Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasining o`ziga xos xususiyatlari
Автор: Muxammedova N.J., Kuvvatova D.B., Nurova M.A., Ismoilov U.B.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqola Navoiy viloyatida barpo etilgan Erkin iqtisodiy zonaga bag`ishlangan bo`lib, uning iqtisodiy samaradorligi ochib berigan. Shu bilan birga ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va qiymatiga alohida e`tibor qaratilgan. Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi ishlab chiqargan mahsulotlarning Jahon bozoridagi mavqei va eksport salohiyati atroflicha yoritilgan. Shuningdek uning hududiy keng xususiyatlariga ahamiyat berilgan.
Erkin iqtisodiy zona, eksport, sanoat mahsuloti, qo'shma korxona
Короткий адрес: https://sciup.org/140292774
IDR: 140292774
Текст научной статьи Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasining o`ziga xos xususiyatlari
Navoiy viloyati tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari qulay bo`lgan hudud hisoblanib, sanoat jadal rivojlanib borayotgan mintaqa sanaladi. Ma`lumotlarga ko`ra hudud aholisi 2021 yilda 1,01 ming kishidan oshgan. Aholining 440,9 ming kishiga yaqini mehnatga bandlar tashkil etib, u 48,89 % urbanizatsiya darajasiga ega. Aholining 171,1 foizi ayollar, 173,7 foizi erkaklarni tashkil etadi.
Respublikamizda ilk bor 2008 yil 2-dekabrda Erkin iqtisodiy zonaning Navoiy viloyatida tashkil etilishi, hududning iqtisodiy qulayligidan dalolat beradi. Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi Karmana tumanining 645 gektar hududda joylashgan bo`lib, u Xalqaro aeroport, xalqaro temiryo`l va avtomobil magistral yo`li infrastrukturasida joylashgan.
Respulikamizda erkin iqtisodiy zonalar bilan hamohang maxsus iqtisodiy zonalar ham shakllantirilishi qator siyosiy nizom, farmon va qonunlarda aks ettirildi. O`zbekiston Respublikasining Maxsus iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi Qonunning 1-bob 3-moddasida maxsus iqtisodiy zonaga - tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni yuqori texnolologiyalar hamda boshqaruv jalb etish maqsadida maxsus ajratiljan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo`lgan hudud – deb ta’rif berilgan.
Yuqorida berilgan har ikkala ta’rifiga ko`ra erkin iqtisodiy zona yoki maxsus iqtisodiy zonalar tashkil qilingan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali yuqori texnologiyali raqobatbardosh ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bilan eksportbop va import o`rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish asosida, mazkur mintaqalardagi aholini ish bilan ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yuksaltirish imkonini beradigan alohida huquqiy rejimga ega bo`ladigan chegarali hudud hisoblanadi.
O`zbekistonning yangi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish, kichik va o`rta biznesni rivojlanayotganligi, mamlakatimizda sanoatning hududiy tashkil etilishini erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zonasi kabi yangi shakllari vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. Bular “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Xazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida 62 ta loyiha amalga oshirilgan. Farmasevtika sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm”, “Parkent-farm” kabi 7 ta yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo`yicha izchil ishlar olib borilgan. Buning natijasida ko`plab kimyo-laboratoriyalar faoliyati natijasida ko`plab tabiiy farm mahsulotlarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Hozirgi kunda “Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi”da Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy xalq respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Singapur va Rossiya davlatlari bilan istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Telekom
Innovations” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo`shma korxonasi (Singapur, Xitoy), “TV tyunerlar, ADSL modemlar va Home Gate way” qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot, “UzEraeCabel” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo`shma korxonasi (Koreya respublikasi), “Avtomobillar uchun kabel va akkumulyator jgutlarini ishlab chiqaruvchi”, “UzEraeAlternator” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo`shma korxonasi (Koreya respublikasi), “Avtomobillar uchun generator va compressor” ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqa.
Shu bilan birga korxonalarda tayyorlanayotgan yuqori kuchlanishga chidamli kabel similar ”National Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo`shma korxonasi Italiya hamkorligida ishlab chiqariladi. ”GREN LINE” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo`shma korxonasida alyumin profil va alyumin mahsulotlari hamda O`zbekiston - Janubiy Koreya qo`shma korxonasida esa avtomobillar uchun yuqori bosimli gazballonlar, emal simlar, statyor, rotor, dori-darmonlar, mobil telefonlar, noutbuk, smartfon va boshqa elektrotexnika mahsulotlari, tibbiy buyumlar, mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, kimyo va neft kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Shuningdek, qurilish ishlari va gipsakartonlarni montaj qilishda qo`llaniladigan turli ashyolar, polipropilin quvurlar hamda ularni ulashda foydalaniladigan qismlar, tpansport vositalari uchun tormoz qismlari, quyosh issiqlik panellari, tikuv mashinalari, maishiy texnika jihozlari, gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Yuqorida ishlab chiqarilgan mahsulotlar MDH davlatlari, Ukraina, Polsha, Chexiya, Germaniya, Kanada, AQSh va boshqa xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.
Ma`lumotlariga ko`ra Navoiy Erkin iqtisodiy zonasida 2009-2016 yillarda 22 ta loyiha amalga oshirilgan bo`lib, 124 mln. AQSh dollari miqdorida foyda ko`rgan. Bu holat o`sha davrda korxonalar sonining qisqaligi bilan izohlanadi. 2017-2018 yillarda MDH va jahon mamalkatlarining sohalarga kiritgan investitsiyalari natijasida 35 ta loyiha amalga oshirildi hamda buning natijasi yuqori ko`rsatkichga ega bo`ldi.
2020-2021 yillarda esa ushbu davr ichida erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilgan lohihalar sonining yana 12 taga ko`payganligi bu ishlab chiqarish hajmining oshganligidan dalolat beradi. 2020-2022 yillarda loyihalar sonining jadal ortishi va o`z navbatida korxonalar kelajak istiqboli ko`rsatkichlarini oshishiga sabab bo`ladi. Shu bilan birga hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar muhim sanalib hududlarda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy zonalrning optimallashishini taqozo etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yilda Navoiy viloyatidagi tashrifi munosabati bilan hudud to`liq erkin iqtisodiy zonaga aylantirilishi e`tirof etildi. Bunga binoan “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 15.05.2019 yil 5719-sonli Prezident Farmoni e`lon berildi.
Ushbu farmon 2030 yil 1-yanvarga qadar, keyinchalik belgilangan tartibda muddatini uzayturish imkoniyati bilan quyidagilarni o`z ichiga oladi: Navoiy viloyati ishlab chiqarish salohiyatidan kompleks, samarali foydalanish, hududda yirik logistika markazini yaratish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va Navoiy erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi bo`lgan korxonalarga Yer, daromad, yuridik shaxslarning mol-mulkiga, kichik korxonalar uchun yagona soliqlar kiritilgan investitsiya hajmiga qarab muddati belgilab qo`yildi.
1-jadval
Navoiy viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalari (tashqi savdo eksporti)
Hamkor davlatlar |
2010 yil |
2015 yil |
2020 yil |
2010-2020 yillarda o`zgarishlar indeksi |
|
AQSh |
28736,1 |
1276,8 |
280,7 |
1,0 |
|
Buyuk Britaniya(Angliya) |
50823,2 |
355,3 |
572,3 |
1,1 |
|
Koreya Respublikasi |
34894,0 |
9068,2 |
229,2 |
0,7 |
|
Birlashgan Arab Amirliklari |
23899,9 |
2249,4 |
1538,8 |
6,4 |
|
Gruziya |
1280,3 |
6004,4 |
125,7 |
9,8 |
|
Italiya |
281,5 |
5,6 |
50,4 |
17,9 |
|
Latviya |
1167,3 |
305,3 |
240,7 |
20,6 |
|
Singapur |
18004,1 |
1841,9 |
6627,1 |
36,8 |
|
Qozog`iston |
13665,7 |
9798,1 |
8848,1 |
64,7 |
|
Turkmaniston |
24802,5 |
11808,7 |
16053,7 |
64,7 |
|
Fransiya |
63297,0 |
134600,2 |
78258,7 |
123,6 |
|
Yaponiya |
464,1 |
52,9 |
851,6 |
183,5 |
|
Rossiya Federatsiyasi |
17400,4 |
49215,4 |
34878,0 |
200,4 |
|
Ukraina |
623,4 |
4539,8 |
2558,0 |
410,3 |
|
Turkiya |
6231,6 |
5011,0 |
29517,3 |
473,7 |
|
Qirg`iziston |
815,7 |
1568,7 |
37111,3 |
4549,4 |
Jadval : Navoiy statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko`ra, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportga bevosita yo`naltirilganligi, qo`shni mamlakatlar, MDH davlatlari hamda Yevropaning bir qator mamlakatlariga ekport qilish orqali davlatlararo hamkorlikni kengaytirish, o`zaro do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Statistik ma’lumotlarga bo`yicha oladigan bo`lsak, eng ko`p eksport Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina, Yevropa davlatlaridan Fransiya va Italiya bilan, qo`shni davlatlardan Bu holatni korxonaning iqtisodiy samaradorligi hamda uning ishlab chiqarish qobiliyati belgilaydi. Navoiy viloyati sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yuqori darajada qo`shni davlatlarga ya’ni Qirg’iston hamda Tojikiston respublikalariga eksport qilingan.
2-jadval
Navoiy viloyatining makroiqtisdiy ko`rsatkichlari
O`lchov birligi |
2010 y. |
2015 y. |
2020 y. |
|
Yalpi hududiy mahsulot |
mlrd.so`m |
4325,6 |
10545,2 |
49742,2 |
O`sish sur’ati,% da |
103,9 |
103,8 |
107,1 |
|
Sanoat mahsuloti |
mlrd.so`m |
4038,5 |
9286,9 |
65084,9 |
O`sish sur’ati,% da |
99,6 |
103,4 |
109,1 |
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar |
mlrd.so`m |
1741,8 |
1809,1 |
15683,4 |
O`sish sur’ati,% da |
2,5 |
90,7 |
77,1 |
|
Tashqi savdo aylanmasi |
mlrd.so`m |
926,0 |
802,5 |
1312,3 |
O`sish sur’ati,% da |
108,9 |
81,0 |
71,5 |
|
Eksport |
mlrd.so`m |
553,4 |
441,4 |
426,5 |
O`sish sur’ati,% da |
112,1 |
100,2 |
117,5 |
|
Import |
mlrd.so`m |
372,6 |
361,0 |
885,8 |
O`sish sur’ati,% da |
104,5 |
65,7 |
60,2 |
Jadval : Navoiy statistika boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Yuqoridagi javdal ma`lumotiga ko`ra viloyat mavqeini aniqlab beruvchi ko`rsatkich YaHM oldingi yillarga ko`ra 2020 yilda ham o`sish kuzatilgan. Bu holar ijtimoiy hayotda Covid-19 epidemiyasi va karantin holati sababli sanoat korxonalarida ham iqtisodiy samaradorlik o`z mavqeini saqlab qolgan. Ushbu davrda sanoat mahsulotlari hajmi ortib, eksportbop mahsulot hajmi oshgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, viloyat korxonalari o`rtasida sanoat kooperatsiyalarini yaratish, mahalliy xom-ashyo materiallariga asoslangan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, klasterlarini joriy etish, keng imkoniyatlar, ilg`or texnologilar, bugungi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish hududning iqisodiy mavqeini belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risidagi” Qonuni 25
aprel 1996 yil.
2. 3. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF 5719 15.05.2019 y sayti ma’lumotlari
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonasining o`ziga xos xususiyatlari
- O'zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi" Qonuni 25 aprel 1996 yil.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF 5719 15.05.2019 y.
- www.navstat.uzsaytima'lumotlari.