Tomatdosh ekinlar agrobiosenozida uchraydigan zararkunandalar tasnifi
Автор: Dehqonova D.K.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada 2021 yil mobaynida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari berilgan. Tajriba maydonida uchraydigan turli turkumga mansub zararkunandalardan eng ko`p ziyon yetkazgan 10 ortiq zararkunanda aniqlandi. Tajriba maydonida zararkunandalarning uchrash darajasi, ularning rivojlanish bosqichlari, hamda ularningTomatdosh ekinlar rivojlanishiga ta`siri haqida qisqacha ma`lumotlar keltirilgan.
Bioekologiya, biosenoz, zararkunanda, zararlanish, rivojlanish, biologik kurash
Короткий адрес: https://sciup.org/140293008
IDR: 140293008
Текст научной статьи Tomatdosh ekinlar agrobiosenozida uchraydigan zararkunandalar tasnifi
Kirish. Xozirda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birga ularni zararkunandalardan himoya qilishning eng maqbul usullarini ishlab chiqish shuningdek, kam harajat qilgan holda yuqori foyda olish, eksport sahohiyatini oshirish dalzarb muammo bo`lib qolmoqda. Qishloq xo`jaligi sohasida o`z yechimini topmagan muammolar talaygina, har yili yangidan yangi kurash usullari ishlab chiqilishiga qaramasdan, zararkunanda hashoratlar zarari ortib bormoqda ularni sonini boshqarishda esa samarali usullarga ehtiyoj ortmoqda. O`simliklarni himoya qilishda birgina qo`yilgan xato butun boshli xosilni yo`q bo`lishiga olib kelishi mumkin. Shuni nazarga tutgan holda zararkunanda qishlovdan chiqish muddatlarini to`g`ri belgilab olish eng muhim tadbirlardan hisoblanadi va ularga qarshi kurash choralarini olib borish muddatlari belgilanadi.qanday kurash choralarini olib boorish ham muhimdir.
1.rasm. Baqlajonni kartoshka kolorado qo`ng`izi lichinkalari ( Lepitinotarsa decemlinata ) bilan zararlangan barg . (Rasm. D. Dehqonova)
Ilmiy tadqiqotlarimizni dastlabki bosqichini Andijon viloyatining ( 1-jadval ) turli xududlaridagi Tomatdosh ekinlar agrobiosenozida uchraydigan Lepidoptera turkumining asosiy oila vakillarini xisobga olish hamda sistematik tahlil qilishga qaratilagan bo`lsada, bu biosenozda boshqa zararkunandalarga ham qarshi kurash olib borishimiz kerak bo`ladi.
1-jadval.
Andijon viloyati Tomatdosh ekinlarga eng ko`p ziyon yetkazgan zararkunandalar
(Andijon viloyati 2021 y)
№ |
Zararkunanda lotincha nomi |
Zararkunandaning o`zbekcha nomi |
Zararlanish darajasi |
1. |
Tetranychus urticae |
O`rgimchakkana |
+++ |
2. |
Gryllotalpa adspersa |
Buzoqboshi |
+ |
3. |
Thrips tabaci |
Tamaki trips |
++ |
4. |
Muzodes persikak |
Shaftoli shirasi |
+ |
5. |
Bemisia tabaci |
Tamaki oqqanati |
+++ |
6. |
Dociostarus maroccanus |
Marokash chigirtkasi |
+ |
7. |
Adelphorcoris lineolatus |
Beda qandalasi |
++ |
8. |
Lepitinotarsa decemlinata |
Kolorado qo`ng`izi |
+++ |
9. |
Agriotis meticuosus |
Turkiston chertmakchisi |
+ |
10. |
Tenebrionidae obscurus |
Qora qo`ng`izlar |
+ |
Izoh: Zararlanish darajasi (+++) ko`p, (++) o`rtacha, (+) kam
Biz o`z tadqiqot ishlarimizni 2021-yildan buyon Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Andijon stansiyasiga qarashli ekin maydonlarida olib bormoqdamiz. Tajriba tizimi 4 ta variant va 4 ta qaytariqdan iborat.
Xulosa. 2021- yilda ilmiy tadqiqot maydonimizga ekilgan tomatdosh ekinlarda eng ko`p uchragan zararkunanda hashoratlardan o`rgimchakkana, kolorado qo`ng`izi, oqqanot, buzoqboshi, chigirtka kabi zararkunandalar uchradi va jiddiy zarar yetkazdi.
Tajriba maydonimizda ekilgan tomatdosh ekinlardan baqlajon ekiniga kolorado qo`ng`izi va buzoqboshi ko`p zarar yetkazgan. Ayniqsa o`rg`imchakkana tomatdosh ekinlariga kuchli ziyon yetkazdi. Ilmiy ishlarimizni keng ko`lamda o`rganishni bu yilgi rejamizga kiritdik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1. X.X. Kimsanboyev , B.A.Sulaymonov, A.R.Anorboyev, A.A.Rustamov Entomologiya va fitopotologiya T-2017
-
2. X.X.Kimsanboyeva . R.Sh. O`lmasboyeva, Q.X. Xalilov Umumiy va qishloq xo`jaligi entomologiyasi T-2002
-
3. Sh.T.Xo`jayev, E.A.Xolmurodov Entomologiya, qishloq xo`jalik ekinlarini ximoya qilish va agrotoksikologiya asoslari T-2003
-
4. Sh.T.Xo`jayev O`simliklarni zararkunandalardan uyg`unlashgan ximoya qilishning zamonaviy usul va vositalari T-2015.
-
5. SH.N.Madixonova. М,К, Мirzitova , Д.K Dehqonova, Особенности томата.
-
6. A. Jumayeva, G. Abdullayeva , D.Dehqonova, Morphology, biology and measure of cotton bollworm ,2020
-
7. D.Dehqonova, M.Mirzaitova, Pomidor kuyasi ( Tuta absoluta ) bioekologiyasi va amaliy qarshi kurash tadbirlari. 2021
-
8. R.J. Jacobsan, C.Bass Tuta absoluta : Investigating resistance to key insecticides and seeking alternative IPM compatible products , Agricultural and Horticultural Development Board -2015.
-
9. P. Huermer , O. Karsholt . Gelechiidae , Microlepidoptera of Europe Vol.6 Apollo Books 2010.
-
10. Tuts absoluta ( Tomato Leafminer) www.tutaabsoluta.com 2019.
-
11 EAST FRUIT Биопестициды для борьбы с томатной минирующей молью Tuta absoluta 2019
-
12. https://www.eppo.int 2011
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы Tomatdosh ekinlar agrobiosenozida uchraydigan zararkunandalar tasnifi
- X.X. Kimsanboyev , B.A.Sulaymonov, A.R.Anorboyev, A.A.Rustamov Entomologiya va fitopotologiya T-2017
- X.X.Kimsanboyeva . R.Sh. O`lmasboyeva, Q.X. Xalilov Umumiy va qishloq xo`jaligi entomologiyasi T-2002
- Sh.T.Xo`jayev, E.A.Xolmurodov Entomologiya, qishloq xo`jalik ekinlarini ximoya qilish va agrotoksikologiya asoslari T-2003
- Sh.T.Xo`jayev O`simliklarni zararkunandalardan uyg`unlashgan ximoya qilishning zamonaviy usul va vositalari T-2015.
- SH.N.Madixonova. М,К, Мirzitova , Д.K Dehqonova, Особенности томата.
- A. Jumayeva, G. Abdullayeva , D.Dehqonova, Morphology, biology and measure of cotton bollworm ,2020
- D.Dehqonova, M.Mirzaitova, Pomidor kuyasi (Tuta absoluta) bioekologiyasi va amaliy qarshi kurash tadbirlari. 2021
- R.J. Jacobsan, C.Bass Tuta absoluta : Investigating resistance to key insecticides and seeking alternative IPM compatible products , Agricultural and Horticultural Development Board -2015.
- P. Huermer , O. Karsholt . Gelechiidae , Microlepidoptera of Europe Vol.6 Apollo Books 2010.
- Tuts absoluta ( Tomato Leafminer) www.tuta absoluta.com 2019.
- EAST FRUIT Биопестициды для борьбы с томатной минирующей молью Tuta absoluta 2019
- https://www.eppo.int 2011