Interaktiv metodlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

Автор: Abdullayeva M.Sh.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada ta`lim jarayoni uchun eng muhim metodlardan biri sifatida namoyon bo`luvchi metodning tanqidiy fikrlash jarayonidagi ahamiyati hamda uni rivojlantirish borasidagi ilmiy qarashlari atroflicha talqin qilingan. Asosan, til o`qitish jarayonidagi uslublar va metodlardan unumli foydalangan holda talabalarning tanqidiy fikrlash qobilyatlarini o`stirish bo`yicha bir qancha fikrlar hamda takliflar bayon qilingan.

Tanqidiy fikrlash, til birliklari, interaktiv suhbat, aqliy hujum, muammoli vaziyatlar

Короткий адрес: https://sciup.org/140289011

IDR: 140289011

Текст научной статьи Interaktiv metodlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

“ Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo`lib, kamolga yetishi bilan bog`liqdir. Odamlar, eng avvalo, yoshlarning ong –u tafakkurini ma`rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir’’ [1]

Shavkat Mirziyoyev

Ma`lumki, keskin rivojlanib borayotgan shiddatkor zamin nafaqat bir insondan, nafaqat bir jonzotdan, boringki butun bir koinotdan dunyoning qanchalar cheksiz hamda chegara bilmas imkoniyatlarga boy ekanligining yaqqol timsoli desak aslo mubolag`a bo`lmas. Zero, inson aql–u zakovati, teran salohiyati va uning chegara bilmas kuchli kamoloti ana shu shiddatkor yurtning farzandlariga yaxshilik hamda o`tkir zehn urug`larini ekib kelayotgani ham asl haqiqatdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tmoq darkorki, bugungi kunda, ayniqsa, davlatning deyarli barcha sohalarida xorijiy tillarga bo`lgan e`tibor, munosabat hamda talabning qanchalar yuqori darajada ekanligi hech birimizga sir emas.

Axborot madaniyati har bir pedagogning ilmiy-bilish, o`quv jarayoni, mustaqil ravishda ta`lim olish, dam olish va boshqa faoliyat jarayonida yuzaga keladigan axborotga nisbatan bo`lgan ehtiyojni qondirishga yo`naltirilgan shaxsiy axborot faoliyatini muvaffaqqiyatli tashkil etishni ta`minlaydigan malaka, bilimlar va ko`nikmalarning tizimlashtirilgan majmuasi sanaladi.

Fikrimiz tasdig`i sifatida shuni alohida ta`kidlamog`imiz joizki, san`atkor turfa xil jilvalar orqali o`z qobilyatlarini namoyon qiladi va ushbu rang –baranglik orqali butun insoniyat ongi-yu shuurini, qalbini o`ziga rom qilib oladi. Xususan, pedagoglarning talabalarning tanqidiy fikrlash qobilyatlarini yanada rivojlantirishi hamda unga hamohang tarzda amaliy ko`nikmalarni shakllantirgan holda dars jarayonini amalga oshirishi nur ustiga a`lo nur bo`ladi. [2]

Yana shuni alohida e`tirof etmoq joizki, ta`lim jarayonining yanada samaradorligini oshirish maqsadida amaliyotga tatbiq qilinayotgan ertangi kun pedagog –kadrlari, jahonning eng ilg`or yetakchilari qatorida namoyon bo`lishi uchun o`z sohalarining buyuk namoyandalari bo`lib ko`kka intilishlari lozimdir, albatta. Shu jumladan, kelajak avlod vakillariga ta`lim –tarbiya berish asosan o`qituvchilarning, ya`ni har jihatdan buyuklikka erishgan san`at egalarining mahoratiga bog`liq bo`lgan jarayon sifatida qaraladi.

Tilning o`ziga xosligi, ya`nikim xorijiy tillarga bo`lgan talab va taklifning yuqoriligini hisobga olganda dars jarayonida til o`qituvchilari va bundan tashqari psixologlar, metodistlar quyidagi strategik tuzilgan rejalarga e`tibor qaratmoqliklari lozim:

Talabalarning dunyoqarashi;

Dars jarayonida talabalar qanchalar ilg`or;

Talabalarning tezkorligi;

Talabalarning topqirligi;

Talabalarning har xil turdagi boshqotirmali mashqlarga munosabati;

Talabalarning har xil turdagi muammoli vaziyatlardagi roli va o`rni;

Talabalar va o`qituvchilar teng ravishda tanqidiy fikrlash qobilyatlarini amalga oshirishi. [3]

Texnologik o`yinlarni tanlash jarayonida, avvalambor, o`rganuvchilar, ya`ni o`quvchilarning psixologik holati, nutqi, bilish imkoniyatlari, tengdoshlari hamda kattalar bilan murosaga kela olish tajribasining har jihatdan o`sishiga ko`mak berishi, o`quv faoliyati bilim hamda ko`nikmalarni shakllantirishi, o`quv mashg`ulotlari hamda xorijiy tillarni o`rganishga bo`lgan qiziqishini uyg`otishi, natijalarni tahlil qilish, bir–biri bilan taqqoslash, mavhumlashtirish, jamlashni o`rganishda o`quvchiga ko`mak berishiga e`tibor qaratishi darkor. O`yinlarni amalga oshirish jarayonida o`quvchining aqliy faoliyati, uning fanlarga nisbatan xatti–harakatlari bilan bog`liq bo`lishi lozim.

Shuni alohida e`tirof etmoq lozimki, xorijiy tillarning o`qitilish jarayonida pedagoglar, tilshunoslar, metodistlar, filologlar, faylasuflar, professorlar, adabiyotshunoslarning o`ziga xos va bir–birini takrorlamaydigan o`qitish metodlari, eng yuqori samaraga ega bo`lgan tajribalari ham katta ahamiyat kasb etadi. Shuni ta`kidlamoq joizki, Oliy ta`lim muassasalarida xorijiy tillar, masalan, ingliz tili, fransuz tili, xitoy tili, nemis tili, ispan va boshqa shu kabi tillarning maxsus metodlar orqali talabalarga mukammal qilib yetkazilishi til o`rganuvchilarning ishtiyoqi hamda qiziqishini nihoyatda oshiradi. [4]

Zamonaviy til texnologiyalarining xususiyatlari quyidagicha:

^     Tabiatga asoslangan;

^    Amaliyotga asoslangan;

^    Rang-barangligi;

^   Mashqlar orqali muammoli masalalarni oson va aniqlik bilan bajarish uchun tizimlashtirilganligi;

^ Uzoq natijaviylikka ega ekanligi;

^ Psixologik hamda pedagogik   rag'batlantiruvchi   kuchga asoslanganligi;

^ Dunyoqarash va ilmiylik tushunchalari bilan hamohangligi.

Xulosa qilib aytganda, har qanday yaratuvchanlik zamirida o`ziga xos kamolot va intellektual salohiyatning mahsuli yotadi. Ya`ni talabalarga tanqidiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish hamda ularni amaliy tarzda qo`llay olish imkoniyatining o`ziga xosligi nafaqat tilshunoslar, balki jamiki pedagog jamoasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilayotgan zamonaviy metodlar hamda strategiyalarning keng ravishda qo`llanilishidan iboratdir. Zero, aql va tafakkur hamisha bir tan–u, bir jon bo`lib xizmat qilishini unutmasligimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  • 1.     Sh. Mirziyoyev ‘’Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh

    assambleyasining 72 –sessiyasidagi nutqini o`rganish bo`yicha ’’illmiy –ommabop risola. Toshkent -2017, ‘’Ma`naviyat ‘’ nashriyoti, 130 –bet.

  • 2.    Andreyeva G. M. ‘’ Sotsialnaya psixologiya’’– M, 1998, 376-bet.

  • 3.     V. Qo`chqorov, O. Mahmudov. Z. Zamonov 10 -11- sinflar uchun

    darslik. Toshkent ‘’Yangiyo`l poligraf servis’’ 2017. 38-bet.

  • 4.    A. Xoliqov ‘ ’ Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti’’ Toshkent -2017 312 –bet.

  • 5.    Albrint A ‘’ Teachers attitudes toward information and communication technologies: The case of Syrian EFL teachers. Computers & Education’’. England–2006, pages–455-435.

  • 6.    Campbell A. P Using Live Journal for Authentic Communication in EFL Classes’’. The Internet TESL Journal 10(9), retrieved, Novemeber-18, pages– 155-200.

"Экономика и социум" №12(91) 2021

Список литературы Interaktiv metodlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

  • Sh. Mirziyoyev ‘'Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh assambleyasining 72 -sessiyasidagi nutqini o'rganish bo'yicha ''illmiy -ommabop risola. Toshkent -2017, ‘'Ma'naviyat ‘' nashriyoti, 130 -bet.
  • Andreyeva G. M. ‘’ Sotsialnaya psixologiya’’- M, 1998, 376-bet.
  • V. Qo`chqorov, O. Mahmudov. Z. Zamonov 10 -11- sinflar uchun darslik. Toshkent ‘’Yangiyo`l poligraf servis’’ 2017. 38-bet.
  • A. Xoliqov ‘’ Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti’’ Toshkent -2017 312 -bet.
  • Albrint A ‘’ Teachers attitudes toward information and communication technologies: The case of Syrian EFL teachers.Computers & Education’’. England-2006, pages-455-435.
  • Campbell A. P Using Live Journal for Authentic Communication in EFL Classes’’. The Internet TESL Journal 10(9), retrieved, Novemeber-18, pages-155-200.
Статья научная