Bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga orgatishda ma’naviy-axloqiy mazmuni va mohiyati

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga orgatishda ma’naviy-axloqiy mazmuni va mohiyati, yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni xaqida ma’lumotlar berilgan.

Tarbiyachilar, kasbiy faoliyat, orgatish, ma'naviy-axloqiy, mazmuni, mohiyat, yosh avlod, jamiyat, maqsad, tayyorlash, jarayon

Короткий адрес: https://sciup.org/140295125

IDR: 140295125

Текст научной статьи Bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga orgatishda ma’naviy-axloqiy mazmuni va mohiyati

Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo’lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va korrektsiyalanadi.

Tarbiya – shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni. Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning pirovard maqsadi jamiyatga kerakli hamda foydali shaxsni shakllantirish bo’lgan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan o’zaro hamkorligidir.

Bizgacha amalga oshirilgan tadqiqotlarga asoslangan holda tarbiyani:

  • -    umumiy falsafiy ma’noda – insonning hayot sharoitlariga moslashishi;

  • -    ijtimoiy ma’noda – katta avlodning hayotiy va xulq-atvor tajribalarini yosh avlodga uzatishi sifatida;

  • -    keng pedagogik ma’noda – insonga barcha ta’sirlar jarayoni va natijasi sifatida;

  • -    tor pedagogik ma’noda – tarbiyachilar jamoasi tomonidan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilar ongi, xulq-atvori va irodasiga ta’sir ko’rsatishning tizimli tarzda amalga oshiriladigan, maxsus tashkil qilingan, boshqariladigan ta’siri sifatida;

  • -    amaliy ma’noda – (tarbiyachilar, murabbiylar, yetakchilar, guruh rahbarlarining) aniq tarbiyaviy masalalarni hal qilishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyati jarayoni va natijasi sifatida tushunish kerak.

Bugungi kunda tarbiyaga ijtimoiy hodisa sifatida qarashdan anglanadiki, tarbiya jamiyat manfaatlarini ko’zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra yosh avlodni hayotga tayyorlash, bolalar, yoshlar va kattalarni mavjud sharoitlarga hamda bu sharoitlarni takomillashtirishga moslashtirishdir. Yana shuni alohida ta’kidlash mumkinki, tarbiyaning jamoatchilik (ijtimoiy) tavsifi, bir tomondan, tarbiyaning o’zi tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash sifatida amalga oshirilishi; ikkinchi tomondan, jamiyat tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’lum yo’nalishda tarbiyalashga ko’maklashadigan qilib tashkil etilishida o’z ifodasini topadi.

Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, tarbiya jarayoniga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • -    mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlari;

  • -    tarbiyaning ijtimoiy shartlanganligi;

  • -    tarbiya ijtimoiy boshqarish sifatida (L.F.Spirin), nazorat qilinadigan va boshqariladigan ijtimoiylashtirish;

  • -    tarbiya ijtimoiy ahamiyatli xulq-atvor namunalariga odatlantirish sifatida;

  • -    kichik (mikro muhit), o’rta (mezo muhit) va katta ( makro muhit) guruh va hamjamiyatlar orqali tarbiyalash.

Mazkur omillardan ko’rinadiki, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati uning turlaridan biri bo’lgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga ham taalluqlidir. Tarbiya jarayoniga yaxlit tizimli yondashuv va uni boshqarish tarbiyada amal qiladigan tashqi va ichki omillar hamda ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorliklar hisobga olinganidagina muvaffaqiyatli amalga oshadi. Buning uchun:

Tashqi omillar, Ichki omillar, Axloq

  • -    ijtimoiy ong shakli;

  • -    ijtimoiy talablar, me’yorlar va baholar shakli;

  • -    ijtimoiy fikr ko’rsatkichi;

  • -    xulqni tashqi boshqarish shakli;

  • -    inson tomonidan ijtimoiy guruh a’zosi sifatida cheklash zarurati bilan belgilangan.

Axloq

  • -    shaxsning o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini takomillashtirish usuli;

  • -    shaxsning o’z-o’zini boshqarish faoliyatida namoyon bo’ladi.

Etika

  • -    o’z-o’zi orqali axloqiy jihatlarni izlashga undaydi;

  • -    insonning o’z ustida ichki ishlashi jarayonida bilinadi.

Ma’naviyat

  • -    ichki imperativga aylangan tashqi talab;

  • -    insonning haqiqatni izlashi orqali o’z-o’zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo’ladi;

  • -    xulqning ichki regulyatsiyasi

Asosiy omillar sirasiga quyidagilar kiradi:

Etika va axloqiy tarbiyaning eng yangi yo’nalishlari ishlab chiqayotgan mualliflarning (M.Abdullaev, E.Xakimov, N.E.Shurkova ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir:

  • -    etikaga oid ma’rifatparvarlik – o’quvchilarga etikaga oid bilimlar berish;

  • -    bolalarni ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy voqelikka jalb qilish;

  • -    etikaga oid bilimlar va ijtimoiy munosabatlar asosida shaxsning zamonaviy axloq me’yorlariga muvofiq bo’lgan sifatlarini shakllantirish. Tashqi talablar maxsus (pedagogik) ta’sirni tashkil etish yo’li bilan ichki talablarga aylantiriladi. Bu kabi ta’sir shunday sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan bo’lishi kerakki, bunda:

  • -    ta’sir ob’ekti ayni paytda izlanayotgan, shakllantirilayotgan sifatlar sub’ektiga ham aylansin;

  • -    tarbiyadan ko’zlangan sifatlarni shakllantirish tarbiyalanuvchining ichki ma’naviy faoliyati natijasida ro’y bersin;

  • -    axloqiy sifatlarni shakllantirish jarayoni o’quvchi shaxsining o’z- o’zini tarbiyalashiga tayansin;

  • -    tashqi talablar tarbiyalanuvchining psixikasida shu qadar organik va qat’iy mustahkamlansinki, ular barqaror axloqiy sifatlar bo’ladigan ichki axloqiy ehtiyoj, e’tiqodlarga aylansin.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  • 1.    “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.

  • 2.    “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707 Qarori.

  • 3.    O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 – yilgacha

    rivojlantirish Konsepsiyasi PQ-4312-son 08.05.2019-yil

    • 4.    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. T .: 2020 yil 23 sentabr.

    • 5.    “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi. T .: 2018 yil.

    • 6.    Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti. 802-son 22.12.2020 yil.

    • 7.    “Maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlar” O‘quv – uslubiy majmua. T.: 2018 yil.

Список литературы Bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga orgatishda ma’naviy-axloqiy mazmuni va mohiyati

  • "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.
  • "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707 Qarori.
  • O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi PQ-4312-son 08.05.2019-yil.
  • O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. T.: 2020 yil 23 sentabr.
  • "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi. T.: 2018 yil.
  • Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti. 802-son 22.12.2020 yil.
  • "Maktabgacha ta'limda zamonaviy yondashuvlar" O‘quv - uslubiy majmua. T.: 2018 yil.
Статья научная