Nor shirach o’simligining ayrim biologik xususiyatlari
Автор: Sharifmurodov K.I.
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (109), 2024 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada Nor shirach oʻsimligining qisqacha botanik tavsifi, biologiyasi, xususiyatlari keltirilgan. Oʻsimlikning urugʻ biologiyasi tajribalarda kuztilib, real va patensial urugʻ hosildorligi, 1000 dona urugʻining massasi aniqlangan hamda tegishli xulosalar keltirib oʻtilgan.
Nor shirach, pushti shirach, eremurus robustus, qizil kitob, urugʻ, real urugʻ mahsuldorligi, patensial urugʻ mahsuldorligi
Короткий адрес: https://sciup.org/140307149
IDR: 140307149
Текст научной статьи Nor shirach o’simligining ayrim biologik xususiyatlari
Kirish. Nor shirach (pushti shirach) - Eremurus robustus shirachdoshlar oilasiga mansub oʻsimlik. Shirach turkumining oʻzbekistonda 21 turi tarqalgan boʻlib, shundan 12 tasi Oʻzbekiston respublikasining “Qizil kitob”iga kiritilgan.
Koʻp yillik oʻt, boʻyi 100-200 sm. Barglari keng qalami, tashqi tomonidagi barglarining eni 4-8 sm, novsimon. Gulqoʻrgʻon bargchalari pushti yoki och pushti, asosi sariq dogʻli (1-rasm). May-iyul oylarida gullab, urugʻ beradi. Togʻ mintaqasi soz tuproqli yonbagʻirlarida oʻsadi [3,5].
Shirach-xushmanzara, dorivor, bahorda koʻkat sifatida isteʼmol qilinadigan qimmatli yemish olinadigan yovvoyi oʻsimlikdir. Shu xislatlari sabab boʻlsa kerak uning tabiatdagi zaxiralari juda tez kamayib bormoqda. Shirach yer shari florasi ayniqsa Markaziy Osiyoning oʻziga xos qiymatli oʻsimliklar turkumidir. Uning tasmasimon tojbarglari jozibador sulton (shingil) tarzidagi toʼpguli, yulduzsimon shaklli va sariq sutsimon suyuqlikka boy ildiz sistemasi kishining eʼtiborini jalb etadi. Shirachning guli asalshira (nektar)ga boy, qurigan poyalari asalari qutilari uchun ishlatiladi, yosh barglari C darmondorisiga boy. Tarkibida C vitamini, karotim, organik kislotalari, koʻp miqdorda eremuran polisaxarid, alkaloidlar, shirach (yelim) boʻyoqlar va boshqa moddalar bor. Bargi xalq orasida yel haydovchi ildizi meda-ichak kasalliklarida qoplab oluvchi dori sifatida qoʻllaniladi. Barcha qismlaridan ipak, jun, paxtadan qilingan matolarni sariq rangga boʻyaydigan boʻyoq olinadi [2,4].
1-rasm

Metodlar. Oʻsimlikning fenologiyasi, oʻsishi va rivojlanishi I.N.Beydeman va boshqalar metodikasi boʻyicha oʻrganildi. Sutkalik va mavsumiy gullash va urugʻ biologiyasini oʻrganishda Ponomoryov metodikasidan foydalanildi, oʻsimlikning fitosenozda tutgan oʻrni Drudening 6 ballik shkalasi yordamida aniqlandi.
Natijalar. Urgut tumanida 2023-yilda nor shirachning urugʻ mahsuldorligini hisoblab chiqdik. Buning uchun 25 tup oʻsimlik tanlab olindi. Har bir tup oʻsimlikdagi hosil boʻlgan gullar soni hisoblab chiqildi. Ochilgan gullardan nechta urugʻ shakllanishi mumkinligi aniqlandi va elektron tarozida 1000 ta urugʻning massasi hioblab chiqildi. Shu ma’lumotlarga asoslanib 1 tup oʻsimlikda qancha gr urugʻ hosil boʻlishi mumkinligi hisoblab topildi va olingan natijalar 1-jadvalda keltirildi.
1-jadval
№ |
Е *&о С а СО с. S |
Shundan |
Hosil bo’lgan mevalar |
U а *Ы) 'со а ’о ^ £ |
Shundan |
Bir tupdagi to’q urug’lar |
th >в* со 'со □ 'со 5 чз о о о |
||||||||
с с я с J50 "О £ О |
ч0 о4 |
Б н |
X© с4 |
Я с о |
Xs о4 С я сл 'с я ^р 00 |
Я "со ■Z* 5 'S ^ ^ |
е4 |
puch urug'lar |
|||||||
Я с о "О |
чР е4 |
Я о "О |
Й) |
||||||||||||
1 |
315 |
200 |
64,0 |
80 |
36.0 |
12 |
7 |
15 |
11 |
73,3 |
4 |
26,7 |
100 |
з, 5 |
28,3 |
2 |
379 |
235 |
62,0 |
144 |
38.0 |
7 |
2,9 |
13 |
8 |
61,5 |
5 |
38,5 |
56 |
1 |
27,0 |
3 |
247 |
186 |
75,3 |
61 |
24,7 |
11 |
6,0 |
14 |
10 |
71,4 |
4 |
28,6 |
ПО |
з, 4 |
27,0 |
O’rtacha |
207 |
7,1 |
90 |
33 |
10 |
5,3 |
14 |
9,6 |
68,7 |
4 |
31,2 |
88,6 |
з, 0 |
27,4 |
Jadvaldan shu narsa ma’lum boʻldiki, nor shirach oʻsimligi oʻrtacha bir tupda 315 tadan 247 tagacha gʻuncha hosil qilib, shundan 200-207 ta (71%) gul hosil qildi. Shundan 90 tasi (33%) toʻkilib ketdi. 14 ta urugʻ haosil qilib shundan patensial urugʻ mahsuldorligi 31.2 %, real urugʻ mahsuldorligi 68.7 % ni tashkil qildi. 1000 ta urugʻning massasi oʻrtacha 27,4 gr ni tashkil etdi.
Xulosa. Nor shirach oʻsimligi xushmanzara, dorivor, yem-xashak hamda vitaminga boy, muhofazaga muhtoj boʻlgan oʻsimlik hisoblanadi. 1000 dona urugʻining massasi 27,4 gr ni tashkil etib, real urugʻ mahsuldorligi 68,7% patensial urugʻ mahsuldorligi 27,4% ni tashkil qiladi. Demak, ushbu oʻsimlik urugʻlari yordamida koʻpayishi qiyin, shuning uchun oʻsimlikni vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirsh yaxshi samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
1. Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior oʻsimligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 8-10.
-
2. M.Sanoyeva, M.Ergasheva “Shirach(eremurus)ning oʻsimligining bioekologik xususiyatlari” INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE OF MODERN SCIENTIFIC RESEARCH 107-109-b.
-
3. Pratov Oʻ., L.Shamusaliyeva “Botanika” Toshkent-2010. 241-b.
-
4. Qarshiboyeva N. NOR SHIRACH (E. ROBUSTUS REGEL) NING GULLASH BIOLOGIYASI //Solution of social problems in management and economy. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 8-14.
-
5. Toxirov B. B. et al. Dorivor o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 112-118.
-
6. Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. – 2021. – Т. 2. – №. 1.
-
7. Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D. OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA’SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI // Экономика и социум. 2023. №6-1 (109). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-zarafshon-havzasi-landshaftlariga-antropogen-ta-sir-va-havza-landshaftlarining-rivojlanish-qonuniyatlari (дата обращения: 23.07.2024).
-
8. https://www.plantarium.ru/page/view/item/14934.html
"Теория и практика современной науки"
№7(109) 2024
Список литературы Nor shirach o’simligining ayrim biologik xususiyatlari
- Hojiyeva A., Xurramov O. Ziziphora tenuior oʻsimligining dorivorlik xususiyatlari //Journal of Integrated Education and Research. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 8-10.
- M.Sanoyeva, M. Ergasheva "Shirach(eremurus)ning oʻsimligining bioekologik xususiyatlari" INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY CONFERENCE OF MODERN SCIENTIFIC RESEARCH 107-109-b.
- Pratov Oʻ., L. Shamusaliyeva "Botanika" Toshkent-2010. 241-b.
- Qarshiboyeva N. NOR SHIRACH (E. ROBUSTUS REGEL) NING GULLASH BIOLOGIYASI //Solution of social problems in management and economy. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 8-14.
- Toxirov B. B. et al. Dorivor o'simliklarning o'ziga xos xususiyatlari haqida yangi ma'lumotlar //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 112-118.
- Xurramov O. G., Islamov B. S. SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA GLYСYRRHIZA GLABRA L. NING BA'ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Журнал естественных наук. - 2021. - Т. 2. - №. 1.
- Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D. OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA'SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI // Экономика и социум. 2023. №6-1 (109). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-rta-zarafshon-havzasi-landshaftlariga-antropogen-ta-sir-va-havza-landshaftlarining-rivojlanish-qonuniyatlari (дата обращения: 23.07.2024).
- https://www.plantarium.ru/page/view/item/14934.html.