Tik o’suvchi bo’rigul (Vinca erecta regel E.Schamalh) va kichik bo’rigul (Vinca minor) larning samarqand sharoitidagi ayrim bioekologik xususiyatlari

Автор: Mamadiyorov Muzaffar Umirzoqovich

Журнал: Life Sciences and Agriculture.

Рубрика: Агрономия

Статья в выпуске: 2-1, 2020 года.

Бесплатный доступ

Vinca erecta Regel.E.t Schamalh va vinca minor o’simliklarinig fiziolagik va ekologik xususiyatlari bo’yicha ma’lumotlar berilgan.Jumladan bu o’simlik turlarini suv rejimi ko’rsatkichlaridan suvni o’rnida saqlash xususiyatlari,o’simlik hujayrasi,shirasining osmatik bosimi yoki shira konsentratsiyalari aniqlangan.Bu xususiyatlar ularni suv,nam tanqisligiga chidamliligini ta’minlashga xizmat qilishi yoritilgan.Bularning barg hujayralarini tuzilishi ya’ni barg og’izchalarining ustki epidermasida uchramasligi,og’izchalar bargning ostki epidermasida joylashuvi,barg epidermasi hujayralarining qobiqlarini kuchli egri-bugriligi,qalin kutikula bilan qoplanganligi ularni nam tanqisligiga ham moslasha olish xususiyatlarini aks ettiradi.Bular xushmanzara doim yashil o’simliklar bo’lib o’zida,turli og’ir metallarni va havodagi zarralarni ko’p o’zlashtirish xususiyatiga egaligi uchun,shahar muhiti ekologik holatini yaxshilashda istiqbolli turlar hisoblanadi.

Еще

Vinca erecta rege.e.t schamalh, vinca minor, osmatik bosim epidermis, mezafil, hujayra shirasi, osmotic pressure epidermis, mesafil, cell sap

Короткий адрес: https://sciup.org/14125640

IDR: 14125640   |   DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10018

Текст научной статьи Tik o’suvchi bo’rigul (Vinca erecta regel E.Schamalh) va kichik bo’rigul (Vinca minor) larning samarqand sharoitidagi ayrim bioekologik xususiyatlari

Kirish. Atrof-muhit ekologik holatini yaxshilashda chiroyli manzara beruvchi va shifobaxsh o’simliklarni o’rganish muhim ahamiyatga ega [1]. Hozirgi globallashuv sharoitida atrof-muhit ekologik holatini biologik yo’l bilan yaxshilashga Respublikamizda katta e’tibor berilmoqda [2]. Bizni ilmiy tadqiqotimizda ham asosan Tik o’suvchi bo’rigul

( Vinsa erecta Regel.E.t Schamalh ) va kichik bo’rigul ( Vinca minor ) larning bioekologik xususiyatlari o’rganildi.

Mavzuning maqsadi: Tik o’suvchi bo’rigul ( Vinsa erecta Regel.E.t Schamalh ) va kichik bo’rigul ( Vinca minor ) larning Samarqand shahridagi ayrim bioekologik xususiyatlari( suvni saqlash xususiyati , hujayralarnining osmotik bosimi) ni aniqlash.

Tadqiqot usullari va materiallari: Vinca erectaning poyasi bir nechta bo’lib to’p hosil qiladi, tik o’suvchi, shoxlanmaydigan bo’yi 30-75 sm. Poya diametri 0,1-0,5 sm. Barglari oddiy ellepssimon yoki lansetsimon bandsiz poyada qarama-qarshi joylashgan, chetlari qirqilmagan butun uzunligi 4,6-6,2 sm, kengligi 2,2-3,3 sm. Uning barglari ustki va ostki tomondan kutikula va bir qatorli epidermis to’qimasi bilan qoplangan. Og’izchalar faqat ostki epidemisda uchraydi. Bargni ustki epidermisi ostida ikki qator ustunsimon hujayralar ularning ostida esa 5-7 qatorli bulutsimon to’qima hujayralari joylashgan.

Epidermis bir qavatli. Barg og’izchalari bargning ostki tomonida joylashgan. Barg tomirlari asaosan bargning ostki tomonida bo’rtib chiqqan. Barg mezofili tik o’suvchi bo’rigulga nisbatan yupqaroq bo’ladi.Bargning ustki tomonidan ko’rinishi yaltiroqligi esa yuqori turadi. Bargning ostki tomonida ko’p sonli og’izchalar uchraydi.

Barg mezofili dorsavental tipida bo’lib 2-3 qatorli ustunsimon va 6-8 qatorli gavak to’qima hujayralaridan iborat. Bo’rigul turkumiga kiruvchi bu ikki turda barg epidermis hujayralari qobiqlarini kuchli egri-bugriligi qalin kutikula qavati mavjudligi, bargning ust qoplovchi to’qima hujayralarida barg og’izchalarining uchramasligi ularni nam tanqisligiga moslashish xususiyati yaxshi rivojlanganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari barg hujayralarining osmatik bosimi yuqoriligi ham ularni nam tanqisligiga moslashuvida katta rol o’ynaydi. Tadqiqot jarayonida anatomik,fiziologik, morfologik usullardan foydalaniladi.Bargning anatomik,morfologik belgilari anatoma-morfologik usuldan foydalanib o’rganiladi.

O’simliklarni a’zolarida, ya’ni barglarida suvni saqlash qobiliyati Nichipirovich metodi orqali o’rganiladi.

Bu o’simliklar hujayralarinig shirasi konsentratsiyasi refroktometriya usuli orqali o’rganiladi.

Olingan natijalar: Bizni Ilmiy tadqiqot ishlarimiz Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetini tajriba maydonida 2018-yil aprel-avgust oylarida olib bordik.

Havoning harorati yuqori va nisbiy namligi kam bo’lgan vaqtda ya’ni iyul-avgust oylarida vinca erecta va vinca minorlarning assimilyatsiya qiluvchi to’qimalari jumladan barglarini suvni saqlash qobiliyati o’rganildi. Suvni saqlash xususiyati o’simliklarni turiga,yashash sharoitiga, barglarini tuzilish xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. O’simliklarni suvni o’rnida saqlash xususiyatini aniqlab ularni suv tanqisligiga chidamlilik darajasi haqida ham ma’lumotga ega bo’lish mumkin.

Bunda tik o’suvchi bo’rigul va kichik bo’rigul o’ simlik turlarini suvni saqlash qobiliyati aniqlanganda quyidagi natijalar olindi: tik o’suvchi bo’rigulni suvni o’zida saqlsh xususiyati iyulda 74,1% avgustda 78,5%. Kichik bo’rigulda esa iyulda 83,4% avgustda 87,3% ekanligi aniqlandi. Bundan ko’rinib turibdiki, kichik o’suvchi bo’rigul suvni o’zida yaxshiroq saqlaydi.

Tik o’suvchi bo’rigul va kichik bo’rigulda 2018-yil aprel-avgust oylarida hujayralarning osmotik bosimi aniqlandi va quyidagi natijalar olindi [3].

Turli oylarda o’simlik hujayrasidagi osmotik bosim(atm)

o’simlik turi

aprel

may

iyun

iyul

avgust

Tik o’suvchi bo’rigul

17 atm

20

23

28

31

Kichik bo’rigul

19atm

23

25

31

33

Xulosa. Tik o’suvchi bo’rigul va kichik bo’rigul turlari yil davomida yashil o’ simliklar bo’lganligi sabali ularni shahar muhitida gazon sifatida ekish muhim ahamiyatga ega.Shu bilan birga ular xushmanzara o’simliklar hisoblanadi.Bu o’simliklarni yer usti organlarida ko’plab alkoloidlar bo’lib ulardan nerv yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalanish mumkin.

Bu o’simliklarni suvni o’rnida saqlash xususiyati hamda hujayralarning osmotik bosimi yuqori bo’lganligi sababli nam tanqisligi sharoitiga yaxshi moslasha olishi ularni nam tanqisligi mavjud bo’lgan hududlarda yaxshi o’sib rivojlanishini ta’minlaydi.

ADABIYOTLAR:

  • 1.    Арнаутова 2004 - Арнаутова Ю.Е. Колдуны и святые: антропология болезни в

    средние века. СПб., 2004.

  • 2.     Ibragimov A.Yu.Shifobaxsh ne’matlari: Toshkent 2016 yil 4046.

  • 3.     O’zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari doktori

    K.C.Safarovning ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag’ishlangan ‘’O’simliklar introduksiyasi;yutuqlari va istiqbollari’’ mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari;Toshkent,2018-yil 285b.

  • 4.    Палов М. Энциклопедия лекарственных растений. Пер. с немец./ Предисл.

  • 5.     Ракова Т.Н. Лекарства вокруг нас. Воронеж: ВГАУ, 2000. -272с.: ил.

  • 6.    Скворцов В.Э. Растения Средней полосы России: Атлас-определитель. – М.: 5 за

    знания, 2008. – 336 с.

И.А.Губанова. – М.:Мир, 1998. – с.467, ил.

Список литературы Tik o’suvchi bo’rigul (Vinca erecta regel E.Schamalh) va kichik bo’rigul (Vinca minor) larning samarqand sharoitidagi ayrim bioekologik xususiyatlari

  • Арнаутова 2004 - Арнаутова Ю.Е. Колдуны и святые: антропология болезни в средние века. СПб., 2004.
  • Ibragimov A.Yu.Shifobaxsh ne'matlari: Toshkent 2016 yil 4046.
  • O'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari doktori K.C.Safarovning ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag'ishlangan ‘'O'simliklar introduksiyasi;yutuqlari va istiqbollari'' mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari;Toshkent,2018-yil 285b.
  • Палов М. Энциклопедия лекарственных растений. Пер. с немец./ Предисл. И.А.Губанова. - М.:Мир, 1998. - с.467.
  • Ракова Т.Н. Лекарства вокруг нас. Воронеж: ВГАУ, 2000. -272с.
  • Скворцов В.Э. Растения Средней полосы России: Атлас-определитель. - М.: 5 за знания, 2008. - 336 с.
Статья научная