Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimidagi islohotlar
Автор: Normurodova N.B.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Современные науки и образование
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalar bilimini nazorat qilish, baholash tizimidagi islohotlar va ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg’or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi va amaliyotga tadbiq qilish haqida fikr-mulohazalar bayon etish bilan birgalikda baholash tizimi haqida hsm bayon etilgan.
Ta'lim tizimi, oliy ta'lim, baholash, ta'lim-tarbiya, ta'lim sifati, samaradorligi, baholashshkalasi, qiziqish xususiyati
Короткий адрес: https://sciup.org/140300381
IDR: 140300381
Текст научной статьи Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimidagi islohotlar
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali mutaxasislar va yetuk kadrlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan talabalarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg’or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi yangi nizom ishlab chiqiladi.
Mazkur hujjatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashi lozimligi belgilangan.
Bunda asosiy e’tibor baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirish, ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, shu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etish hamda semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo‘lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o‘zgartirishga qaratiladi.
Talabalar bilimini baholash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida amalga oshirilgan baholash mezoni haqida to’xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ i da baholash tizimini haqida tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda baholik va ballik tizimda baholash tizimlar haqida aniq tavsiyalar berilgan. Jumladan:
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish JADVALI |
|||||||
5 baholik shkala |
100 ballik shkala |
5 baholik shkala |
100 ballik shkala |
5 baholik shkala |
100 ballik shkala |
||
5,00 — 4,96 |
100 |
4,30 — 4,26 |
86 |
3,60 — 3,56 |
72 |
||
4,95 — 4,91 |
99 |
4,25 — 4,21 |
85 |
3,55 — 3,51 |
71 |
4,90 — 4,86 |
98 |
4,20 — 4,16 |
84 |
3,50 — 3,46 |
70 |
||
4,85 — 4,81 |
97 |
4,15 — 4,11 |
83 |
3,45 — 3,41 |
69 |
||
4,80 — 4,76 |
96 |
4,10 — 4,06 |
82 |
3,40 — 3,36 |
68 |
||
4,75 — 4,71 |
95 |
4,05 — 4,01 |
81 |
3,35 — 3,31 |
67 |
||
4,70 — 4,66 |
94 |
4,00 — 3,96 |
80 |
3,30 — 3,26 |
66 |
||
4,65 — 4,61 |
93 |
3,95 — 3,91 |
79 |
3,25 — 3,21 |
65 |
||
4,60 — 4,56 |
92 |
3,90 — 3,86 |
78 |
3,20 — 3,16 |
64 |
||
4,55 — 4,51 |
91 |
3,85 — 3,81 |
77 |
3,15 — 3,11 |
63 |
||
4,50 — 4,46 |
90 |
3,80 — 3,76 |
76 |
3,10 — 3,06 |
62 |
||
4,45 — 4,41 |
89 |
3,75 — 3,71 |
75 |
3,05 — 3,01 |
61 |
||
4,40 — 4,36 |
88 |
3,70 — 3,66 |
74 |
3,00 |
60 |
||
4,35 — 4,31 |
87 |
3,65 — 3,61 |
73 |
3,0 dan kam |
60 dan kam |
Oliy ta’limda talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash
JADVALI
Taklif etilayotgan O‘zbekiston tizimi |
Rossiya tizimi (MDU)* |
Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS — European Credit Transfer System) |
Amerika tizimi (A- F) |
Britaniya tizimi (%) |
Yaponiya tizimi (%) |
Koreya tizimi (%) |
O‘zbekiston tizimi (%) |
“5” |
“5” |
“A” |
“A+” |
70 — 100 |
80 — 100 |
90 — 100 |
90 — 100 |
“A” |
|||||||
“A-” |
65 — 69 |
||||||
“4” |
“4” |
“B” |
“B+” |
60 — 64 |
70 — 79 |
80 — 89 |
70 — 89,9 |
“C” |
“B” |
50 — 59 |
|||||
“B-” |
|||||||
“3” |
“3” |
“D” |
“C+” |
45 — 49 |
60 — 69 |
70 — 79 |
60 — 69,9 |
“E” |
“C” |
40 — 44 |
|||||
“C-” |
|||||||
“D+” |
60 — 69 |
||||||
“D” |
|||||||
“D-” |
|||||||
“2” |
“2” |
“FX” |
“F” |
0 — 39 |
0 — 59 |
0 — 59 |
0 — 59,9 |
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomda talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshirish, oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkazish, oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha o‘tkazilish, oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanishu , oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanishi, semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmasligi, talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab borilishi, talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinishi, yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakunida) tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazishm, yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanishi, yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkazililishi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlari obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki obyektiv tizimlashtirilgan imtihon shakllarida o‘tkazilishi haqida ham tegishli ko’rsatmalar berilgan.
Talabalarning bilimini baholashda 5 ba’ho mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladigan, ijodiy fikrlay oladigan, mustaqil mushohada yurita oladigan, olgan bilimini amalda qo‘llay oladigan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunsa, bilsa, ifodalay olsa, aytib bera hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda qo’yilishi, shuningdek, talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho qo’yilishi, talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho qo’yilishi, talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanishi haqida mezonlar ishlab chiqligan.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar talabalar bilimini nazorat qilish semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida olib borilgan islohotlardan baholash tizimida xolisona yondashish lozimigini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI “BAHOLASH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 22-yanvarda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan.
-
2. Ortiqov O. R. O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 42-47.
-
3. ORTIQOV O. R. MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA’LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //ЭКОНОМИКА. – С.1130-1135.
-
4. Ахмеджанов М. М., Олимов Ш. Ш. Понятие и потребность духовнонравственного воспитания //Молодой ученый. – 2010. – №. 11-2. – С. 100-102.
-
5. Murodova M. M. BO’LAJAK BOSHLANG’ISH SINF O’QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 90-97.
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimidagi islohotlar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI "BAHOLASH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 22-yanvarda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma'qullangan.
- Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.
- ORTIQOV O. R. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //ЭКОНОМИКА. - С.1130-1135.
- Ахмеджанов М. М., Олимов Ш. Ш. Понятие и потребность духовно-нравственного воспитания //Молодой ученый. - 2010. - №. 11-2. - С. 100-102.
- Murodova M. M. BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 90-97.