Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida tabiiy komponentlar - tog’ jinslari va relyefning o’rni

Автор: Khasanov P.A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-1 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Qashqadaryo viloyati geologik rivojlanish tarixiy taraqqiyotining qanday kechganligi, hozirgi kundagi shakllangan relyef tuzilishi jihatdan qanday jarayonlarni boshdan kechirganligini, viloyat miqyosidagi holati haqida keltirib o’tilgan. Geologik davrlarning bosqichlaridagi evolutsiyasi O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi va O’zbekiston tabiiy geografiyasi geologik taraqqiyoti bilan hamohang rivojlangan. Tog’ burmalanishlar davrida paydo bo’lgan tog’lar va ularning nurash ta’sirida energiyaning boshqa funksional ta’sirlarga ko’chishi haqida yoritib o’tilgan va landshaftlarning hozirgi kundagi holati haqida fikr borgan. Nurash jinslarining qalinligi qaysi hududda qanday yotadi hamda ularning qalinligi, cho’kindi jinslarning xususiyatlari yoritib o’tilgan.

Еще

Relyef, geologiya, nurash, nurash qalinligi, tub jinslar, geologik taraqqiyot davrlari, yotqiziqlar, cho'kindi jinslar

Короткий адрес: https://sciup.org/140292727

IDR: 140292727

Текст научной статьи Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida tabiiy komponentlar - tog’ jinslari va relyefning o’rni

Kirish. Qashqadaryo viloyati hududi Oʼrta Osiyoning tekislik va togʼli qismlari tarkibida murakkab paleogeografik taraqqiyotni bosib o’tgan. Geomorfologiyasi, geologiyasi ka’bi tabiiy komponentlar landshaftlarning morfologik holatini kelib chiqishida birlamchi komponentlar sanaladi. Ayniqsa antropogen ta’sir evaziga balandlik mintaqalaridagi geoekologik vaziyatning kelib chiqishi, ushbu vaziyatni chuqurroq o’rganishni, aniqlashni taqozo etmoqda. Geologik davrlar davomida tog’ jinsi, relyef, iqlim, o’simlik va hayvonot olami, mikroorganizimlar shakllangan. Antropogen landshaftlarning ko’lami ortib borarkan geoekologik monitoring ko’lami ham kengayishi zarur. Bu esa tabiiy komponentlarning ma’lum vaqt davomida o’zgarishga uchrashi va komponentlar orasidagi o’zaro aloqalarini tasniflash avvalo landshaftlar qobig’ining “markaziy o’qi”dan boshlanishi lozim, ammo geoxronologik davrlarda yerning ichki kuchlarining ham taraqqiyoti ya’ni tog’ jinslari ham relyefni o’zgartirib gohida asosiy birlamchi komponentga aylanadi.

Qashqadaryo viloyati hududining geomorfologik, geologik o’tmishining bugungi kunda inson tomonidan qulay muhit yaratishga asoslangan antropogen ta’sir ko’lamini va geoekologik holatlarning sabablari ko’rib chiqilishi zarur hisoblanadi. Hududning balandlik mintaqalarida geoekologik vaziyatning tarqalishi geomorfologik, geologik jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan qanday yotqiziqlar joylashganligi hamda antropogen ta’sirning oshishi hisobiga tabiatdan oqilona munosabat shaklida olib borish kerakliligi haqida yoritish, tog’ jinslarining landshaft hosil bo’lishidagi ishtirokini aniqlash kerak.

Asosiy qism. Qashqadaryo viloyati hududining katta qismi Qashqadaryo tektonik botig‘ida joylashgan hududdir, botiq Oloy – Hisor tog‘ tizimining sharqiy tizmalarini hosil qiladigan Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalariga mansub tog‘lar bilan o‘ralgan. Genetik jihatdan janubiy Tyanshan tog’liklaridan biri Hisor Qashqadaryo tektonik botig‘i g‘arbda ochiq yarim halqasimon shaklda Qarshi, Nishon, Malik, Qarnob ka’bi cho‘llari bilan tutashgan. Havzani o’rgangan olimlardan geomorfologik jihatdan O.Y.Poslavskaya (1959) uchta asosiy mintaqaga ajratadi:

1) tog‘, 2) tog‘ oldi va past tog’lar, 3) tekislik mintaqasi .

Olima tog’ mintaqasi sifatida Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub bo‘lgan o‘rtacha baland va baland tog‘larni o‘z ichiga olgan tog’liklarni kiritgan. Bu tizmalar geologik tuzilishining xususiyatlari va neotektonik harakatlarning tabaqalashuvi ularning relyefining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Relyefining strukturaviy, denudatsion va akkumulyativ shakllari mavjud bo‘lgan turli xillari tarqalgan. Ushbu tog’larda parchalanish chuqurligi o’rtacha 600 m gacha yetadi. M. Abdujabborov ma‘lumotlariga ko‘ra vertikal parchalanishning chuqurligi Qoratepa tog‘larining g‘arbida 300 m, sharqiy qismida 600 – 700 m, Chaqilkalon tog‘larida 700 – 1100 m ni tashkil etadi. Zarafshon tizmasining Jom botig‘idan g‘arbdagi eng chekka qismini Ziyovuddin – Zirabuloq tog‘lari hosil qiladi. Bu tog‘lardagi Zindontog‘ (1116 m) eng baland tog‘dir. Ziyovuddin – Zirabuloq tog‘lari past tog‘lar toifasiga mansub bo‘lib, vertikal parchalanish chuqurligi Ziyovuddin tog‘larida 100 – 200 m, Zirabuloq tog‘larida esa 150 - 300 m (Abdujabborov, 1986).

Qashqadaryo viloyati hududini juda ko’p vaqt davomida dengiz qoplab yotgan hamda vaqti – vaqti bilan chekingan. Hozirgi ko’rinishdagi landshaftlarning shakllanishi esa neogen va to‘rtlamchi davrlarning kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan adirlar sohilbo‘yi jarayonlarining hosilasidir. Chunki ular hozirgi Kitob – Shahrisabz tektonik botig‘i o‘rnidagi dengizning sharqiy qirg‘oqlarning yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan jinslardan tuzilgan. Adirlar paleogen, neogen va to‘rtlamchi davrlarning jinslaridan tuzilgan bo‘lib, Qashqadaryo havzasining ichki va g‘arbiy tekislik qismini o‘rab turadi. Adirlar joylanishiga ko‘ra Qoratepa, Miroqi, Yakkabog‘ adirlariga ajratiladi (Mamatov, 1994). Litologik tarkibiga ko‘ra, bu adirlar bir – biridan keskin farq qiladi. Tog’ jinslarining har hil omillar ta’sirida parchalanishi va migratsiyasi turli davrlarda turlicha kechgan. Xususan ma’lum bir hududning iqlimi bunda ishtiroki yuqori potensiallikka egadir. Tabiiy omillar harakat jarayoni ushbu dinamik kuchni “yurg’izgan”.

Binobarin, tekislik mintaqasi Qashqadaryo havzasining katta g‘arbiy qismini o‘z ichiga olib, akkumulyatsiyaning hosilaviy hududidir. Mintaqaning asosiy qismi Qarshi cho‘lining qiya tekisligi bilan band. Aslida Qarshi qiya tekisligi Qizilqum cho‘lining janubi – sharqiy chekkasi hisoblanib, deflatsion kuchlar ta’siri ham mavjud. Tektonik jihatdan cho’kish oblastida joylashgan Qarshi cho‘lining qiya tekisliklari to‘rtlamchi davrning qalin prolyuvial, prolyuvial – allyuvial, allyuvial va delyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Ushbu yotqiziqlar ikki fatsiyadan iborat, qadimiy fatsiya tog‘oldi tekisliklari va daryo vodiylarida tarqalgan. Yoshroq fatsiya qalinligi 30 m gacha yetadigan lyosslar va lyosli suglinkalardan iborat hamda tog‘ oldi qiya tekisliklarida va yuqori yuqori terrasalarda tarqalgan. Qarshi cho‘lining Ko‘kdala tog’ oldi tekisligida lyosslar ayniqsa keng tarqalgan.

Qarshi shahridan shimolda va shimoli g‘arbda uzoq geologik o‘tmishda sharqdan g‘arbga cho‘zilgan tog‘ tizmasining qoldiqlari sifatida bir–biridan ajralib turadigan «orol» ko‘rinishidagi burmalangan (gumbazsimon) qoldiq tog‘lar - Qo‘ng‘irtov, Kosontov, Maymanoqtov, Oloviddintov va boshqa qirlar joylashgan. Bu qadimiy qoldiq tog‘lar Qarshi cho‘lining sharqiy qismini ikki qismga ajratib turadi. Qoldiq tog’larning tarkibi ohaktosh, mergel, dolomit va boshqa jinslardan tashkil topgan. Landshafti cho’lga xos bo’lgan landshaftdan iborat. Tekislik hududining antropogen ta’sirga uchrashi cho’l landshaftini o’zgartirgan. Asosan bir paytlar cho’l hududdagi bu dashtlar ekin maydoni sifatida qariyb ellik yildan ortiq xizmat qilib kelayotgan bo’lsada, ba’zi joylarning landshafti muqaddam bo’lgan landshaftga yaqin ko’rinishga kelib qolmoqda. Buning boisi esa inson tomonidan olib borilgan bir yoqlama qarash va noto’g’ri foydalanish ka’bilar hisoblanadi.

Platosimon relyef shakllarini vujudga kelishi yotiq holda mavjud bo‘lgan ohaktosh, qumtosh, konglomeratlarning eroziyaga berilishiga bog‘liq.

Qarshi cho‘lining janubi – sharqiy qismi Nishon cho‘li bilan band. Bu cho‘lning yuza tuzilishi uchun tekisliklar va ular orasidagi platosimon balandliklar xos. Platosimon qirlar orasida eng balandlari Do‘ltalitov, va Qoraqirdir. Qoraqirning yuzasi suv eroziyasi tufayli kuchli parchalangan va uning jarlar bilan kuchli parchalangan qismini sharqda Saksondara hosil qiladi.

Qarshi cho‘lining janubi – g‘arbida Sandiqli cho‘li joylashgan. Bu qumli cho‘lning yuzasi qator – qator qum tepalari va marzalardan iborat. Bundan tashqari, bu yerda ko‘chma qumlar va taqirlar ham uchraydi.

Lyossli jinslar bilan qoplangan yassi yuzalar qumtepa marjonlari katta – katta ko‘chma qumli massivlar bilan almashinib turishi ham Qarshi cho‘li relyefi uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir. Ko‘pgina hollarda xilma – xil relyef tiplari o‘zaro tutash yoki bir – biri bilan aralash holda tarqalgan. Qumli yuzalar orasida Xo‘jamuborak, Oqqum, Deyqum, Shokircha, Gulbodom, Suxta, Pomuq, Chodirliqum, Darvozaqum yirikroq qumli maydonlardir. Tekislikning chekka g‘arbiy qismi ham buzuvchi (deflyatsiya), ham vujudga keltiruvchi (eol akkumlyutsiyasi) kuchga ega bo‘lgan eol jarayonlari ustuvorlik qiladigan maydonlardir. Taqir hamda sho‘rxoq hosil bo‘lishi jarayonlari uncha katta ahamiyatga ega emas.

O‘zlashtirilayotgan va sug‘orilayotgan hududlarda relyef hosil qiluvchi jarayonlarning sajiyasi ham o‘zgargan. Ariqlar va kanallar hamda zovurlar yaqinidagi maydonlarda jarlarning rivojlanish jarayonlari sug‘orish eroziyasining faolligi bilan bevosita bog‘liq. Sug‘oriladigan maydonlarda sug‘orish eroziyasi, qayta sho‘rlanish botqoqlanish, shamol eroziyasi kabi dehqonchilik nomaqbul jarayonlarning kuchayotganligi kuzatilmoqda. Tekislik relyefida o‘tmish tarixiy davrlarda inson tomonidan barpo etilgan tepaliklarning tez – tez uchrashi ham relyefning muhim belgilaridandir. Landshaftlarga bu tahlit o’zgarishlarning qilinishi o’z “natijasi”ni bermoqda. Geologik yotqiziqlarning nurash, eroziya, deflyatsiya ka’bi ta’sirida parchalanishi, tashilishi va yotqizilishi geomorfologik ko’rinishda aks etgan. Bu jarayon esa landshaft komponentlarining taraqqiyoti, dinamikasi va omillariga bevosita a’loqadordir.

1-rasm. Qashqadaryo viloyatining GIS asosida olingan relyef surati.

Umuman landshaftlarda turli holatlarning bo`lishi haqidagi fikrlarni landshaftshunostlikka asos solgan olimlarniig dastlabki yillarda yuzaga kelgan ilmiy ishlarida ham uchratishimiz mumkin. Masalan, L.S.Berg landshaftda bo`ladigan o`zgarishlarning ikki hili mavjudligini ko`rsatib o`tadi: takrorlanadigan va takrorlanmaydigan . Takrorlanadigan o`zgarishlarga asosan fasllar almashinishi bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlarni kiritadi. Bunday o`zgarishlar landshaftda mavjud bo`lgan ichki tartibda aytarlik biror yangilik kirita olmaydi. Takrorlanadigan o`zgarishlarga halokatli tavsifdagi zilzila, katta yong`inlar, dovul, suv toshqini ka’bi o`zgarishlarni ham qo`shadi. Chunki landshaftlar bunday o`zgarishdan keyin yana oldingi holatiga qaytishga harakat qiladi degan edi.

Xulosa qilib aytganda, Qashqadaryo viloyati hududining geologik, geomorfologik genezisi landshaft komponentlarning aks etishida namoyon bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Статья научная