O’quvcilarning yozma nutqi ustida ishlashda qiziqarli o’yinlardan foydalanish
Автор: Tilavova M., Erkinova N.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (98), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada oʻquvchilarning yozma nutqini oʻstirishda qiziqarli oʻyinlardan foydalanishning yoʻllari korsatib berilgan. Shuningdek, dars samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi bir qancha oʻyinlardan foydalanilgan.
Intellertual, taʼlim-tarbiya, maʼnaviy tarbiya, ijtimoiy faollik, didaktik oʻyin
Короткий адрес: https://sciup.org/140300536
IDR: 140300536
Текст научной статьи O’quvcilarning yozma nutqi ustida ishlashda qiziqarli o’yinlardan foydalanish
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017-2021-yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ning 4-yo’nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’lib, unda ”Jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan mustaqil fikrlaydigan,Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”ko’zda tutilgan.3
Ona tili dasturida “Takrorlash bo`limi mavjud bo`lib, 3-sinfda yil davomida o`tilganlarni takrorlash, bog`lanishli nutqni o`stirish bo`limi mavzusiga 29 soat berilgan.”Takrorlash” bo`limida ” So‘z va gap”, “ Matn va uning tuzilishi”, “ Matn va gap. So‘z yasovchi qo‘shimchalar”,” Ot so‘z turkumi “,”Sifat so‘z turkumi”,” Son so‘z turkumi”,” Fe’l so‘z turkumi”,” Gap va so‘z”,”Matn ustida ishlash “, “Gap bo‘laklari”, “Matn. Gap. Gap bo‘laklari” mavzulari dalanib, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi o’stiriladi.Quyida bir qancha grammatik o’yinlarni keltirib o’tamiz.
Xotira mashqi.
Boshlang’ich sinflarda yozuvda so’zning oxiridagi yoki o’rtasidagi harfni tashlab ketish hollari tez-tez uchraydi. Bu ko’plab o’qituvchilarni o’ylantiradigan muammo. Jumladan, har bir sinfni qabul qilib olganda o’quvchilardagi shu kamchilikni bartaraf etish maqsadida turli usullardan foydalanishadi. Shunday o’quvchilar borki, yozuvlari, harf unsurlarini yozishi talab darajasida bo’lsa-da, lekin harfni tashlab ketadi. Ulardagi muammoni bartaraf etish uchun, avvalo, kitob bilan ishlashga, ko’chiruv diktanti, mustaqil o’qish mashqlarini o’tkazishga e’tibor qaratish lozim. “Xotira mashqi” bu muammoni bartaraf etishda samarali usullardan biri.. Bunda o’quvchilarga 3-5 ta so’z yozilgan plakat ko’rsatiladi. 2 daqiqadan so’ng so’zlarning usti yopiladi. O’quvchi o’ylab, xotirlab, boyagi plakatdagi so’zlarni daftariga yozishi kerak. So’ng hamma o’quvchi yozib bo’lgach, plakatning usti ochiladi va bolalar unga qarab daftardagi so’zlarni tekshirishadilar. Bu o’quvchilarni diqqat-e’tiborli bo’lishga, harflarni tashlab ketmasdan xatosiz yozishga o’rgatadi. Sinfda buning uchun o’quvchilar alohida daftar tutishlari lozim.
Yil boshidanoq “Xotira mashqi” ni o’tkazib, o’quvchilardagi o’zgarishni kuzatib borish kerak. Sezilarli o’zgarishga erishgan o’quvchini rag’batlantirish lozim. Bundan tashqari “Yoddan yozish” mashqi ham samarali hisoblanadi. O’quvchilar buni qiziqish bilan bajarishadi va she’rni yodlaganda ham tinish belgilariga e’tiborli bo’lishadi. Natijada o’quvchilar o’zxatosini o’zi tushunib, keyinchalik uni takrorlamaslikka harakat qilishadi. Shuning uchun “Yoddan yozish” mashqida xatolarni tekshirish jarayonida o’quvchilarning o’zi amalga oshirsa, yaxshi natija beradi. Kitobdan ko’chirish paytida ham o’sha xatoni takrorlamaslikka harakat qiladi. Bu mashqlarni o’tkazishga ko’p emas, darsning 5 daqiqasi yetarli bo’ladi.
“Bu meniki”
1-sinfdan boshlab o’quvchilarni so’zlarni tahlil qilishga o’rgatib borish lozim, ya’ni analiz va sintez metodini bolalar yaxshi tushunishlari kerak. So’zlarni o’qiganda nechta tovush, nechta harf borligini turli o’yinlar orqali o’quvchilarga uqtirib borishga harakat qilaman. Buning uchun “Bu meniki” o’yinidan samarali foydalaniladi. Bunda o’qituvchi 1-guruhga 2 bo’ginliva 5 ta harfdan iborat so’zlarni aniqlashlarini topshirsa, 2-guruhga 3 bo’ginli 6 ta harfdan iborat so’zlarni topishni aytadi. O’qituvchi goh 3 bo’g’inli, goh 2 bo’g’inli so’zlarni aralashtirib aytadi.O’quvchilar o’zlariga tegishli bo’g’inli so’zlarni daftarlariga yozib borishadi. O’yin oxirida qaysi guruhda ko’p xatolar aniqlansa, o’sha guruh mag’lub hisoblanadi. Bundan tashqari, harf tashlab yozish muammosini bartaraf etish uchun so’zlarni to’g’ri o’qishga o’rgatish kerak. Diktant yozganda o’quvchining so’zlarni ichida takrorlab, shoshilmay yozishga undash lozim.
“Noto‘g‘ri jumla”
Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘quvchini suratni tasvirlab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlalarni topishlari lozim.O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib, o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlalarni topa bilish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yindan faqat ona tili darslariga emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarga ham foydalanish mumkin.
Demak,boshlang’ich sinflarda imloga oid darslarning ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Qosimova K va b. Ona tili o`qitish metodikasi.Toshkent.”Noshir”2009-y.
2. Ona tili va o’qish savodxonligi. Toshkent-2021
"Экономика и социум" №7(98) 2022
Список литературы O’quvcilarning yozma nutqi ustida ishlashda qiziqarli o’yinlardan foydalanish
- Qosimova K va b. Ona tili o'qitish metodikasi.Toshkent."Noshir"2009-y.
- Ona tili va o'qish savodxonligi. Toshkent-2021.