competent. Palarch’s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17 (6), 14520-14539.
-
19. Ochilov, F. I. (2020). Atrofimizdagi olam" va" Tabiatshunoslik" darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. The Journal of Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 2181-1385.
-
20. Ochilov, F. I. (2018). Educational technology on teaching natural science according to competitive approach in primary classes. International Scientific Review of the Problems of Philisophy, Psychology and Pedagogy, 2023.
-
21. Izatulloyevich, O. F. Socio-methodical problems of teaching pupils of the primary school natural and scientific knowledge based on the competence approach.
-
22. Izatulloyevich, O. F (2020). “Atrofimizdagi olam” va “tabiatshunoslik” darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. Academic research in educational sciences, 1 (4).
-
23. Очилов, Ф. И. (2019). Социально-методические проблемы обучения учащихся начальной школы естественным и научным знаниям на основе комчпетентностного подхода. International scientific review, LX.
-
24. Очилов, Ф. И. (2016). Илғор педагогик технологиялар асосида бошланғич синфларда дарс самарадорлигини оширишнинг хусусиятлари. Современное образование (Узбекистан), 5 .
-
25. Akhmedov, B. A. (2021). Information technologies in Cluster systems: a competence approach. Universum: технические науки, 4 (85).
-
26. Akhmedov, B. A. (2021). Innovative cluster model for improving the quality of education. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 528-534.
-
27. Majidov, J. M., Akhmedov, B. A. (2021). Use of multimedia technologies as a means of increasing students motivation to learn a foreign language. Ekonomika i sotsium, 3 (82).
-
28. Kudratilloev, N. A., Akhmedov, B. A. (2021). Methods of use of web-applications on the basis of innovative methods. Ekonomika i sotsium, 3 (82).
"Экономика и социум" №5(84) 2021
Список литературы Og'zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari
- Makhmudova, D. M., Tadjibaev, B. R., Kholboevna, G. (2020). Information and communication technologies for developing creative competence in the process of open teaching physics and maths. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(09).
- Дусмуродова, Г. Х. (2020). Повышение чисел на квадрат в соответствии с основами метода трахтенберга. International scientific review of the problems of philosophy, psychology and pedagogy, 13-16
- Дўсмуродова, Г. Х. (2020). Математикадан иқтидорни ўқувчилар билан ишлашда узвий ташкил этиш омиллари. Uzluksiz ta'lim, 1, 32-37.
- Makhmudova, D., Sodikova, S., Dusmurodova, G. (2020). Formation of creative thinking of students of a pedagogical university by means of information technology in learning mathematical disciplines. Internatioanal Journal of Psychosocial Rehabilitation.
- Do'smurodova, G. X. (2020). Development of mathematics of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 202-206.
- Махмудова, Д. М., Дўсмуродова, Г. Х. (2019). Трахтенберг методикасига асосланиб сонларда кўпайтириш амаллари. Fizika, Matematika va Informatika, 5, 103-110.
- Дўсмуродова, Г. Х. (2019). Математикадан иқтидорни шаклланишида тескор ҳисоблаш усулларининг аҳамияти. Fizika, Matematika va Informatika, 56, 21-25.
- Наримбетова, З. А., Сытина, Н. (2021). Учитель-нравственный пример для ученика. Academic research in educational sciences, 2(1), 1153-1159.
- Eshkaraev, K., Norimbetova, Z. (2020). Methodological recommendations for organizing and holding mathematical circles. European Scientific Conference, 248-250.
- Norimbetova, Z. A. (2020). Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida geometriya fanini o'qitish metodikasi (10-11-sinflar misolida). Science and Education, 1(7).
- Narimbetova, Z. A. (2020). Matematika fanida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilar tafakkurining rivojlantiruvchi omil. Academic research in educational sciences, 1(3), 1253-1261.
- Narimbetova, Z., Makhmudova, D. (2020). Developing creative competence through the formation of scientific generalization in students. International Journal of Psychosocial Rehabilitation ISSN, 1475-7192.
- Наримбетова, З. А. (2020). Изучение Элементов Фрактальной Геометрии Как Средства Интеграции Знаний По Математике И Информатике В Образовательный Процесс Учащихся Средней Школы. International Journal of Scientific & Technology Research, 9(4), 677-682
- Narimbetova, Z. A. The Study of the Elements of Fractal Geometry As A Means Of Integrating Knowledge In Mathematics And Computer Science In The Educational Process Of A Secondary School Students. International journal of scientific & technology research, 9(4), 677-682.
- Рустамов, У. Р., Бегзатова, Ш. П. , Маликов, К. Х. (2021). Нанозарраларни ҳосил қилиш ва уларнинг магнит хоссалари. Scientific progress, 1(4).
- Рустамов, У. Р., Маликов, К. Х. (2021). Магнит нанозарраларнинг баъзи хоссалари. Academic Research in Educational Sciences, 2(3).
- Суяров, К. Т., Маликов, К. Х. (2021). Применение современных учебных приборов - залог эффективности в обучении физике. Ekonomika i sotsium 4(83).
- Izatulloyevich, O. F (2020). Methods of teaching natural sciences to primary school pupils on the basis of a competent. Palarch’s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 14520-14539.
- Ochilov, F. I. (2020). Atrofimizdagi olam" va" Tabiatshunoslik" darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. The Journal of Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 2181-1385.
- Ochilov, F. I. (2018). Educational technology on teaching natural science according to competitive approach in primary classes. International Scientific Review of the Problems of Philisophy, Psychology and Pedagogy, 20-23.
- Izatulloyevich, O. F. Socio-methodical problems of teaching pupils of the primary school natural and scientific knowledge based on the competence approach.
- Izatulloyevich, O. F (2020). “Atrofimizdagi olam” va “tabiatshunoslik” darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. Academic research in educational sciences, 1(4).
- Очилов, Ф. И. (2019). Социально-методические проблемы обучения учащихся начальной школы естественным и научным знаниям на основе комчпетентностного подхода. International scientific review, LX.
- Очилов, Ф. И. (2016). Илғор педагогик технологиялар асосида бошланғич синфларда дарс самарадорлигини оширишнинг хусусиятлари. Современное образование (Узбекистан), 5.
- Akhmedov, B. A. (2021). Information technologies in Cluster systems: a competence approach. Universum: технические науки, 4 (85).
- Akhmedov, B. A. (2021). Innovative cluster model for improving the quality of education. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 528-534.
- Majidov, J. M., Akhmedov, B. A. (2021). Use of multimedia technologies as a means of increasing students motivation to learn a foreign language. Ekonomika i sotsium, 3(82).
- Kudratilloev, N. A., Akhmedov, B. A. (2021). Methods of use of web-applications on the basis of innovative methods. Ekonomika i sotsium, 3(82).