Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarining o’rni
Автор: Orinboyeva L.O.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 7 (98), 2022 года.
Бесплатный доступ
Maqolada matematikaviy savodxonlik kompeten-siyalarining oliygoh talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi o’rni va vazifalari haqida fikrlar bayon etilgan.
Matematikaviy savodxonlik, kompetensiya, kasbiy faoliyat
Короткий адрес: https://sciup.org/140300565
IDR: 140300565
Текст научной статьи Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarining o’rni
Dunyoda bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashning intensiv usullaridan foydalanish xizmatlari keng tarqalib, innovatsion metodlarni qo‘llash asosida matematikani o‘qitish samaradorligini to‘la qoplashga yo‘naltirilmoqda. O‘zbekistonda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali matematika o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish asosida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va korporativ xizmatlarda ishtirok etishini ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, “oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir”. Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-talabalarning matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsadga erishishda ta’lim sohasi muhim ahamiyat kasb etib, bu jarayonda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining natijaviyligi malaka oshirish muassasalari faoliyati samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifasini qo‘yadi.
O‘quvchi-talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik jarayonda quyidagilar muhim hisoblanadi:
-
- pedagogik voqelikni izchil idrok etish;
-
- fan sohasiga yo‘nalganlik;
-
- pedagogik va axborot texnologiyalarni egallash;
-
- shaxslararo muloqotni tashkil eta olish;
-
- o‘z fani, faoliyat sohasi bo‘yicha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va undan foydalana olish;
-
- o‘quv axbrotlarini boshqalarga yetkaza bilish;
-
- muayyan darajada shakllangan dunyoqarashni talab etadi.
Bu tarkibiy qismlar talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlashning ajralmas shartlaridan hisoblanadi.
-
- pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish, o‘z ustida ishlash, ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o‘rnatish;
-
- tahsil oluvchilarda didaktik motivatsiyani shakllantirish;
-
- tahsil oluvchi shaxsining rivojlanish xususiyatlarini bilish;
-
- AKT va xorij tillarini o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llay olish; umuminsoniy va umummadaniy qadriyatlardan xabardor bo‘lish va ulardan faoliyati mobaynida foydalanish;
-
- mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;
-
- ta’lim muhitiga yangilik kiritish, o‘z fanini mukammal bilish;
-
- bag‘rikenglik, empatiyaga moyillik, yetakchilik, faollik va
tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik;
-
- o‘z faoliyatini tahlil qilish, kompetentlik samarasini rejalashtirish,
maqsad va vazifa belgilash, bashorat (prognoz) qilish, o‘zini namoyon eta olish, kamchiliklarini tuzatish va boshqalar.
Shunday qilib, talabalarda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash muhim ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uni har tomonlama tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, jahon bankining baholashiga ko‘ra, zamonaviy iqtisodiyotda matematik savodxonlik muhim o‘rin egallaydi va har qanday mamlakat umumiy boyligining 16% moddiy kapital, 20% tabiiy boyliklar va 64% inson kapitaliga to‘g‘ri kelsa, milliy boylikning 80 foizini inson kapitali tashkil etadi.
Adabiyotlar:
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https://prezident.uz/uz/lists/view/2228
-
2. M.O.Knebel Pedagogika. Uchebnoe posobie. 2019.
3.Ibragimov X.I., Abdullaeva SH. A. Pedagogika nazariyasi.-Toshkent:Fan va axborot texnologiyalari. – Toshkent, 2010.-278 b.;
2. Ostonov Q, “Matematika va informatika o‘qitish metodikasi” SamDU, 2011yil.
"Экономика и социум" №7(98) 2022
Список литературы Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda matematikaviy savodxonlik kompetensiyalarining o’rni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https://prezident.uz/uz/lists/view/2228.
- M.O.Knebel Pedagogika. Uchebnoe posobie. 2019.
- Ibragimov X.I., Abdullaeva SH. A. Pedagogika nazariyasi.-Toshkent:Fan va axborot texnologiyalari. - Toshkent, 2010.-278 b.
- Ostonov Q, "Matematika va informatika o‘qitish metodikasi" SamDU, 2011yil.