Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ona tili faniga oid kompitensiyalarni shakllantirish

Автор: Safarova G.Sh.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Современные науки и образование

Статья в выпуске: 5-1 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tilaga oid kompetensiyalarni shakllantirish, o’quvchilarning sinflar kesimida o’zlashtirishi lozim bo’lgan me’yorlar haqida fikr-mulohazalar berilgan.

Ona tili, nutq, kompetensiya, kompetentlik, savod, savodxonlik, ilm-fan, dunyoqarash, bilim, ko'nikma, malaka

Короткий адрес: https://sciup.org/140292980

IDR: 140292980

Текст научной статьи Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ona tili faniga oid kompitensiyalarni shakllantirish

O‘zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan va uni rivojlanishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulugbek va boshqa ko‘plab allomalar ilm—fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to‘siqlar bo‘lmasin o‘z farzanddarini savodli bo‘lnshini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga o‘qishga berganlar. Maktabdor domlalar o‘z usullari va tajribalariga asoslanib bolalarga sabokq berganlar. Demak, O‘zbekistonda o‘qitishning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechgani yo’q. Ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo’l qo‘yilgan.

Ona tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-mavzuviy yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir.

O‘quvchilarni o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish, so‘zlardan nutqida to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga o‘rgatish maqsad qilib olingan. Har bir o‘qituvchi 1-4-sinf ona tili fanidan yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalardan ta’lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanishi zarur. Ayniqsa, ona tili darslarida matn ustida ishlashga va ularning xususiyatlari haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitishga alohida e’tibor qaratish lozim. Shuning uchun mazkur metodikalar mazmuni, unda berilgan didaktik materiallar, savol topshiriqlarga ilmiy va tanqidiy yondashuv asosida amaliyotga tatbiq etish talab etiladi.

Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilarda ona tiliga oid kompetansiyalarni shakllantirish davr talabidir. O’quvchilar ona tili faniga oid savodxonlikni oshirish bilan birgalikda ularda fanga oid bilimlarni rivojlantirish, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni yuksak salohiyatga ega bo’lishiga ko’maklashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1.    Sh.Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.

  • 2.    Raxmatullaeva L.I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka. –T.: Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.

  • 3.    Qosimova Q. “2-sinflarda ona tili darslari”, T. “O‘qituvchi”, 1998 yil

  • 4.    Jumaev M.E., Yuldasheva M.Yu., Mingbaeva B.U., Mamatova G.A., Levkina M.F. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi O‘UM. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTUMOHM., 2017.

  • 5.    Ortiqov O. R. O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. – 2021. – T. 2. – №. 5. – S. 42-47.

  • 6.    Murodova M. M. BO’LAJAK BOSHLANG’ISH SINF O’QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. – 2022. – T. 3. – №. 1. – S. 90-97.

"Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ona tili faniga oid kompitensiyalarni shakllantirish

  • Sh. Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent -"O‘zbekiston" -2016. 488 B.
  • Raxmatullaeva L. I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka. -T.: Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.
  • Qosimova Q. "2-sinflarda ona tili darslari", T. "O‘qituvchi", 1998 yil.
  • Jumaev M. E., Yuldasheva M. Yu., Mingbaeva B. U., Mamatova G. A., Levkina M. F. Boshlang‘ich ta'lim fanlarini o‘qitish metodikasi O‘UM. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTUMOHM., 2017.
  • Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 5. - S. 42-47.
  • Murodova M. M. BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. - 2022. - T. 3. - №. 1. - S. 90-97.
Статья научная