Turli xil stress omillardan garmsel omilining g‘o‘za barg sathiga ta’siri
Автор: Atoyeva R.O., Gapurova U.O., Xanjanova M.P., To'xtash G., Sharipova Sh.M.
Журнал: Life Sciences and Agriculture.
Статья в выпуске: 1 (13), 2023 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada, laboratoriya sharoitida g‘o‘za o‘simligining Buxoro-8 va Buxoro-10 navlarida barg sathining o‘zgarishiga garmsel (issiq shamol) omilining ta’siri aniqlandi. Tadqiqot Buxoro-8 va Buxoro-10 navlarining turli vegetatsiya davrlarida olib borildi. Natijada, vegetatsiya oxirida Buxoro-8 va Buxoro-10 navlaridagi variantlarda barg sathi mos ravishda: 2425 sm2; 2778 sm2 ni tashkil etganligi aniqlandi.
Buxoro-8 g‘o‘za navi, Buxoro-10 g‘o‘za navi, barg sathi, garmsell
Короткий адрес: https://sciup.org/14127509
IDR: 14127509
Текст научной статьи Turli xil stress omillardan garmsel omilining g‘o‘za barg sathiga ta’siri
Dunyo miqyosida kuzatilayotgan global iqlim oʼzgarishlar ya’niy biosferada havo haroratining oshishi, nisbiy namlikning keskin pasayishi, parnik effektining yuzaga kelishi va boshqa sabablar qishloq xo’jaligidagi ekin mahsulotlarini yetishtirishda bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Buxoro viloyatining o’tloqi-allyuvial tuproq sharoiti juda issiq, quruq va garmselli bo’lganligi, yog‘ingarchilik miqdorining kam bo’lishi, o’simliklarda tranpiratsiya jarayonining yuqori bo’lishi qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan ekinlarni ko’p bora sug’orishni talab etadi. Issiq va quruq shamol (garmsel) ayniqsa yozning o’rtalarida, ya’ni iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida yuzaga kelib, bu davr ko’pincha qishloq xo’jalik ekinlarining gullash bosqichiga to‘g‘ri keladi.
O‘simlik ildizi garmsel vaqtda tuproqdagi suvni o‘zlashtirishi bilanoq tanasidan ko‘p miqdorda suv bug‘lanadi [1]. Bu kritik faza o‘simliklarning gullash davriga to‘g‘ri kelsa, o‘simliklarda hosil elementlarning to‘kilib nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada, hosildorlik ko’rsatkichining pasayishiga olib keladi [2]. Shu boisdan, bunday noqulay stress omillar taʼsiriga chidamli boʼlgan gʼoʼza navlarini yetishtirish dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Tadqiqot obyekti sifatida Buxoro viloyati hududida yetishtiriladigan Buxoro-8 va Buxoro-10 g’o’za navi tanlab olindi. Tajriba Buxoro davlat universiteti Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasining laboratoriyasida sun’iy ravishda hosil qilingan issiq shamol (garmsell)ning Buxoro-8 va Buxoro-10 g‘o‘za navlaridagi barg sathiga ta’siri aniqlandi va nazorat (stress omil ta’sir ettirilmagan )variantlari bilan solishtirib o‘rganildi. Tajriba 4 qaytiriqda, 3 marta o’tkazildi. G‘o‘za turli vegetatsiya davrlarida garmsellning barg sathiga ta’siri N.N. Tretyakov usuli orqali aniqlandi [3]. Bunda variantlar kesimi bo’yicha g’o’zaning turli o’suv fazalarida mos ravishda: 25-10-10 va 3 donadan iborat o’simlik namunalaridan olingan barglar millimetrli qog‘ozda yuzasi (sm2) hisoblanib, o‘rtachasi aniqlandi.
Olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2-4 chinbarglik davrda birinchi variantdan to’rtinchi variantgacha barg sathining o’rtacha miqdori mos ravishda: 390 sm2, 375 sm2; 415 sm2; 395 sm2ni tashkil etdi. Eng ijobiy natija Nazorat-2 variantda kuzatilib, Nazorat -1 variantga nisbatan barg sathi 25 sm2 ortiq ekanligi aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
Turli xil stress omillardan garmsellning g‘o‘za barg sathiga ta’siri
T/r |
Variantlar |
G‘o‘zaning turli vegetatsiya davrlarida barg sathi ko’rsatkichlari, sm2 |
|||
2-4 chinbarglik |
Shonalash |
Gullash |
Pishish |
||
1. |
Nazorat -1 |
390 |
1605 |
1815 |
2508 |
2. |
Buxoro-8 |
375 |
1570 |
1745 |
2425 |
3. |
Nazorat-2 |
415 |
1704 |
2015 |
2604 |
4. |
Buxoro-10 |
395 |
1678 |
1955 |
2778 |
Shonalash davrida barg sathi bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari tahlil qilinganda, Nazorat-1, Buxoro-8, Nazorat-2, Buxoro-10 variantlar kesimida barg sathi mos ravishda: 1605 sm2, 1570sm2, 1704 sm2, 1678 sm2 ni tashkil etishi aniqlandi. Tajriba variantlari ichida eng ijobiy variant, Nazorat-2 variantida kuzatilib, qolgan variantlarga nisbatan mos ravishda: 99 sm2 , 134 sm2 , 26 sm2 barg sathi ortiq ekanligi aniqlandi.
Gullash davrida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Nazorat-1, Buxoro-8, Nazorat-2, Buxoro-10 variantlarda mos ravishda: 1815 sm2 ; 1745sm2; 2015sm2; 1955 sm2 ni tashkil etdi. G‘o‘za vegetatsiyasining so’nggi davrida ya’ni pishish fazasida Nazorat-1, Buxoro-8, Nazorat-2, Buxoro-10 variantlarda barg sathi aniqlanganda, eng ijobiy natija Nazorat-2 va Buxoro-10 g‘o‘za navlarida kuzatildi.
Yuqorida keltirilgan natijalar asosida quyidagicha xulosalar qilish mumkin: garmsel omili barg hujayralarining o’sishi, rivojlanishini amalga oshiruvchi apikal va interkalyar meristema hujayralarining faolliyatini sekinlashtiradi. Shu boisdan, barg sathi tajriba variantlarida nazoratga nisbatan sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.
Fotosintez jarayoni bargdagi xlorofill donachalarida amalga oshadi. Bargning rangi to‘q yashil va sathining katta bo‘lishi fotosintez jarayonining jadalligini hamda xo’jalik va biologik hosilning yuqori bo’lishini ta’minlaydi [4] [5].
Buxoro viloyati sharoitida tez-tez kuzatiladigan stressor omillardan garmsellning esishi fiziologik nuqtai nazardan paxta maydonlarida yuqori va sifatli hosil olishda Buxoro-10 g‘o‘za navini ekish maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR:
-
1. Xo’jayev J. O’simliklar fziologiyasi Farg‘ona: 2021. – б. 56-73.
-
2. IIIeвякова Н И Cocтояние и новые подходы к решению проблемы соли устойчивости растений. Сб « Проблемы соли устойчивости растений» T. 1989. C 95-112..
-
3. Физиология и биохимия сельскохозяйственных растений / под ред. Н.Н. Третьякова. – Москва : Колос, 2000. -б.225-435..][ Храмченкова О.М. Практикум по физиологии растений. Гомель: Гомель Государственное Университет, 2017. – С. 38-40.
-
4. Икрамова М.Л., Батталов А.М. Перспективный сорт хлопчатника “Бухоро -10”// Заявка на участие Круглый стол «Формирование и развитие сельскохозяйственной науки в XXI веке», Астраханская область, Черноярский район, с Соленое Займище, Россия, 2016. –С. 119122.
-
5. Ikromova M.L. Paxtachilik va Buxoro g ‘o ‘za navlarining o ‘ziga xos yetishtirish agrotexnologiyasi. Buxoro. Durdona, 2020. - 38 b.
Список литературы Turli xil stress omillardan garmsel omilining g‘o‘za barg sathiga ta’siri
- Xo’jayev J. O’simliklar fziologiyasi Farg‘ona: 2021. – б. 56-73.
- IIIeвякова Н И Cocтояние и новые подходы к решению проблемы соли устойчивости растений. Сб « Проблемы соли устойчивости растений» T. 1989. C 95-112.
- Физиология и биохимия сельскохозяйственных растений / под ред. Н.Н. Третьякова. – Москва : Колос, 2000. -б.225-435..][ Храмченкова О.М. Практикум по физиологии растений. Гомель: Гомель Государственное Университет, 2017. – С. 38-40.
- Икрамова М.Л., Батталов А.М. Перспективный сорт хлопчатника “Бухоро -10”// Заявка на участие Круглый стол «Формирование и развитие сельскохозяйственной науки в XXI веке», Астраханская область, Черноярский район, с Соленое Займище, Россия, 2016. –С. 119-122.
- Ikromova M.L. Paxtachilik va Buxoro g ‘o ‘za navlarining o ‘ziga xos yetishtirish agrotexnologiyasi. Buxoro. Durdona, 2020. - 38 b.