Mahobatli rangtasvir
Автор: Obidov B.S.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada arxitekturada mahobatli bezak san’ati ashyo va texnikasi rang - barangligi, binolar barpo qilish jarayonida monumentalist rassomlar rangtasvirga asos bo‘ladigan ashyolar, rassomni o‘z oldiga qo‘ygan ba'diiy vazifa va uning tasvirlanish haqida batafsil bayon etilgan.
Mahabatli bezak san'ati, monumentalist rassom, rangtasvir, arxitektura, mahobatli rangtasvir
Короткий адрес: https://sciup.org/140300396
IDR: 140300396
Текст научной статьи Mahobatli rangtasvir
Kirish:
Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak yurtimizda ajdodlarimizning buyuk me’roslariga egamiz. Shuningdek, dunyoga mashhur me’moriy jihatdan go‘zal va nafis bezatilgan tarixiy binolarimiz ham bor. Albatta, bu binoni bezashda me’morlar, hunarmandlar, rassomlar o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Bu bugungi kunda ham insoniyatni hayratda qoldiradi. Xususan, Amir Temur bobomiz va temuriylar davrida tarixiy binolar qad rostlagan. Bu binolarning bezaklari hali ham katta ahamiyatga ega bo'lib, olimlar, me'morlar va rassomlar tomonidan katta qiziqish bilan o'rganilmoqda.
Ayni paytda tahsil olayotgan yoshlar ham katta qiziqish bilan bilim olmoqda. Bo‘lajak yosh mutaxassislar o‘z ijodiy mehnatidan foydalanib, ko‘rkam binolar barpo etmoqda. Ayni paytda milliy zamonaviy binoni bezash ishlari davom etmoqda. Monumental suratlar tobora ommalashib borayotgani bejiz emas.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Arxitekturada mahobatli bezak san’ati ashyo va texnikasi rang - barangligi bilan ajralib turadi. Ulardan ba'zilari; freskalar, temperli rasmlar, mozaikalar, enkaustika, sgraffito, rang-barang vitrajlar eng qadimiy turlaridan bo'lib, ularning an'anaviy va zamonaviy usullari shakllanmoqda. Albatta, bu texnologiya rivojlanishni to'xtatdi degani emas.
Har bir davr me'morchiligida ular yangi hayot kechira boshladilar. Monumentalist rassomlar, ayniqsa, keyingi yillarda yangi materiallar va texnikalardan foydalangan holda uni amaliyotga tatbiq etmoqdalar. Demak, monumental rangtasvirga oid kitoblar juda ko‘p, ammo bu kitoblar talabga javob bermasligi mumkin. Chunki ular qadimiy “usullar” haqida bo‘lib, tarixiy manbalardir.
Yangi ashyolar va texnikalar haqidagi ma’lumot gazeta va jumallarda tasodifan e’lon qilinib qoladi. Rassomlaming texnologiya haqida o‘tkazilgan amaliy sinovlar yangi mahobatli rangtasvir san’ati shakllarini rivojlanishiga asos soladi. 60-70-yilIarda O‘zbekistonda bir guruh yosh monumentalchi rassomlar keksa naqqoshlar bilan hamkorlik qildilar. Bular ichida B. Jalolov, A. va V.Gan, Y.Chemishev, S.Rohmonov, E.Nazarov, F.Sulaymonov, R.Xudayberganov, A.Aliqulovlar bor. Ular o‘z ijodlarida tabiat go‘zalliklarini, dolzarb mehnatni tarannum etadilar, o‘zlarining ona-Vatanga muhabbatlarini namoyon qilib, inson tuyg‘usini kamol toptirishga samarali ta’sir ko‘rsatadilar.
Natijalar:
Yosh ijodkorlar bunyod etgan asarlardan Toshkentdagi o‘quvchilar Saroyi, Urganchdagi teatr, Chimyondagi dam olish uyi, O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi, Konservatoriya, Senat saroyi, «Turkiston» saroyi va boshqalardagi mahobatli rangtasvir bezaklar o‘z!arining originalligi bilan diqqatni jalb etadi.
Behisob va rang - barang devoriy asarlarni ko'zdan kechirar ekansan, rassomlar hayol dunyosining naqadar kengligiga tasanno aytmay turolmaysan, kishi. Chinakam san’at ustasi bo‘lgan odamgina mana shunday asarlar yaratishi va shunday asarlargina yangi - yangi san’at ustalarini tarbiyalashi mumkin.
O‘zbek xalqi ikki ming yil davomida monumental - dekorativ va amaliy san'atning shunday ajoyib namunalarini yaratdi va yaratmoqdaki, ular o‘zlarining yuksak badiiy mahorat va nazokat ila ijro etilishlari bilan bugungi kunda ham kishilami hayratga solmoqda. Ko‘p yillik tajribalar, olmos iste'dod va xalq tafakkuri bilan yo‘g‘rilgan har bir chinakam san’at asari ranglar sehr - jodusi bilan qalbimizga ilhom bag‘ishlab, ma’naviy dunyomizni yanada boyitadi.
Mahobatli rangtasvir turlaridan ikki rangli mozaika va o‘ymakorlikning boshqa namunalari ham qo‘llanilgan bo‘lib, sgrqffito usulidagi ikki qatlamli nafis o‘ymakorlik shular jumlasidandir. Keyinchalik quyma ganch ham taomilga kirib kelgan.
Binolar barpo qilish jarayonida monumentalist rassomlar rangtasvirga asos bo‘ladigan ashyolami bilishi majburdir. Ashyoning fizik, kimyoviy tarkibi rangtasvimi sifat darajasini belgilaydi. Faktura, devor rangi, har xil pardoz ashyolari mahobatli rangtasvir bilan o‘zaro bog‘likdir.
Muhokama:
Badiiy ahamiyatli vazifalar echimini hal qilishda monumentalist rassom oldida bir qator: 1) ashyoning plastik xususiyati va 2) uning texnologiyasini bilishi lozim bo'ladi.Ba’zi rassomlar texnologiyaga berilib qolinsa asaming badiiyligiga putur yetkazishi mumkin deb qaraydilar. Faqat texnologiyaga katta e’tibor berilsa hunarmandga aylanib qolishi mumkin. Ammo texnologiyani etarli bilmaslik ham asarga muddatidan oldin nobud bo'lishiga olib keladi.
Ashyolami va texnologiyani to‘g‘ri ishlata bilish asar yaratishda o‘ziga bo'lgan ishonchni, o‘z g‘oyasini to‘g‘ri amalga oshirishni ta'minlaydi. Rassom oldida badiiy bezakni ishlash har xil bo'lib, u etarli darajada texnika va texnologiyani qo'llash usullarini bilishni taqozo qiladi. Ammo u usul ham bir necha xil imkoniyatlarga va turlarga ega bo'lib, turli usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Rassomni o‘z oldiga qo‘ygan ba'diiy vazifa va uning tasvirlanishiga bog'liq. Arxitekturada mahobatli rangtasvir asari uzoq muddatga mo'ljallangan bo'lib, uning iqlimi, texnologiyasini rassom puxta o‘yIab bajarishi lozim bo'ladi. Bu jarayonga jiddiy e’tibor berish zamr. Aks holda asar tez nobud bo'lishi mumkin.
Xulosa:
Har bir buyum qanday ishlov berilishiga qarab o‘ziga xos sirt tekisligi, rangi, vazni, qattiqligi, yopishqoqligi, egiluvchanligi va boshqa xususiyatlariga ega. Rassom uchun monumental rangtasvir yaratishda buyum sirtining kompozitsiyasi, rangi va teksturasi muhim ahamiyatga ega. Narsalar tabiiy xususiyatga ega va ulardan to'g'ri foydalanish kerak. Biroq, uni taqlidga olib keladigan darajada ishlatmaslik kerak. Tabiiylik darajasi ham badiiy imkoniyat yaratishi mumkin.
Adabiyotlar ro'yxati:
-
1 . Xudayberganov R.A. «Tasviriy san’atda rang». - T.: TDSI bosmoxonasi, 2004.
-
2 . «Rustam Xudayberganov». Katalog. - T.: «Noshir», 2011.
-
3 . N.Normatov. «Ranglar yurtiga yo‘l». -T.: «Noshir» nashr, 2013.
-
4 . G E. Vitraj: Rivojlanish muammolari. «San’at», 1999. 3-son.
-
5 . Xudayberganov R.A. «Rangshunoslik asoslari». - T.: G‘.G‘ulom. nashr. 2006.
"Экономика и социум" №6(97) 2022
Список литературы Mahobatli rangtasvir
- Xudayberganov R.A. "Tasviriy san'atda rang". - T.: TDSI bosmoxonasi, 2004.
- "Rustam Xudayberganov". Katalog. - T.: "Noshir", 2011.
- N.Normatov. "Ranglar yurtiga yo‘l". -T.: "Noshir" nashr, 2013.
- G E. Vitraj: Rivojlanish muammolari. "San'at", 1999. 3-son.
- Xudayberganov R.A. "Rangshunoslik asoslari". - T.: G‘.G‘ulom. nashr. 2006.