Elektron o`quv-uslubiy majmualarda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish

Автор: Umarjonova N.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 2-1 (93), 2022 года.

Бесплатный доступ

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ularning turlari va texnologiya ta’limiga doir elektron o`quv-uslubiy majmualarda ahamiyati, ta’lim texnologiyalarni tanlash va ulardan oqilona foydalanish haqida so`z boradi.

Ta'lim texnologiyasi, elektron o'quv-uslubiy majmualar, umumiy pedagogik texnologiyalar

Короткий адрес: https://sciup.org/140292629

IDR: 140292629

Текст научной статьи Elektron o`quv-uslubiy majmualarda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g’risidagi” Qarori mazmunidan kelib chiqib, pedagog kadrlarni va ta’lim oluvchilarni zamonaviy axborot-kommunikatsion vositalarni qo’llash asosida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, ta’im jarayonini yuqori darajaga olib chiqish, ta’limning ilmiylik prinsipiga alohida e’tibor qaratishga oid vazifalar belgilandi. Shundan kelib chiqqan holda, texnologiya ta’limida elektron o`quv-uslubiy vositalar tayyorlashda har bir mavzu uchun yangi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish natijasida mavzuning mukammal o`zlashtirilishini ta’minlash mumkin.

Pedagogik texnologiya-bu bilimlar o`zlashtirilishining barcha jihatlari muammolarini tahlil etish va rejalashtirish, ta’minlash, baholash va muammolar yechimini boshqarishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish usullari va vositalari, odamlar, g’oyalarni o`z ichiga oluvchi majmualashgan jarayon. Uning maqsadi ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash 2

va ta’lim oluvchilar tomonidan o`qitishning ko`zlangan natijalariga erishish kafolatidan iborat.

Qo`llanilishi, qamrov hajmiga ko`ra ular 3 guruhga ajratiladi:

Texnologiya ta’limini o`qitishda yuqoridagi barcha texnologiyalardan foydalaniladi va bularni elektron o`quv-uslubiy majmualarda qo`llashning bir necha afzalliklari ko`rib chiqamiz:

  • - ta’lim samaradorligini oshirish;

  • - o`quv jarayonini loyihalashtirish;

  • - o`qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishish yo`llarini takomillashtirish;

  • - o`quv jarayoni mazmuniga mos texnologiyalarni qo`llay olish;

Pedagogik texnologiya o`ziga xos bir nechta aspektlarni namoyon etadi, ya’ni:

  • - ilmiy aspekt-olingan bilimlarni ilmiy asoslanishi;

  • - tavsifiy aspekt-rejalashtirilgan o`qitishning natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtirokida algoritm jarayoni ishlab chiqilishi;

  • - amaliy aspekt-pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshishi,

Har bir pedagogik texnologiyalar o`zida bir necha xususiyatlarni aks ettirishi shartlidir:

  • - konseptuallik-har bir pedagogik texnologiyaga ta’lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ilmiy konsepsiyaga tayanish hosil bo`lishi;

  • - tizimlilik-jarayonning mantiqiy uning hamma qismlariga bog’liq bo`lishi;

  • - samaralilik-mavjud natijalar bo`yicha samarali o`qitishga erishishi;

  • - ilmiylik-mazmunning ilmiy asoslangan bo`lishi;

  • - boshqaruvchanlik-o`quv jarayonini va ta’lim oluvchilarni boshqara olishi, natijalarni kuzatish, diagnostika qilish va tuzatishga erisha olishi;

  • - texnologik sxemaga ega ekanligi-pedagogik texnologiyaning oldindan loyihalashtirilgan va rejalashtitilgan bo`lishi;

  • - izchillik-berilayotgan ma’lumotlar mazmuni o`zaro bog’liq bo`lishi va bir-birini to`ldirib borishi.

Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, nafaqat texnologiya ta’limida balki butun o`quv jarayonidagi vositalar, xususan elektron o`quv-uslubiy majmualarda pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanish, ularning mavzuga va rivojlanishi ko`zda tutilayotgan kompetensiya yoki ko`nikmalarga mos ravishda tanlab olish, ulardan foydalanish yuqori natijalarni beradi. Chunki, o`quv jarayonining samarali va maqbul tanlangan pedagogik texnologiya bilan jihozlash muvaffaqiyatning asosini ta’minlaydi.

Список литературы Elektron o`quv-uslubiy majmualarda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish

  • G.M.Anorqulova "Ta'lim texnologiyalari". T.:Innovatsiya-Ziyo. 2021-yil.
  • S.A.Madyarova va boshq. "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat". T.:IQTISOD-MOLIYA. 2009-yil.
  • "TEACH ENGLISH FOR SPESIFIC PURPOSES" Sh.Kh.Kharatova - THEORETICAL AND APPLIED SCIENCE.
  • Sh.S.Shodmonova, N.S.Mirsagatova, G.N.Ibragimova, M.T.Mirsoliyeva "Pedagogik texnologiyalar". T.: Nizomiy nomidagi TDPU. Metodik qo'llanma. 2011-yil.
  • N.X.Avliyakulov, N.N.Musaeva "Pedagogik texnologiya". T".Tafakkur bo'stoni". 2012-yil.
  • T.Ismailov; "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономика и социум" №3(82) 2021.
  • F.Mirzayeva "Kasbiy fanlarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish". T.: Nizomiy nomidagi TDPU. 2013-yil.
Статья научная