Nuroniylarni har tomonlama qo’llab quvvatlash borasidagi erishilgan yutuqlar
Автор: Yormatov F.J.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 2-2 (93), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada O’zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab hozirgi kungacha bo’lgan davrda nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar hamda erishilgan yutuqlar ilmiy tahlil qilingan.
O'zbekiston, prezident, qaror, ijtimoiy himoya, yolg'iz keksalar, mehnat faxriylari, xotira va qadrlash, turmush, qashqadaryo, surxondaryo
Короткий адрес: https://sciup.org/140293049
IDR: 140293049
Текст научной статьи Nuroniylarni har tomonlama qo’llab quvvatlash borasidagi erishilgan yutuqlar
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar mazmun-mohiyati avvalo insonni ulug’lashga, uning sha’ni, qadr-qimmatini oshirishga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilyotganligi bilan qimmatlidir. Ayniqsa, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularga hurmat-e’tibor va mehr-oqibat ko’rsatish, salomatliklarini asrash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida so’nggi yillarda davlatimizning mavjud me’yoriy-huquqiy bazasi yanada takomillashib, qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqildi.
Katta hajmdagi arxiv hujjatlari, boshqa manbalarni o’rganish asosida mustaqillik yillarida urush va mehnat faxriylari, yolg’iz keksalar va nogironlarga moddiy, ma’naviy, tibbiy yordam ko’rsatish, ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida ham talaygina ishlar olib borilganligini ko’rish mumkin. Qariyalarga, yolg’iz, kam ta’minlangan nafaqaxo’rlarni ijtimoiy ta’minlashda yurtimizning barcha hududlarida ham ijobiy ishlar amalga oshirildi. 1991 yilda respublika bo’yicha 30573 nafar yolg’iz qariyalar bo’lgan bo’lsa, ularning 1861 nafari Surxondaryo, 1717 nafari esa Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qilardi.[2] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 sentyabrdagi ‘2007-2010 yillarda yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’ [5] gi Qarori va 2007-yil 17-oktyabrdagi ‘Pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida” [6] gi Farmonining bajarilishi ham tahlil etilgan. Jumladan, ‘Jarqo’rg’onneft’ ochiq aksiyadorlik jamiyatida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan 165 nafar faxriyga 6,5 mln. so’m qo’shimcha nafaqa berildi. [7]
O’zbekistondan 1 mln.951 ming kishi urushga borgan. 451mingdan ortiq yurtdoshlarimizning nomlari va taqdiri esa shuncha yillar davomida e’tibordan chetda qolgan. 538 ming o’zbekiston fuqarolari urushda halok bo’lgan bo’lsa, 158 ming hamyurtlarimiz bedarak ketgan. Quloq qilingan va boshqa o’lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ham urushda qatnashgan. Front orqasida ham O’zbekistonliklar buyuk jasorat ko’rsatdilar. Ayniqsa, sanoat korxonalarining ko’chirib kelinishi halqimizning bardoshini yana bir sinovdan o’tkazdi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu haqda gapirib: ‘O’sha olovli yillarda O’zbekistonda 7 yoshdan 70 yoshgacha butun halqimiz ‘Hamma narsa - front uchun, hamma narsa – g’alaba uchun!’ deb yashadi, orom va halovatdan voz kechib, tinimsiz og’ir mehnat qildi [ 13 ]’ degan edi. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan ‘2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi’[5]ning to’rtinchi yo’nalishi ‘Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari’ deb nomlangan bo’lib, unda pensionerlar, nogiron, yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalalari ham o’rin olgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘2022- yil 28-yanvardagi 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida’[14]gi PF-60-son farmonida ham bu masalalar izchil davom ettirilishi qa’tiy belgilab qo’yilgan.
Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev O’zbekiston xalqiga yangi yil tabrigida ‘Men Yangi - 2022 yilni mamlakatimizda ‘Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili’ deb e’lon qilishni taklif etaman.
Inson qadrini ulug’lash yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.
Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo’llab-quvvatlash, ko’makka muhtoj insonlarga g’amxo’rlik ko’rsatishga alohida e’tibor beramiz’[15] deya alohida takidladilar.
Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, o’tgan yillar mobaynida nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida erishilgan yutuqlar bisyordir va bu kabi ezgu ishlar bundan keyin ham yuksalishi muqarrardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
1 . Demokratlashtirish va inson huquqlari. - Toshkent, 2004. № 1. - B. 17.
-
2 .O‘zR MDA .M-15-fond, 1-ro‘yxat, 91-ish, 120-varaq.
-
3 .Qashqadaryo viloyati Davlat arxivi.142-fond, 1-ro‘yxat, 461-ish, 4-varaq.
-
4 .Qarang: Mustaqillik.Izohli ilmiy-ommabop lug‘at. - Toshkent: Sharq, 2006. -B. 455
-
5 .Sahovat. - Toshkent, 2006. № 5-6. - B. 5.
-
6 .Sahovat. - Toshkent, 2007. № 4-5. - B. 4.
-
7.O‘zbekiston ovozi. 2009 yil 14 aprel
8. https://lex.uz/docs/2718856
-
9 . https://lex.uz/uz/docs/-3083192
-
10 .Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati materiallari .
-
11 .O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan. 2019-yil 7-may.
-
15 .Yangi O’zbekiston gazetasi. 2022-yil 1-yanvar.
"Экономика и социум" №2(93) 2022
Список литературы Nuroniylarni har tomonlama qo’llab quvvatlash borasidagi erishilgan yutuqlar
- Demokratlashtirish va inson huquqlari. - Toshkent, 2004. № 1. - B. 17.
- O‘zR MDA.M-15-fond, 1-ro‘yxat, 91-ish, 120-varaq.
- Qashqadaryo viloyati Davlat arxivi.142-fond, 1-ro‘yxat, 461-ish, 4-varaq.
- Qarang: Mustaqillik.Izohli ilmiy-ommabop lug‘at. - Toshkent: Sharq, 2006. - B. 455.
- Sahovat. - Toshkent, 2006. № 5-6. - B. 5.