Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini bo‘limlararo integratsiyalash

Автор: Toyirova N.M., Azamova N.U.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 6-1 (97), 2022 года.

Бесплатный доступ

Maqolada boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarini bo’limlararo integratsiyalash, sinflar kesimida har bo’lim tahlil qilib chiqish haqida so’z boradi.

Integratsiya, dars, darslik, milliy dastur

Короткий адрес: https://sciup.org/140300402

IDR: 140300402

Текст научной статьи Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini bo‘limlararo integratsiyalash

  • 1-    sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida quyidagi boʻlimlar:

  • 1.    1.Men, sen, u va ular

  • 2.    2.Tabiat neʼmatlari

  • 3.    Sogʻ tanda - sogʻlom aql

  • 4.    Sanʼat va madaniyat

  • 5.    Til va dil

  • 6.    “Fan va texnologiyalar” mavjud boʻlib;

2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligidagi boʻlimlar:

  • 1.    Oʻzbekiston - mening vatanim

  • 2.    Men, sen, u va ular

  • 3.    Tabiat neʼmatlari

  • 4.    Sogʻ tanda - sogʻlom aql

  • 5.    Kasbim - faxrim

  • 6.    Yosh iqtisodchi

  • 7.    Fan va texnologiyalar

  • 8.    Til va dil

  • 9.    Tarix xazinalari

  • 10.    Sanʼat va madaniyat

  • 11. Huquqimiz – haqimiz” tarkibida ularning barchasini kuzatish mumkin.

Birgina “Men, sen, u va ular” boʻlimiga eʼtibor qaratilsa, birinchi sinfda bu boʻlim orqali oʻquvchilarga oila aʼzolari, yaqinlari, kun tartibi va bayram kunlari haqida maʼlumot va topshiriqlar berilgan boʻlib, ikkinchi sinfdagi bu boʻlimda yuqorida berilgan mavzular atroflicha kengaytirilib, oʻquvchilar bilimiga maktab, mahalla kabi tushunchalar asosida ot yasovchi “- dosh” qoʻshimchasi kiritiladi. Oʻquvchilar shu kunga qadar oʻz nutqida qoʻllab kelayotgan sinfdosh, partadosh, mahalladosh kabi soʻzlar sinf, parta, mahalla soʻzlariga “-dosh” qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida hosil boʻlganini bilib olishadi.

Ikkinchi sinfda bu bilimlar kengaytirilib , qishda uxlaydigan hayvonlar, yer osti qazilmalari, sayohat qiladigan qushlar haqida maʼlumot berilib, “Yer ostida nima bor?” mavzusida oʻquvchilarga narsalarning nomini bildiruvchi soʻzlar nima? yoki nimalar? soʻrogʻiga javob berishi oʻrgatiladi.

Ikkinchi sinfda shu mazmun davom ettirilib, sogʻlom boʻlish uchun mikrob va bakteriyalardan saqlanish kerakligi, foydali nonushta, inson tana aʼzolari haqida maʼlumot berilib,mavzu davomida “va", “ammo", “shuning uchun” bogʻlovchilari va ayrim iboralarni qoʻllash amaliy oʻrgatiladi.

Bu kabi integratsiyalashgan boʻlimlar darslikda koʻplab uchrab, biri ikkinchisining mazmunini toʻldirishga, boyitishga xizmat qiladi.

Darslikdagi har bir boʻlim oʻziga xos tilshunoslikka oid bilimlarni berishga moʻljallangan boʻlib, birinchi sinfning birinchi boʻlimi – “Men, sen, u va ular boʻlimi” da oʻquvchilar matn tarkibidan qarindoshlikni bildirgan soʻzlar va kishilarning ismlarini ajrata olishni va ularning imlosini, topshiriqlarni bajarish jarayonida savollarga tartibli javob berishni, vaqtni ifodalovchi soʻzlar va ularning imlosini, raqamlar orqali berilgan sonlarni harflar orqali ifodalashni, soʻzlar orasida vergulning qoʻllanishi bilan bogʻliq mashq va topshiriqlar ustida ishlashni, bayram nomlarining birinchi soʻzi bosh harf bilan yozilishini, yaqin qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma yozishni, matnni mantiqiy qismlarga boʻla olishni, matn uchun reja tuzishni oʻrganadilar.

Ikkinchi sinf darsligining aynan shu boʻlimida oʻquvchilarda berilgan matn tarkibidan maʼnolari yaqin boʻlgan soʻzlarni ajratish,matn tarkibidan maʼnolari yaqin boʻlgan soʻzlarni ajratish, matn tarkibidan maktab hayoti bilan bogʻliq boʻlgan narsa nomlariga soʻroq berish orqali ularni ajratish, ularning umumiy nomini aniqlash, “-dosh” qoʻshimchasi orqali yangi soʻz yasash, tabriknoma yozish, shu bilan birgalikda tabriknoma matnida tabriklanayotgan kishi ismidan soʻng koʻpincha undov belgisi qoʻyilish, matnda soʻz yoki jumla takroriga yoʻl qoʻymaslik uchun u, bu, shu kabi soʻzlardan foydalanish mahalla yoki koʻchalarga atab qoʻyilgan nomlarni bosh harflar bilan yozish kabi koʻnikmasi hosil qilinadi.

1-sinfning 2-“Tabiat ne‘matlari” bo‘limi orqali o‘quvchilarda tilshunoslikka oid ,,H" va ,,X" tovushining hosil bo‘lish o‘rni, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish orqali bir-biridan farqlash , dialog, gaplarning ohangiga qarab tinish belgilarni qo‘yish, ohangdosh so‘zlar, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozish kabi bilimlar shakllantiriladi.

2-sinfning 3-bo‘limida, ya‘ni “Tabiat ne‘matlari” bo‘limida so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yozish, odam, hayvon yoki narsalarga xos sifatlarni aniqlash uchun qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘i berilishi , narsalarning nomini bildiruvchi so‘zlarga nima? yoki nimalar? deb savol berilishi , harakatni ifodalovchi so‘zlarga nima qildi? , nima qilyapti?, nima qilmoqchi? kabi so‘roqlar berilishi o‘quvchilarga qoidalar va mashqlar orqali tushuntirib o‘tilgan.

2-sinfning 4- “Sog‘ tanda-sog‘lom aql” bo‘limida gaplarni bog‘lovchilar yordamida bog‘lash, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash, so‘z yasalishiga oid dastlabki tushunchalar amaliy tarzda o‘rgatiladi.

Taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar - yoshlarni barkamol inson sifatida tarbiyalash, kelajakda oʻz sohasining mutaxassisi boʻlib yetishishlari uchun taʼlim berishning noodatiy va oʻzgacha va eng muhimi samarali usullaridan foydalanish zarurligini koʻrsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.    Milliy o‘quv dasturi – 2021

  • 2.    Iroda Azimova , Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir Tursun ,, Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf" . Toshkent -2021

  • 3.    Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir Tursun ,, Ona tili va o‘qish savodxonligi 2-sinf" . Toshkent -2021

"Экономика и социум" №6(97) 2022

Список литературы Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini bo‘limlararo integratsiyalash

  • Milliy o‘quv dasturi - 2021.
  • Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir Tursun "Ona tili va o‘qish savodxonligi 1-sinf". Toshkent -2021.
  • Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa‘dullo Quronov, Shokir Tursun "Ona tili va o‘qish savodxonligi 2-sinf". Toshkent -2021.
Статья научная