Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini o’rgatish

Автор: Nomonjonova Z.O., Sobirjonov B.Q.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 8 (87), 2021 года.

Бесплатный доступ

Hozirgi kunda ta’lim sohasida har xil metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan talab, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Pedagog bularni darsda qo’llab, bolalar darsni oson tushinib olishiga muhit yaratib berishi lozim. Agar, o’qituvchi darsni qancha qiziqarli qilsa, bola darsga shuncha qiziqib, darsni yaxshi tushinadi va yaxshi o’zlashtiradi. Mening maqolam boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika fanini oson tushinishiga yordam beradi degan umiddaman

Predmetlararo bog’lanishlar, son, arifmetik amallar, fanlararo bog’lanish, didaktik o’yinlar, matematik o’yinlar, rasmli topishmoqlar.

Короткий адрес: https://sciup.org/140254727

IDR: 140254727

Текст научной статьи Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini o’rgatish

Barchamizga ma’lumki, matematika fani chegarasiz fan, bu fanni oxirini topa olmaymiz. Matematikadan biz hayotimiz davomida foydalanamiz. Matematikasiz ko’p sohalarni taasavvur qilib, bo’lmaydi, ya’ni matematika bilan ko’p sohalar uzviy bog’liq. Bugunlik kunda bu fanni har bir inson yoshligidan o’rganishi zarur. Mutaxassislarimizning fikricha, matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori darajada bo’ladi. U misol va masalalarni yechishda, balkim hayotidagi turli qiyinchiliklarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilishi, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma- bosqich bajarish qobiliyatiga ham ega bo’ladi. Shuni ham aytish mumkinki, o’quvchini matematiklarga xos fikrlashi uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga ham olib chiqadi. Matematikaning hayotda tutgan o’rni beqiyosligini hisobga olib, mazkur fan bizga birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan. Bu fanni o’quvchiga yetkazib berish esa, pedagoglarning vazifasidir.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning bu fan rivoji va taraqqiyoti uchun bo’lgan e’tibori, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga bo’lgan muhim vazifalarini belgilab berdi. Joriy yilning 31-yanvar kuni Prezidentimiz olimlar bilan ochiq muloqotda quyidagi gaplarni aytdi: “Matematika hamma aniq fanlarning asosidir. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.

Yurtimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar ta’lim to’g’risidagi qonunlar hamda ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’kidlab o’tilganidek, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisini oldiga mas’uliytli vazifalar qo’ymoqda. Bu vazifalar boshlang’ich ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bular har xil o’quv fanlari dasturida, o’quv rejalarida, maktab darsliklarida ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimda biror tarmoqni hosil qiishi mumkin. Davlat ta’lim standartlari o’quv fani yordamida o’quv metodik rejalarni yaratish uchun keng ko’lamli imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, fanlararo bog’lanish va bilimlarni anig’lashtirish asosida o’quv fanlarining o’zaro aloqadorligini va bu fanlararo bog’lanishlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarning metodik-matematik tayyorgarligi to’g’risida so’z borganda, biz uni ilmiy pedagogik va matematik tayyorgarlik ikkalasi umumiy bog’liqligini bilishimiz kerak. Dastlabki ta’limda matematika alohida o’rin egallaydi, chunki bu fan o’quvchilarning hisoblash darajasini rivojlantiribgina qolmay, ularning dunyoqarashini rivojlantiradi. Darsdagi har qanday berilgan masala va misolni yechishda fanlar orasidagi o’xshashlikni aniqlab, ularni hayot bilan bog’laymiz. So’ngi yillar ichida yurtimizda boshlang’ich sinflarga matematikani o’rgatishga nihoyatda katta ahamiyat qaratilmoqda. Maktab oldidagi yangi vazifalarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunini tubdan o’zgarishiga olib keldi.

O’z o’rnida matematika, o’rganiladigan barcha fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Matematika fanini o’rgatish jarayonida didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Bu esa, ba’zan bir darsning o’zida bir nechta fanlarga murojaat qilishimizni ko’rsatadi. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu o’qituvchining ijodkorligiga bog’liq. Matematik o’yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarimizga joziba bag’ishlaydi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikani tushuntirish uchun o’qituvchi darsni qiziq qilib tashkillashtirishi kerak. Buning uchun esa, pedagog metod va dars shakllarini(turlarini) tanlab olishi kerak. Darslarda har xil qiziqarli o’yinlardan foydalanish zarurdir. Darhaqiqat, o’yin bog’cha va maktab yoshidagi bolalarga, o’smirlarga ta’lim-tarbiya berishning sinalgan va an’anaviy shakllaridandir. O’quvchilar matematika darsidan faqat dastur materiallarini o’zlashtiribgina qolmay, atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni tamoshaa qilishga, farqlashga, fikrlashga, o’zining xulosalarini asoslashga, matematik til bilan gapirishga urinishlari kerak. Didaktik o’yinlar darsda ishni individuallashtirirish, har bitta o’quvchining bilishiga qarab, unga mos topshiriq berishi, uning qobiliyatini, bilimini maksimalga olib chiqish imkonini beradi. O’yinlar yordamida o’quvchilar darsdan olgan bilimlarni mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq etishga shug’ullanadilar. Birinchi sinfning jajji o’quvchilariga matematikadagi sonlarni o’rgatishda har xil topishmoqli o’yinlardan foydalanish kerak. Har xil turdagi masalalarni yechishda amallar ma’nosini to’laqonli ochib berishi kerak. Buning uchun o’qituvchi masalani yechishda zarur malakani egallashi uchun turli hayotiy hollarda berilgan va izlanayotganlar orasidagi ma’lum bog’lanishlarni tushungan holda, ularni o’quvchiga o’rgatishi kerak. O’quvchi bularni tushinib olsa masalani osonlik bilan hal qiladi.

  • 1.    Murakkab darslar - boshlang'ich sinflarda eng ko'p o'tiladi.


  • •    Tuzilishi:

  • •    1. Uy vazifasini tekshirish.

  • •    2. Maxsus og'zaki mashqlar.

  • •    3. O'quvchilar oldiga dars

  • •    maqsadini qo'yish.

  • •    4. Yangi materialni idrok qilishga tayyorlash.

  • 5.    Yangi materialni o'rganish.

  • 6.    Yangi materialni mustahkamlash.

  • •    7. O'tilganlarni takrorlash.

  • •    8. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda turli masalalarning o’rni katta. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e‘tibor beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko’pincha o’zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi. Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko’rgazmali asosida ko’rinib turishi mumkindir. Birinchi sinf bolalari ko’pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo’lishib oldi, sovg’a qildi va hakozo) so’zlarning ma‘nosini tushunmaydilar. Shunning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so’zlarni mazmunini ochib berishga alohida e‘tibor berish kerak. Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Bikbayeva N.U, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (O’rta maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma.) Toshkent. ”O’qituvchi” 1996 yil.

  • 2.    Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (OO’YU uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiya” 2005 yil.

  • 3.    Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi. Toshkent. TDPU, 2003 yil.

  • 4.    Alixonov S. “Matematika o’qitish metodikasi”. T.,”O’qituvchi”, 1992 yil.

"Экономика и социум" №8(87) 2021

Список литературы Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika fanini o’rgatish

  • Bikbayeva N.U, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (O’rta maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma.) Toshkent. ”O’qituvchi” 1996 yil.
  • Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. (OO’YU uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiya” 2005 yil.
  • Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi. Toshkent. TDPU, 2003 yil.
  • Alixonov S. “Matematika o’qitish metodikasi”. T.,”O’qituvchi”, 1992 yil.
Статья научная