Qashqadaryo viloyatidagi Turkman milliy madaniy markazi faoliyati

Автор: Karimova S.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 4-2 (95), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatidagi turkman milliy-madaniy markazi faoliyati va turkman millatining o`ziga xos jihatlari yoritilgan.

Milliy markaz, qashqadaryodagi turkmanlar,

Короткий адрес: https://sciup.org/140292875

IDR: 140292875

Текст научной статьи Qashqadaryo viloyatidagi Turkman milliy madaniy markazi faoliyati

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, har bir millat va elatning qonun oldida haqiqiy tengligini ta`minlash bilan birga ularning moddiy, ayniqsa, milliy- ma`naviy ehtiyojlarini to`la qondirish, erkin mehnat qilishlari, ma`lumot olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bu O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida huquqiy asoslab berilgan.[1] Ushbu moddada “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqorolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, din, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat`iy nazar, qonun oldida teng” ekanligi ta`kidlangan.

O`zbek xalqi azaldan mehmondo`st va bag`rikeng xalq bo`lgan. Yurtimizda turli millat vaqillarining ahillikda yashab kelayotganligi ham xalqimizning olijanobligiga misoldir. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: “O`zbekistonning eng yaxshi yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to`siq va sinovlarni o`z kuchi va irodasi bilan yengib o`tishga qodir, deb barilla aytishga to`la asos beradi”[2] Yurtimizda millatlararo munosabatning shakllanishi va rivojlanishiga 1992-yil 24-yanvarda Vazirlar mahkamasi qarori bilan “Baynalmilal Madaniyati Markazi”ning tashkil etilishi juda katta imkoniyatlar yaratdi.

2020-yil 24-aprel va 11-iyul kunlari Koson pedogogika kollejida tahsil olayotgan 157 nafar turkmanistonlik talablarning holidan xabar olindi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yurtiga qaytolmayotgan talaba yoshlarga ruhiy dalda berildi va zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Pandemiya tufayli yurtidan uzoqda, musofirchilikda qolgan yoshlarga qardoshlarcha mehr ko`rsatildi. Turkman milliy madaniy markazining tashabbusi bilan bayramlar, hamda o`zbek-turkman do`stligi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan sanalarga bag`ishlab yurtimizning ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan turkmanistonlik yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o`tkazilib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri sifatida 2020-yil 4-iyun kuni Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan 53 nafar turkmanistonlik talabalar bilan o`tkazilgan uchrashuvni misol keltirish mumkin. Uchrashuvda turkman va o`zbek kuy-qo`shiqlari raqslar ijro etildi, har ikkala xalq shoirlarining ijodidan she`rlar o`qildi. An`ana tusiga kirib borayotgan bunday tadbirlarni o`tkazish xalqlarimiz va davlatlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy integratsiyalashuviga katta hissa qo’shadi. 2020-yil 10-11 noyabr kunlari Mirishkor tumanining Chandir va Pomiq qishloqlari aholisi bilan “Yangi O`zbekiston-yangi dunyoqarash” mavzusida uchrashuvlar o`tkazildi. Bu qishloqlarning madaniyat markazlarida tuman mutasaddi xodimlari tomonidan tashkil qilingan tadbirlarda xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ko`rgazmalari taqdim etildi. Chandir qishlog`idagi tadbirlarda 240 kishi, Pomiq qishlog`idagi tadbirda 180 kishi ishtirok etdi. Tadbirlarda ishtirok etgan Chandir va Pomiq qishloqlari madaniyat markazlarining ijodiy jamoalari ijrosida qo`shiqlar va raqslar ijro etildi. 2020-yil 23-dekabr kuni Nishon tumanining ko`plab turkan millati vakillari istiqomat qiladigan Tallimarjon shahrida madaniyat uyi ochildi. Uning ochilish marosimida viloyatdagi barcha milliy-madaniy markaz vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda yurtimizdagi xalqlar do`stligi, o`zbek-turkman iliq munosabati masalalariga ham alohida urg`u berildi. Tadbir munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturida viloyatimizning “Alang” va “Sarvinoz” folklar guruhlari faol qatnashdilar.[5] Viloyatimizning Chandir qishlog`ida tug`ilib o`sgan Mirishkor tumani 31-maktab o`qigan va hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi Jumadurdi Akiyev tomonidan O`zbekiston Respublikasi qahramoni Abdulla Oripovning to`plam she`rlari turkman tiliga tarjima qilindi. Shoirning 80 yillik yubileyiga munosib hissa qo`shish maqsadida mazkur to`plamni nashr qilish bo`yicha amaliy yordam ko`rsatishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Turli millatlar o`rtasida o`zaro do`stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida 2020-yili Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Qarshi shahrida “Do`stlik uyi” binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda yashayotgan turli millatlar, shu jumladan, turkman millati vakillari vatanimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarga o`zining munosib hissasini qo`shmoqda. Barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, yagona maqsadimiz - mamlakatimizni va viloyatimizni yanada ravnaq toptirish yo`lida hamjihatlikda ertangi kunga qat`iy ishonch bilan harakat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  • 1.    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O`zbekiston, 2018. -B.29

  • 2.    Mirziyoyev Sh.M.”Erkin va farofon demokratk O`zbekiston davlatini birga quramiz” – T.: O`zbekiston, 2017-yil.-B. 488

  • 3.    Bozorova SH. Millatlararo totuvlik jamiyat boyligi. -”Qashqadaryo”

  • 4.    Bozorova SH. Hamjihatlik manzili. “Qashqadaryo” gazetasi, 2013. 26.

gazetasi, 2015.3.11.

"Экономика и социум" №4(95) 2022

Список литературы Qashqadaryo viloyatidagi Turkman milliy madaniy markazi faoliyati

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O'zbekiston, 2018. -B.29.
  • Mirziyoyev Sh.M."Erkin va farofon demokratk O'zbekiston davlatini birga quramiz" - T.: O'zbekiston, 2017-yil.-B. 488.
  • Bozorova SH. Millatlararo totuvlik jamiyat boyligi. -"Qashqadaryo" gazetasi, 2015.3.11.
  • Bozorova SH. Hamjihatlik manzili. "Qashqadaryo" gazetasi, 2013. 26. 11.
Статья научная