So‘z turkumlaridagi oraliq so‘zlarning badiiy adabiyotda qo‘llanish o‘rni
Автор: Yunusova G.Sh.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada so‘z turkumlaridagi oraliq so‘zlardan badiiy adabiyotda qo‘llanishi va ularning semantik tahlili yoritilgan.
Transpozitsiya, badiiy matn, turkumlararo ko'chish, semantika, migratsion va emmigratsion ko'chish
Короткий адрес: https://sciup.org/140292791
IDR: 140292791 | УДК: 808.3
Текст научной статьи So‘z turkumlaridagi oraliq so‘zlarning badiiy adabiyotda qo‘llanish o‘rni
Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida—davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro miqyosda o‘zbek tilining jozibasi yanada oshib, minbarlardan baralla yangramoqda. Bugungi kunda xorijda o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Zamonaviy tilshunoslik sohalaridan semantika tarix va kelajakni bog‘lovchi ko‘prikdir, Semantika diaxron va sinxron tilshunoslik uchun teng darajada ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lgan yo‘nalishlardan biridir. Semantika o‘zbek tilshunosligi tarixida o‘zining keng qamrovliligi, tematik rang-barangligi va yangiligi bilan boshqa til bo‘limlaridan ajralib turadi.Badiiy asar tilini o‘rganish jarayon tilshunoslikda muhim bo‘lib, yozuvchining so‘z va iboralarni qo‘llash mahoratini hamda uslubini namoyon qiladi.
Kommunikativ jarayonda tilshunoslikda ma’lum bir so‘z turkumidagi birlik boshqa so‘z turkumiga xos grammatik kategoriyalarni qabul qilishi kuzatiladi. J.Eltazarov ta’kidlaganidek, so‘z turkumlararo aloqaning eng yuqori shakli turkumlararo ko‘chish bo‘lib, u tildagi universal qonuniyatlar bilan bog‘liq. Til transformatsiyasi ana shunday qonuniyatlardan biridir. Transpozitsiya she’riyatda ma’lum bir so‘z turkumidagi birlikdan boshqa so‘z turkumiga xos grammatik kategoriyalarni qabul qilishi bilan birgalikda ko‘chim tarkibida, epitet tarkibida kelib she’rning emotsional-ekspressiv ta’sirchanligini oshiradi. Jumladan, Hamid Olimjon o‘zining poetik asarlarida turli xil badiiy usullardan, til vositalaridan, xususan jonli xalq tili imkoniyatlaridan keng foydalangan.Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’rining matnida qo‘llanilgan transpozitiv so‘zlarning turkumlararo ko‘chishi kuzatiladi. So‘z turkumlariaro otga ko‘chishni ya’ni, turli xil so‘z turkumlariga xos birliklarning bitta so‘z turkumiga ko‘chishi ushbu misralarda qo‘llanilgan.Otga emigratsion ko‘chishlar (otlashish):
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston, Dostonlarda bitgan guliston. [5.: 211]Fe’lning vazifaviy shakllaridan sifatdosh va harakat nomi shakli sintaktik vazifasiga ko’ra ko’chgan.
Qorli tog‘, qir turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida.
Otning boshqa so‘z turkumlariga ko‘chishi she’riy matnda qo‘llanilmagan. Sifat turkumidagi ko‘chish hollari. Sifat ba’zi hollarda atributiv vazifada kelgani uchun sifatlashish miqdori chegaralanadi.
Sifatga emigratsion ko’chishlar (sifatlashish):
Tog‘lardagi qip-qizil lola, Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
derlar. Bu nav alfoz hamki uch ma’ni va to‘rt ma’ni va ortug‘roqqim, iroda qilsa bo‘lg‘ay, ko‘p borki, forsiy alfozda andoq yo‘qtur...” Navoiy ko‘k so‘zining osmon, bahor fasli, maysa kabi bir qancha ma’no semalarini sanab o‘tgan.Alisher Navoiy asarlarida ranglardan juda mohirona foydalangan.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yillar davomida o‘zbek tilshunosligida rang bildiruvchi leksemalarning ham grammatik, semantik va ramziy xususiyatlarini tadqiq etish sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Doniyorov X., Yo'ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil. Toshkent: Fan,1988.208-b
-
2. O‘zbek tili grammatikasi, Morfologiya. - Toshkent: Fan, 1975. - 610 b.
-
3. О‘zbek tilining izohli lug‘ati, besh jildli. Ikkinchi jild - Toshkent, 2006. -462
-
4. 4.Eltazarov J. So‘z turkumlari paradigmasidagi о‘zarо aloqa hamda ko‘chish hollari. - Toshkent. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2006. - 170 b.
-
5. Hamid Olimjon. Tanlangan asarlar.-Toshkent, 1951. - 528 b.
-
6. O’tanova S. Alisher Navoiy g’azaliyotida rang simvolikasi: Filol. nom...diss. -T., 2017. - 32 b.
"Экономика и социум" №3(94)-2 2022
Список литературы So‘z turkumlaridagi oraliq so‘zlarning badiiy adabiyotda qo‘llanish o‘rni
- Doniyorov X., Yo'ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil. Toshkent: Fan,1988.208-b.
- O‘zbek tili grammatikasi, Morfologiya. - Toshkent: Fan, 1975. - 610 b.
- О‘zbek tilining izohli lug‘ati, besh jildli. Ikkinchi jild - Toshkent, 2006. -462.
- Eltazarov J. So‘z turkumlari paradigmasidagi о‘zarо aloqa hamda ko‘chish hollari. - Toshkent. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2006. - 170 b.
- Hamid Olimjon. Tanlangan asarlar.-Toshkent, 1951. - 528 b.
- O'tanova S. Alisher Navoiy g'azaliyotida rang simvolikasi: Filol. nom..diss. -T., 2017. - 32 b.