Ko’krak sutining bola hayotidagi ahamiyati
Автор: Najimova Z.N., Zokirova K.A., Tazaboyeva S.M., Sadirova N.S.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.
Бесплатный доступ
Onaning ko'kraklari bolalar uchun ko'krak suti suyuqlik manbaidir. Ayolning tanasi homiladorlik va ko'krakdagi chaqaloqning emizilishiga javoban uni yaratadi. Ona suti to'liq ovqatlanish bilan bir qatorda infektsiyalardan, kasalliklardan himoya qiluvchi omildir.
Bola, ona suti, antitelolar, saraton
Короткий адрес: https://sciup.org/140289013
IDR: 140289013
Текст научной статьи Ko’krak sutining bola hayotidagi ahamiyati
Ayol sutida tuzlar, temir moddasi, mis, rux, kobalt va qon ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi boshqa mikroelementlar yetarli miqdorda bo‘ladi. Buning natijasida ko‘krak suti emgan bolalarda sun’iy ovqatlantiriladigan bolalarga qaraganda kamqonlik kasaligi kam uchraydi. YUNISEFning ta’kidlashicha, yer yuzida tug‘ilayotgan har ikki nafar bolaning biri dunyoga kelishining dastlabki onidayoq ona sutidan mahrum ekan. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘krak suti bilan oziqlanish darajasi 100 foizga ko‘tarilsa, har yili dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 830 ming bola va 30 ming ayolning hayotini saqlab qolish mumkin ekan.
Yana bir tadqiqot natijalarida shuni ko’rish mumkunki, ko’krak suti bilan emizilgan chaqaloqlar orasida o’lim soni kamaygan. Chunonan, 1 oylik chaqaloqlar orasida – 90%, 6 oylikdan kam yoshdagi chaqaloqlarda – 95%, 6-23 oylik chaqaloqlar orasida bu ko’rsatgich – 90% ga oshganini ko’rish mumkin.
Har bir bola hech bo‘lmaganda olti oyi davomida ko‘krak sutini emganida, aqliy qobiliyati oshishi hisobiga global iqtisodiyotga qo‘shimcha 400 milliard dollar daromad keltirar edi. Afsuski, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 80 millioni hayotining birinchi soatlaridanoq ona sutini ololmaydi. Yosh onalar bunga e’tibor berishi lozim. Ona suti yengil hazm boʻladigan, toʻyimli, turli mikroblardan holi, pishirish va isitishni talab qilmaydigan tayyor ozuqadir. Unda 100 dan ortiq kerakli moddalar boʻlib, u faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sogʻligiga mos keladi. Ona sutidagi oqsil, yogʻ, uglevodlar tarkibi yangi tugʻilgan bola organizmidagi xuddi shunday moddalar tarkibiga yaqin turadi. Ona sutida oqsil, yogʻ uglevodlar 1:3:6 nisbatda boʻladi va bola ehtiyojini toʻla qoplaydi. Sut oqsillari juda toʻyimli va chaqaloq ichagida yengil hazm boʻladi. Yogʻlar ham emulsiya holida boʻlgani uchun toʻla-toʻkis soʻrilib ketadi. Ona suti tarkibidagi uglevodlar oziqli xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi va shu tariqa ovqat hazm boʻlishini osonlashtiradi. Ona sutida zarur miqdorda tuzlar, ayniqsa kaltsiy va fosfor tuzlari boʻladi, ular bola skeletining toʻgʻri shakllanishi va rivojlanishi uchun g’oyat muhim. Ona sutidagi temir moddasining ahamiyati nihoyatda katta, uning oʻzlashtirilish оna sutida odatda 70%ni tashkil etsa, sigir sutida 30%, aralashmalarda esa 10%ni tashkil etadi. Sog`lom onadan tug’ilgan sog`lom bolalarda temir zaxirasining yetishmagan qismi ona suti hisobiga toʻldiriladi, lekin bola ona sutidan sigir suti yoki aralashmaga oʻtkazilsa unda kamqonlik rivojlanishi mumkin. Ona sutida vitaminlar miqdori tez oʻzgaruvchan boʻlishiga qaramay bola extiyojini dastlabki oylarida toʻliq qoplaydi. Ona suti turli kasallik viruslari va mikroblariga qarshi moddalar — antitelolarga boy boʻladi. Bolani emizganda iloji boricha koʻkrakda yigʻilgan hamma sutni bola bir emganda tugatishiga harakat qilish lozim, aks holda, bola oʻziga kerakli sutning yuqori kaloriyali qismini ololmaydi, goʻdakni emizib boʻlgach, koʻkrakda qolgan sutni, hatto u kam boʻlsa-da, oxirgi tomchisigacha sogʻib olish lozim, bu sut koʻpayishiga yordam beradi. Tadqiqotlarning koʻrsatilshicha, ona suti bolani rak kasalliklaridan saqlaydi, uning bu jihatini oʻrgangan olimlar, rakka qarshi dori ishlab chiqarishda bundan foydalanish mumkinligini aytishmoqda. Bundan tashqari, bolani emiz natijasida onalarda ko’krak saratoni kasaligining oldi olibgina qolmay uni davolash ham mumkin.
Xulosa . Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki, ushbu ijobiy amaliyot iqtisodiyotning rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Ko’krak bilan emizish onalar va bolalar uchun afzalliklari mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarni kamaytiradi hamda kelgusida mehnatga layoqatli sog‘lom avlodning shakllanishiga yordam beradi. E. Leyk aytganidek: "Emizishni nafaqat bolalar, onalar va oilalar uchun foyda, balki uzoq muddatli istiqbolda hukumat uchun jamg'arma sifatida ham baholash kerak".
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Современные рекомендации по питанию детей. Под ред. Ю. Г. Мухиной, И. Я. Коня. М.: МЕДПРАКТИКА-М. 2010. 568 с.
-
2. Руководство по детскому питанию. Под ред. В. А. Тутельяна, И. Я.
-
3. Национальная программа оптимизации вскармливания детей первого
года жизни в Российской Федерации. М.: Союз педиатров России. 2011. С. 13-17.
-
4. Лукоянова О. Л. Грудное молоко как эталонная модель для создания
детских молочных смесей. Вопр. совр. педиатрии. 2012; 11 (4): 111115.
-
5. Лукоянова О. Л., Боровик Т. Э., Беляева И. А., Яцык Г. В.
-
6. Kent J. C. Howbrestfeeding works. J. Midvifery Women’s Health. 2007; 6
-
7. Капранова Е. И., Геппе Н. А., Нороган М. В., Боровик Т. Э.,
Скворцова В. А., Лукоянова О. Л. Фурцев В. И., Прахин Е. И. Основы вскармливания детей первого года жизни. Ростов-на-Дону: Феникс. 2008. 87 с .
-
8. Современный взгляд на грудное вскармливание. Л.В. Абольян 2017.
Коня. М.: МИА. 2004. 662 с.
Применение современных технологических приемов для сохранения успешного грудного вскармливания. Вопр. совр. педиатрии. 2012; 11 (5): 113-117.
(52): 564-570.
"Экономика и социум" №12(91) 2021
Список литературы Ko’krak sutining bola hayotidagi ahamiyati
- Современные рекомендации по питанию детей. Под ред. Ю. Г. Мухиной, И. Я. Коня. М.: МЕДПРАКТИКА-М. 2010. 568 с.
- Руководство по детскому питанию. Под ред. В. А. Тутельяна, И. Я. Коня. М.: МИА. 2004. 662 с.
- Национальная программа оптимизации вскармливания детей первого года жизни в Российской Федерации. М.: Союз педиатров России. 2011. С. 13-17.
- Лукоянова О. Л. Грудное молоко как эталонная модель для создания детских молочных смесей. Вопр. совр. педиатрии. 2012; 11 (4): 111-115.
- Лукоянова О. Л., Боровик Т. Э., Беляева И. А., Яцык Г. В. Применение современных технологических приемов для сохранения успешного грудного вскармливания. Вопр. совр. педиатрии. 2012; 11 (5): 113-117.
- Kent J. C. Howbrestfeeding works. J. Midvifery Women’s Health. 2007; 6 (52): 564-570.
- Капранова Е. И., Геппе Н. А., Нороган М. В., Боровик Т. Э., Скворцова В. А., Лукоянова О. Л. Фурцев В. И., Прахин Е. И. Основы вскармливания детей первого года жизни. Ростов-на-Дону: Феникс. 2008. 87 с.
- Современный взгляд на грудное вскармливание. Л.В. Абольян 2017.