O‘zbekiston Respublikasida oila muhofazasi- konstitutsiyaviy tamoyil sifatida

Автор: Xusainova S.S.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-2 (95), 2022 года.

Бесплатный доступ

Jamiyatning asosiy va birlamchi bo‘g‘ini sifatida oila instituti va uning muhofazasining Konstitutsiyaviy asoslari ushbu maqolaning tadqiqot obektidir. Maqolada shuningdek, oila tushunchasining mazmun mohiyati, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu institutni mustahkamlash yo‘lida qilinayotgan salmoqli islohotlar ham atroflicha muhokama etiladi. Oila kategoriyasiga bo‘lgan milliy yondashuvining Konstitutsiyaviy asoslari tahlil etilib, xorijiy manbaalar tadqiq etiladi.

Oila, qarindoshlik, nikoh, onalik, bolalik

Короткий адрес: https://sciup.org/140292905

IDR: 140292905

Текст научной статьи O‘zbekiston Respublikasida oila muhofazasi- konstitutsiyaviy tamoyil sifatida

Bundan tashqari “ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga bo‘lgan majburiyatlari”, “farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi”, “onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi”, “voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga bo‘lgan majburiyatlari” ham Asosiy qonunimizning ushbu bobida belgilangan.

Oilani himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlanishi uning o‘zbek jamiyatidagi rolining muhimligini, davlatning uni qo‘llab-quvvatlash, muhofaza qilish va sifatli rivojlantirishdan manfaatdorligini ko‘rsatadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida oila institutining har tomonlama mustahkamlanishi yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018 yil 29-iyundagi qarori “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmonining qabul qilinishi, “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-810 sonli qarori, va shu qarorga ilova tarzida tasdiqlangan Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashg‘ulotlarni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham oila institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lida qadam bo‘ldi.

Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan milliy hamda ma’naviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida to‘planib qolgan, e’tibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qo‘yildi.

Oila muhofazasining xalqaro tajribadagi asoslariga qaraydigan bo‘lsak, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994 yildan e’tiboran har yili 15 may kunini Xalqaro oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilgani bejiz emas. Shuningdek, 1993-yildan buyon Vena, Qohira, Kopengagen, Pekin va dunyoning boshqa shaharlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanlar kun tartibiga oila masalasining maxsus kiritilishida ham katta ma’no bor. Umuman olganda, har yili belgilanayotgan va amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning barchasida oila va uning mustahkamligi muammosi umuminsoniy vazifa sifatida e’tirof etib kelinmoqda[2. b.21].

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila instituti mustahkamligi turli xil milliy omillarga ham asoslanganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Bunda, milliy xususiyatlardan kelib chiqib, oila tizimida keksa yoshlilarning maqomi va ularning muhofazasi ham mustahkamlangan. O‘zbekiston olib borayotgan siyosat har bir kishini, jumladan, mehnatga layoqatsizlar, yolg‘iz keksalarning ham to‘laqonli hayot kechirishini, iqtisodiy va siyosiy turmushda faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Bunday shaxslarning tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnat qilish, bilim olish, dam olish huquqlari alohida imtiyozlar belgilanishi bilan yanada kuchli himoya qilinadi.

Bir so‘z bilan aytganda, oila institutining Konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini ta’minlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan holda, davlatning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir.

Foydalanilgan manbaalar ro‘yxati:

  • 1.    Прохорова О.Г. Основы психологии семьи и семейного консультирования: Учебно – методическое пособие по курсу. Москва, 2005. – С. 15.

  • 2.    Оила ҳуқуқи. Дарслик /Муаллифлар жамоаси. Проф. О.И.Оқюловнинг умумий таҳрири остида. –Т.: ТДЮ нашриёти, 2016. 181 бет.

  • 3.    Антонов А. И. Социология семьи. – М.: Изд-во МГУ: Изд-во

    Международного университета бизнеса и управления, 1996. – С. 344.

  • 4.    Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 08.12.1992 й.

  • 5.    www.lex.uz

  • 6.     www.constitution.uz

    "Экономика и социум" №4(95) 2022

Список литературы O‘zbekiston Respublikasida oila muhofazasi- konstitutsiyaviy tamoyil sifatida

  • Прохорова О.Г. Основы психологии семьи и семейного консультирования: Учебно - методическое пособие по курсу. Москва, 2005. - С. 15.
  • EDN: QXOLUF
  • Оила ҳуқуқи. Дарслик /Муаллифлар жамоаси. Проф. О.И.Оқюловнинг умумий таҳрири остида. -Т.: ТДЮ нашриёти, 2016. 181 бет.
  • Антонов А. И. Социология семьи. - М.: Изд-во МГУ: Изд-во Международного университета бизнеса и управления, 1996. - С. 344.
  • Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 08.12.1992 й.
  • www.lex.uz.
  • www.constitution.uz.
Статья научная