“Qoraqalpoq-Agro” erkin iqtisodiy zonasining iqtisodiy-geografik xususiyatlari
Автор: Amanov A.K., Atayeva N.P., Sherbeva Z.E., Kutlimuradova Sh.A.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12-1 (91), 2021 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada Qoraqalpoqiston Respublikasida tashkil qilingan “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zona(keyingi o’rinlarda EIZ)si va uning iqtisodiy-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Keyingi yillarda Qoraqalpoqiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb qilayotgan “Nukus” EIZning shakllanishi va rivojlanishida, uning iqtisodiy geografik o‘rnidagi o‘ziga xosliklar, qulay tabiiy sharoit, mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim iste’mol bozorlari yaqinligining ahamiyati haqida ko’plab fikrlar yuritilgan. Mazkur maqola orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.11.2020 yildagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan “Qoraqalpoq-agro” EIZ haqida fikr yuritiladi. Jumladan, ushbu EIZ haqidagi mavjud ma’lumotlar tizimli tahlillashtirildi va kartografik tadqiqot usullari yordamida esa, uning geografik joylashuvini batafsil yorilib berishga harakat qilindi. Shunungdek, Qoraqalpoqiston Respublikasidagi tashkil qilingan va yangidan bunyod qilinishi lozim bo’lgan EIZlar jozibadorligini yanada oshirish, hamda mintaqaning ulkan iqtisodiy salohiyatlaridan to’la foydalanish o’z natijalarini berishi ta’kidlab o’tilgan.
Erkin iqtisodiy zona, agro-iqtisodiy zona, investitsiya, soliq va bojxona imtiyozlari, moderinizatsiya, divervikatsiya, eksport
Короткий адрес: https://sciup.org/140289045
IDR: 140289045
Текст научной статьи “Qoraqalpoq-Agro” erkin iqtisodiy zonasining iqtisodiy-geografik xususiyatlari
KIRISH . Maqolada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.11.2020 yildagi "2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Qoraqalpoq-agro” EIZsining iqtisodiy-geografik xususiyatlari, jumladan, iqtisodiy geografik o‘rnidagi o‘ziga xosliklar, qulay tabiiy sharoit, qishloq xo’jaligi sohasidagi mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim ichki va tashqi iste’mol bozorlari haqida fikr yuritiladi.
TADQIQOT USULLARI. “Qoraqalpoq-agro” EIZsining iqtisodiy-geografik xususiyatlari to’la ochib berishda tizimli tahlil va kartografik tadqiqot usullari foydalanildi, hamda mazkur agro-iqtisodiy zona filiallarining Qoraqalpoqiston Respublikasi bo’yicha joylashuvi, iqtisodiy-geografik imkoniyatlari tasvirlab berildi.
NATIJALAR VA MUNOZARA. Qoraqalpog’iston Respublikasida turli ko’rinishdagi EIZ tashkil qilishdan asosiy maqsad mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bilan birga, ularni turmish tarzini yuksaltirishdir. Buning uchun EIZ tashkil qilinayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
EIZlar mamlakatimizning qaysi mintaqasida tashkil qilinishiga qaramasdan xorijiy va mahalliy investitsiyalar asosida shakllantiriladi va o’z navbatida soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo’ladi. Ushbu iqtisodiy hududlardan:
-
- ishlab chiqarish jarayoni moderinizatsiyalash ya’ni zamonaviy xom-ashyodan to’la foydalanuvchi kam sarfli tejamkor texnologiyalarni joriy qilish;
-
- shu bilan birga korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlarni turini ko’paytirish bir so’z bilan aytganda divervikatsiyalash;
-
- shuningdek import o’rni bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish;
-xorijiy mamlakatlarga yetishtirilgan sanoat va qishloq xo’ jaligi mahsulotlarni import qilish orqali mamlakat tashqi savdo aylanmasida ijobiy natijalar bilan ishtirok qilish talab qilinadi.
1-jadval
Qoraqalpog’iston Respublikasida tashkil qilingan EIZlar
T/r |
EIZ nomi |
Umumiy maydoni |
EIZ filiallarining soni |
EIZ tashkil qilingan sana |
1. |
“Nukus” EIZ |
262.29 ga |
3 ta |
2019-yil 4-sentyabr |
2. |
“Qora qalpoq-agro” EIZ |
875,4 ga |
12 ta |
2020-yil 11-noyabr |
Jadval mualliflar tomonidan tuzildi .
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 yildagi «Qoraqalpoq-agro» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 89-son qarori qabul qilindi. “Qoraqalpoq-agro” EIZ faoliyatini boshqarish «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasiga yuklatildi [5].
Avvalambor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida EIZ tashkil qilinishi haqida fikr yuritib o’tamiz, bu boradagi ilk qadamlar mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan, ammo mamlakatmiz iqtisodiyotda bu yo’nalishdagi tajribaga ega emasliklar, yo’l qo’yilgan sustkashliklar sababli 1997 yilda faoliyat boshlashi kerak bo’lgan iqtisodiy zona rejaligicha qolib ketdi.
Hozirda “Nukus” EIZ deb yuritilayotgan iqtisodiy hudud, dastlab rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning qarorlari bilan respublikaning Nukus tumanida «Nukus-farm» EIZ nomi bilan tashkil qilingan.
«Nukus-farm» EIZsining rezidentlari yer solig`i, daromad solig`i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i, mikrofirma va kichik korxonalarning yagona soliq to`lovi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi yo`l hamda ta`lim va tibbiyot muassalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg`armalariga majburiy to`lovlaridan jalb etgan investitsiyalar hajmlari asosida belgilangan muddatlarga ozod etilgan [4].
Keyinchalik 2019 yilga kelib mazkur iqtisodiy zona “Nukus” EIZsiga aylatirildi va Tortko’l, Kegeyli va Nukus tumanlarida yangi filiallari tashkil qilindi.
2021 yildan yuqorida ta’kidlaganimizdek “Qoraqalpoq-agro” EIZ faoliyatini boshqaruvi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatildi.

1-rasm. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidagi EIZlar karta sxemasi.[3].
“Qoraqalpoq-agro” EIZsining iqtisodiy-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritadigan bo’lsak, avvalambor hududning tabiiy geografik o’rni va qulay tabiiy sharoit haqida to’xtalib o’tishimiz lozim. Uhbu EIZ joylashgan Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekistonning shimoli-g’arbiy qismida, mo’tadil iqlimning keskin kontenental tipi shakllangan hududda joylashgan. Iqlimdagi keskinlikni yozgi (+45oC +47oC) va qishgi (-33oC -37oC) havo haroratidagi tafovutlar orqali ham bilish mumkin, shu bilan birga namlik miqdori bor-yog’i 80-120 mm atrofida, o’z navbatida vegitatsiya davri 190-210 kun. Bu esa hududda, garchand ba’zi issiqsevar (subtropik o’lkalardagi sitirus mevalar kabi) o’simliklarni yetishtirishni imkonini bermasada, ammo o’ziga yarasha iqtisodiyotning turli sohalari uchun xom-ashyo yetkazib beruvchi ko’pgina o’simliklar va ekin turlari o’sib rivojlanishi sharoit yaratib beradi.
“Qoraqalpoq-agro” EIZsining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga hududda mavjud infratuzilma, arzon ishchi kuchi, hamda muhim iste’mol bozorlari yaqinligining ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Darhaqiqat Qoraqalpog’istonda qishloq xo’ jaligini rivoji uchun zarur bo’lgan infratuzilma, shumladan qishloq xo’jaligi mashinalari va traktorlari bilan ta’minganlik darajasi, irrigatsiya inshotlari mavjudligi va transport qulayligi alohida ahamiyatga ega.
Mintaqa mehnat resurslari bozoriga har yili 20-30 ming kishi atrofida ishchi kuchining qo’shilishini hisobga olsak, “Qoraqalpoq-agro” EIZsi uchun zarur bo’lgan mehnat resurslarni ushbu arzon ishchi kuchi evaziga to’ldirib boorish imkonini yaratadi. Bu o’z navbatida aholining bandligini ta’minlaydi va ularning turmish darajasini yuksalishiga sabab bo’ladi.
Ayni paytda muhim tashqi va ichki iste’mol bozorlari yaqinligi “Qoraqalpoq-agro” EIZsida yetishtirilgan mahsulotlarni (sabzavot va poliz ekinlari, qayta ishlanga va qadoqlangan tayyor holda) tez va sifatli yetkazib berish imkonini beradi. Yuqoridagi imkoniytalardan unimli foydalanish mazkur EIZ rivojlanishining asosi bo’lib sanaladi. Shuningdek “Qoraqalpoq-agro” EIZsining shakllantirish va rivojlantirishda xorijiy va mahalliy investitsiyalardan o’z o’rnida foydalanish katta ahamiyat kasb qiladi.
Shu o’rinda Qoraqalpog`iston Respublikasida investitsiyalarni jalb etish uchun qo’yidagi ustuvor tarmoqlarni aytib o’tish lozim:
Yuqoridagi sohalarni rivojini ta’minlash borasida xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilishning yo’llarini izlab toppish asosiy vazifa qilib belgilangan edi.
Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilishning yana bir muhim yo’li, qulay tabiiy sharoit va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lgan hududlarda, ancha jozibadorlikka ega EIZlarni tashkil qilishdir.[1]
Darhaqiqat Qoraqalpog’iston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mazkur mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va mintaqa aholisi daromadlarini oshirish maqsadaida “Qoraqalpoq-agro” EIZ tashkil qilindi.
Quyidagilar «Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:
-
- zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini, jumladan gidroponika texnologiyalarini qo‘llagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
-
- hududning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularni chuqur qayta ishlashni kengaytirish va eksport hajmini oshirish;
-
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urug‘dan to mahsulotni bozorga etkazib berishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonini tashkil etishni rag‘batlantirish;
-
- ko‘chatzorlar, shuningdek birlamchi urug‘chilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xo‘jaliklarini bozor talabi katta, yuqori hosildorlik xususiyatiga ega qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ va ko‘chatlari bilan ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
-
- logistika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sub’ektlariga ular tomonidan etishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko‘maklashish;
issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanishni keng joriy etish;
-
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish [5].
Mazkur EIZning tashkil qilinishi mintaqa qishloq xo’ jaligi rivojida o’ziga xos yo’nalish ochiq beradi va aholini bandlik darajasini ta’minlaydi hamda qishloq xo’ jaligi mahsulotlarini chet ellarga ekportini ta’minlaydi, shuningdek, aholi turmush darajasini o’sishiga va iqtisodiyotni yuksalishiga mezon bo’ladi [1].
Darhaqiqat ushbu yuqoridagi vazifalar to’laligacha bajarilsa “Qoraqalpoq-agro” EIZsi mintaqaning ma’lum darajada iqtisodiy rivojlanishiga, aholining bandligini ta’minlashga va ularning turmush tarzining yukaslishiga olib keladi
XULOSA. Xulosa o’rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan “Qoraqalpoq-agro” EIZsi jozibadorligini yanada oshirish bilan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni yanada ko’proq miqdorda jalb qilish erishish, hamda mintaqaning ulkan iqtisodiy salohiyatlaridan to’la foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu o’rinda:
-
- mintaqaning agroiqlimiy sharoitidan kelib chiqqan holda jahon iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan ko’p miqdorda foyda keltiruvchi ekin turlarni yetishtirishi joriy qilish;
-
- tashqi va ichki bozor uchun yil davomida zarur bo’ladigan sabzavot poliz ekinlarini doyimiy ravshda yetishtirishni tashkil qilish;
-
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda bog’dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish va tayyor xom-ashyoni jahon andozalari darajasida qadoqlash va chuqur qayta ishlash;
-
- bunyod qilingan bog’zorlar, uzumzorlar va issiqxonalarga yaqin joylarda agroturistik markazlarni yuqori darajadagi infratuzilma bilan tashkil qilish ahamiyatli hisoblanadi.
Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi EIZlarni tashkil qilish takliflarni berish ham o’rinlidir, xususan, “Aqchako’l-Ayozqal’a-Amudaryo” turistik EIZ va “Qoraqalpoq-servis” EIZlarni, mos ravishda Ellikqal’a va Qong’irot tumanlarida bunyod qilish bu yerdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
-
1. Amanov A.K. Қуйи Амударё иқтисодий районидаги эркин иқтисодий зоналарнинг минтақа иқтисодиётнинг ривожланишидаги ўрни.
-
2. Amanov A.K. O’zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalarning maktab geografiya darsliklarida o’rganish masalalari . Sciense and education Jurnali 8-son 2020.
-
3. Amanov A.K. Қуйи Амударё иқтисодий районидаги эркин иқтисодий зоналарнинг минтақа иқтисодиётнинг ривожланишидаги ўрни . “Замонавий географик тадқиқотларда ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ва инновацион ривожланиши, табиатдан оқилона фойдаланиш ва туризм масалалари мавзуидаги Халқаро илмий-амалий конференция” Қорақалпоғистон давлат университети. Нукус 26-27 октабр 2021.
-
4. Sariev Q.R. “Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`zaro hamkorlikni o`rnatish mexanizmi” mavzusidagi seminar-treningdagi ma’ruzasi. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi “Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`zaro hamkorlikni o`rnatish mexanizmi” mavzusidagi seminar-trening. Nukus 2018.
-
5. Lex.uz
"Экономика и социум" №12(91) 2021
“Замонавий географик тадқиқотларда ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ва инновацион ривожланиши, табиатдан оқилона фойдаланиш ва туризм масалалари мавзуидаги Халқаро илмий-амалий конференция” Қорақалпоғистон давлат университети. Нукус 26-27 октабр 2021
Список литературы “Qoraqalpoq-Agro” erkin iqtisodiy zonasining iqtisodiy-geografik xususiyatlari
- Amanov A.K. Қуйи Амударё иқтисодий районидаги эркин иқтисодий зоналарнинг минтақа иқтисодиётнинг ривожланишидаги ўрни. "Замонавий географик тадқиқотларда ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ва инновацион ривожланиши, табиатдан оқилона фойдаланиш ва туризм масалалари мавзуидаги Халқаро илмий-амалий конференция" Қорақалпоғистон давлат университети. Нукус 26-27 октабр 2021
- Amanov A.K. O’zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalarning maktab geografiya darsliklarida o’rganish masalalari. Sciense and education Jurnali 8-son 2020.
- Amanov A.K. Қуйи Амударё иқтисодий районидаги эркин иқтисодий зоналарнинг минтақа иқтисодиётнинг ривожланишидаги ўрни. “Замонавий географик тадқиқотларда ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ва инновацион ривожланиши, табиатдан оқилона фойдаланиш ва туризм масалалари мавзуидаги Халқаро илмий-амалий конференция” Қорақалпоғистон давлат университети. Нукус 26-27 октабр 2021.
- Sariev Q.R. “Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`zaro hamkorlikni o`rnatish mexanizmi” mavzusidagi seminar-treningdagi ma’ruzasi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi “Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki hamda kichik va o`rta biznes sub`ektlari o`zaro hamkorlikni o`rnatish mexanizmi” mavzusidagi seminar-trening. Nukus 2018.
- Lex.uz