Finlandiya ta’lim texnologyalaridan foydalangan holda geografiya darslarini olib borish
Автор: Narzullayev N.H.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.
Бесплатный доступ
Inson hayotidagi muhim ahamyatga ega bo`lgan fanlardan biri bu Geografiya fanidir. O’quvchilarni bu fanni o’zlashtirishlari, ko`nikma va malakaga ega bo’lishi, tarbiya jarayonlarida ta`lim tizimi rivojlangan davlatlardan biri Finlandiya ta’lim tizimini tahlil qilgan holda yo’lga qo’yish juda ahamyatlidir. Ushbu maqolada Finlandiya ta’lim texnologyalaridan foydalangan holda geografiya darslarini olib borish haqida so`z yuritildi.
Ta'lim, metod, pedagogik-psixologik metodlar, tatqiqot metodlar, taqqoslash metodlari, statistik tahlillar, sog'lom va erkin muhit
Короткий адрес: https://sciup.org/140300309
IDR: 140300309
Текст научной статьи Finlandiya ta’lim texnologyalaridan foydalangan holda geografiya darslarini olib borish
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan birga qatorda kamchiliklarini ham sanab o’tish mumkin. Masalan ,o’qituvchilar ta’lim berish jarayonida o’quvchilar qobilyatini yetarli darajada aniqlash darajasining pastligi, aksaryat maktab bitiruvchilarning bilim va ko’nikmalari yetarli darajada emasligi va kelajakda ular tanlagan kasbning yetuk mutaxasisi bo’lishlariga to’sqinlik qilmoqda.
Ma’lumki, so’nggi paytlarda Finlandiya ta’lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim hisoblanib kelinmoqda. Xo’sh, Finlandiya ta’lim tizimi bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? Zero, aksaryat hollarda fin talabalari AQSH va Buyuk Britaniya talabalaridan yuqoriroq natijalarini qayd etishadi.
Finlandiyada majburiy ta’lim 9 yil davom etib, o’quvchilar 16 yoshdan maktabni tark etishlari mumkin. Ushbu g’oya Finlandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. Finlandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o’qituvchilar va hatto o’quvchilar o’rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, hamkorlikk muffaqiyat kalitidir deb hisoblashadi. Fin o’qituvchilari dunyodagi eng malakali o’qituvchilardir. Finlandiyada o’qituvchlikka bo’lgan talab juda yuqori.
Finlandiya ta’lim tizimi test natijalarini ko’paytirish matematika, tabiiy fanlar va ingliz tillariga ustuvorlik berish o’rniga, o’qish uchun sog’lom va uyg’un muhit yaratishga etibor beriladi. Bunda ta’lim “Ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bolishi kerak”, degan mafkuraga ega. O’qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan amaliy mashg’ulot o’tkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratildi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilarga tushadigan stressni kamaytiradi.
Gеografiya ta'limida turli matnlar, o`yinlar, immitatsiya kеng qo’llaniladi. Masalan, o`quvchi biror kompaniya prеzidеnti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o`zi xulosalar chiqaradi. Umuman , bunda ta’limning asosiy maqsadi o`quvchilarni kеlgusi hayotga, ya'ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.
Quyi sinflar qo`llanmalarida esa dеyarli xarita yo’q, ular o’rnini xarita sxеmalar egallagan. Tеkstda raqamli sonlar dеyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xaraktеriga ega bo`lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzlarda bеrilgan.
Mavzu yoki bo`limdan kеyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo`yiladigan savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o`yinlar tarzida bеrilgan. O`quvchilar uchun chiqarilgan gеografiya darsliklarida kompyutеrlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matеmatik statistika usullari, turli o`yinlar, tеstlar tarzida gеografik bilimlarni egallashga kеng o`rin bеrilgan. O`quvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini o`ynaydilar. Dеmak, gеografiya darsligi kapitalistik mamlakatlar gеografiya ta'limi mеtodikasida eng yеtakchi o`rinni egallaydi.
Finlandiya ta’lim tizimida geografiya fanining o’rni va ta’lim samaradorligi bir jihati bo’lsa , yana bir tomondan mavzuning ba’zi muammolari, kelajakda rivojlanishiga tahdid solib turgan ayrim jihatlari ko’rib chiqiladi.
Finlandiya ta’lim tizimida geografiya, biologiya, fizika, kimyo tabiiy fanlari bir birlariga bog’liq holda bitta fan sifatida olib boriladi.
O’rta maktablarda geografiya ta’lim mazmuni bo’yicha aniqlangan mavzular quyidagilardan iborat: "Yer - insonning uy sayyorasi","Yevropa","Dunyo va Finlandiya", "Umumiy muhit".
Ushbu mavzular ro'yxatdagi muammolar bilan izohlandi. "Nima?" va "qanday?" o’quvchilar o’rganishi va hal qilishi mumkin bo’lgan savol namoyish etiladi. Bu turdagi olib boriladigan darslarning ijobiy jihatlari: "idrok etish", "tan olish", "tasvirlash", “muayyan masalalarni tasvirlash", "solishtirish", "tahlil qilish va tushuntirish", "geografik bilimlarni qo'llash" va "kichik tadqiqotlarni rejalashtirish va o'tkazish". O’quvchilarni o’z bilim tajribalari va bilim ko’nikmalaridan kelib chiqan holda bajarishadi.[2]
Hozirgi kunda bizning davlatda geografiya darslarini rivojlantirish orqali davlatni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini rivojlatirish jahon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish bilan bir qatorda iqtisodiy sohalarimizdagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni o’quvchilar e’tiboriga havola qilish, ularni erkin fikrlashga o’rgatish, har bir masala yuzasidan raqobat va munozarali jarayonlarni tashkillashrish bilan darslarni olib borish, o’quvchilarni kelajakda ishbilarmon yetuk shaxs sifatida shakillanishlari uchun sog’lom muhit yaratish maqsadga muvofiqdir. Darslarda asosan o’quvchilarni psixologik nuqtayi nazardan baholab borish, ularni geografik muhitni shakllantirish maqsadida turli xil metodlarni qo’llash ta’lim tizimini o’zgartirish orqali dars jarayonida faol bo’lishlarini ta’minlash lozim.
Masalan, Mamlakatimizda geografiya darslarini tashkillashtirishda dunyo xaritasi va mintaqalari, xaritaning asosiy tushunchalari, turli dala xaritalari va tematik xaritalar, dunyoni bir butun sifatida idrok etish kabi maqsad va vazifalarni ilgari suriladi.
Ushbu keltirilgan mavzular va tushunchalarni yana ko’plab keltirish mumkin. Ya’ni bu mavzular asosan o’quvchilarni pisixologik fikrlashlari, dunyoqarashlarini kengayishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini o’rganish bilan bir qatorda dunyo mamlakatlariga nisbatan taqqoslash ishlarini olib borish, har xil munozarali o’yinlar tashkil qilish, keltirilgan biror bir muammoni hal qilishlari va yechim topishlariga zamin yaratadi va o’zlariga bo’lgan ishonchni ortishi bilan keyingi darsga qiziqishlarini yuqori darajaga olib chiqishlari mumkin. Bu esa o’z navbatida dars sifatini oshirib o’quvchilar o’zlarini kelajakdagi o’rnilarini topishda qanday sohada ish olib borishlari to’g’risida to’g’ri tushunchaga ega bo’lishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, kelajagimiz yoshlarimiz qo’lidadir. Bugun mamlakatimizni iqstisodiy-ijtimoiy jihatdan o’rganayotganda faqatgina sanoat korxonalari, xomashyo resurslar, ishlab chiqarish salohiyatini tanishish bilan cheklanmagan xolatda dars jarayonini tashkillashtirish, o’quvchilar olayotgan bilim va ko’nikmalarini rivojlangan kelajagi buyuk davlat bilan koprik sifatida mustahkamlash lozim. Geografiya darslariga qo’yilayotgan talab va vazifalar o’quvchilarni erkin fikirlashga, darslarga qiziqishlarini ortishiga asos boladigan darajada olib kelish uchun Finlandiya ta’lim texnalogiyalari asosida ta’lim tizimini olib borish va tashkillashtirish foydali bo’ladi.
O’quvchilarimizni ko’proq imtihonlarga, test sinovlariga tayyorlashdan ko’ra sog’lom hayotga tayyorlash, bolalar kimdandir yoki nimadandir qo’rqqanidan emas, balki o’zlari qiziqqanidan fanlarni o’zlashtirishi, dars davomida shakllangan yangi g’oya va fikrlarini erkin tadbiq etishlari va qo’llab quvvatlashlariga zamin yaratishimiz lozim.
Adabiyotlar ro’yxati
-
1. S.A.Abduvohidov, Z.A.G’aniyev. “Geografiya ta’lim metodokasi” SamDU nashiryoti, 2021-328 b.
-
2. O.A.Mo’minov. “Geografiya ta’lim metodikasi” ,-T..:O’qituvchi, 1986 y.
-
3. Www.uz edu.uz
-
4. https//.kun.uz
"Экономика и социум" №5(96) 2022
Список литературы Finlandiya ta’lim texnologyalaridan foydalangan holda geografiya darslarini olib borish
- S.A.Abduvohidov,Z.A.G'aniyev."Geografiyata'limmetodokasi" SamDU nashiryoti, 2021-328 b.
- O.A.Mo'minov. "Geografiya ta'lim metodikasi",-T.:O'qituvchi, 1986 y.
- Www.uzedu.uz.
- https//.kun.uz.