Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
Автор: Kushakova G., Mamatkarimova M.
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Образование и педагогика
Статья в выпуске: 6 (84), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini shakllantirishning nazariy asoslari xaqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Maktabgacha yosh, bolalar, shakllantirish, aqliy jismoniy, estetik
Короткий адрес: https://sciup.org/140295127
IDR: 140295127
Текст научной статьи Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
Maqsadsiz, ma’lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo’lishi mumkin. Ilg’or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg’unligini namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo’naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o’zlashtirib olishlari uchun g’amxo’rlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko’pgina yoshlarning Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AqSh, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir.
Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o’z-o’zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh avlodga oila, maktabgacha ta’lim muassasasalari, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g’oyaviy yo’nalishi va samarasi yotadi.
O’sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo’lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo’llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiyani berish – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda etakchi o’rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishning vazifalari quyidagilar sanaladi:
shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish

Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar.... Ilm egallang. Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo’lganligini tasvirlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Demak, yuqorida ta’kidlaganidek, bolalar hayotini shakllantirishda aqliy – jismoniy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga qiziqtirish isoblanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
-
1 . Kushakova, G. (2021). 6-7 bolalarni oilada maktabga tayyorlash jarayonini takomillashtirishning metodik ahamiyati. Мактабгача таълим
-
2 .Kushakova, G. (2021). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik ishlarni tashkil etish . Мактабгачатаълимжурнали , 3 (Preschool education journal).
-
3 .KG Egamkulovna Pedagogical conditions for the formation of tolerant thinking in youth in the family environment - Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 2021
-
4 .Mirazimova, M. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QAMRAB OLISHNING AHAMIYATI. Scienceweb Academic Papers Collection.
-
5 . Ziyayeva M. Innovative teaching methods of the russian language //MODERN SCIENTIFIC RESEARCH. – 2019. – Т. 46.
-
6 .Ziyayeva M. F. Teaching a foreign language using computer technologies //SCIENCE AND WORLD. – 2013. – Т. 46.
-
7 .Ziyayeva M. FEATURES OF EFFECTIVE EDUCATION FOR ADULTS //Конференции. – 2021.
-
8 .Зияева М. Ф. Обучение иностранному языку с использованием компьютерных технологий //Наука и мир. – 2020. – Т. 2. – №. 5. – С. 45-46.
-
9 .Fazlidinovna Z. M. DEVELOPMENT OF WOMEN'S AND GIRLS'SPORTS FUTURE //Конференции. – 2020.
-
10 .Зияева М. Ф. ШАХС МАЪНАВИЙ КАМОЛОТИДА
ТИЛШУНОСЛИКНИНГ ТУТГАН ЎРНИ //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 555-559.
журнали , 3 (Preschool education journal).
Список литературы Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
- Kushakova, G. (2021). 6-7 bolalarni oilada maktabga tayyorlash jarayonini takomillashtirishning metodik ahamiyati. Мактабгача таълим журнали, 3(Preschool education journal).
- Kushakova, G. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik ishlarni tashkil etish. Мактабгачатаълимжурнали, 3(Preschool education journal).
- KG Egamkulovna Pedagogical conditions for the formation of tolerant thinking in youth in the family environment - Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 2021.
- Mirazimova, M. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIGA QAMRAB OLISHNING AHAMIYATI. Scienceweb Academic Papers Collection.
- Ziyayeva M. Innovative teaching methods of the russian language //MODERN SCIENTIFIC RESEARCH. - 2019. - Т. 46.
- Ziyayeva M. F. Teaching a foreign language using computer technologies //SCIENCE AND WORLD. - 2013. - Т. 46.
- Ziyayeva M. FEATURES OF EFFECTIVE EDUCATION FOR ADULTS //Конференции. - 2021.
- Зияева М. Ф. Обучение иностранному языку с использованием компьютерных технологий //Наука и мир. - 2020. - Т. 2. - №. 5. - С. 45-46.
- Fazlidinovna Z. M. DEVELOPMENT OF WOMEN'S AND GIRLS'SPORTS FUTURE //Конференции. - 2020.
- Зияева М. Ф. ШАХС МАЪНАВИЙ КАМОЛОТИДА ТИЛШУНОСЛИКНИНГ ТУТГАН ЎРНИ //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 555-559.