“PREZI” dasturi yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish
Автор: Lufilloyev I.Sh., Dostiyeva Sh.B., Juraxujayev D.D.
Журнал: Теория и практика современной науки @modern-j
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 12 (114), 2024 года.
Бесплатный доступ
Mazkur maqolada Prezi dasturining ta’lim jarayonidagi roli va undan foydalanish usullari yoritilgan. Shuningdek, maqolada Prezi dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma keltirilgan va uning geografiya darslarida qo‘llanilishi ham o‘rganilgan. Ushbu texnologiya ta’lim samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.
Prezi dasturi, ta’lim texnologiyalari, interfaol taqdimot, geografiya darslari, innovatsion yondashuv, multimedia texnologiyalari, o‘quv samaradorligi, ijodiy fikrlash, tahliliy fikrlash, dars ishlanmalari, elektron resurslar
Короткий адрес: https://sciup.org/140309060
IDR: 140309060
Текст научной статьи “PREZI” dasturi yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish
Kirish. Taʼlim taʼlimini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hozirgi eng dolzarb masalalardan biridir. Fanlarni oʻqitishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish taʼlim jarayonini interfaol va qiziqarli qilishga yordam beradi [4]. Elektron dars ishlanmalar, videomateriallar va didaktik materiallarning keng qoʻllanilishi oʻquvchilar faolligini oshiradi hamda ijodkorlik va tahliliy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, Prezi dasturining taʼlim jarayonidagi oʻrni ham alohida e‘tiborga loyiqdir.
Asosiy qism. Prezi dasturi 2009-yilda Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qisqa vaqt ichida global miqyosda mashhur boʻldi. Prezi'ning asosiy gʻoyasi an'anaviy taqdimotlardan farqli oʻlaroq, chiziqli boʻlmagan tuzilmani joriy qilishdan iborat edi [12]. Bu yondashuv foydalanuvchilarga taqdimotlarni vizual tarzda yangi usulda tashkil qilish imkoniyatini berdi. Prezi dasturining nomi lotin tilidagi prae- (“oldindan”) va video (“koʻrish”) soʻzlaridan kelib chiqqan, yaʼni materiallarni oldindan koʻrish va taqdimotning umumiy tuzilishini tasavvur qilish imkonini beradi.
2015-yilda Prezi dasturi 60 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega boʻlib, bir milliarddan ortiq taqdimot yaratilgani haqida xabar berdi. Buning natijasida Prezi oʻz platformasiga yangi funksiyalar qoʻshib, taqdimot yaratish jarayonini yanada qulay va intuitiv qilishni maqsad qildi [7]. Prezi dasturi nafaqat taqdimotlar yaratish, balki oʻquv jarayonini yangi, interfaol shaklda tashkil etishga imkon beradi.
Prezi dasturi taʼlim sohasida keng qoʻllaniladi va oʻquv jarayonini yanada samarali qilish uchun muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, geografiya darslarida Prezi'ning imkoniyatlaridan foydalanish orqali dars materiallari jonli, tushunarli va qiziqarli koʻrinishga ega boʻladi. Prezi yordamida oʻquvchilar uchun geografik obyektlar, tabiiy resurslar yoki ekotizimlarning uch oʻlchamli modellarini vizual tarzda koʻrsatish mumkin. Bu metod oʻquvchilarning eʼtiborini jalb qilishga, oʻquv materiallarini yanada qiziqarli va interfaol tarzda taqdim etishga yordam beradi.
Shuningdek, Prezi dasturining oʻquv jarayoniga moslashuvchanligi oʻquvchilarning taʼlimdagi ishtirokini va samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Prezi yordamida darslar interfaol va jozibador tarzda tashkil etiladi, bu esa oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytiradi [6].
Hozirgi kunda mazkur dastur orqali tayyorlangan fanga oid multimediali taqdimotlar keng tarqalmagan [2]. Chunki, texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, o‘qituvchilarning dasturdan foydalanish bo‘yicha malaka va tajribasining yetishmasligi, an’anaviy dasturlarga ko‘proq moyillik, moslashtirilgan resurslarning cheklanganligi hamda dasturning ba’zi funksiyalari pulli ekanligi ushbu dasturdan keng foydalanishga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
Yuqorida keltirib oʻtilgan muammolarning ayrimlarini bartaraf etish uchun oʻqituvchining oʻzida xohish istak yetishmayotgan boʻlsa baʼzilarida xorijiy tilni bilmaslik bunga toʻsiq boʻlmoqda. Biz aynan ushbu muammoni bartaraf etish va dasturdan foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish maqsadida ushbu dasturdan foydalanish yoʻriqnomasini quyida qisqacha keltirib oʻtamiz.
Prezi dasturidan foydalanish yoʻriqnomasi
Prezi dasturidan foydalanish uchun avvalo prezi.com saytiga tashrif buyurib, roʻyxatdan oʻtiladi va tizmga kiriladi. Kirganingizdan soʻng, ekraning yuqori oʻng burchagidagi “Create New Presentation” tugmasini bosiladi. Prezi sizga turli xil shablonlar (taʼlim, biznes, marketing va boshqalar) taqdim etadi. Kerakli shablonni tanlanadi yoki “Blank” ni tanlab, boʻsh bir taqdimot yaratish ham mumkin. Tanlangan shablon orqali taqdimotning umumiy dizayni avtomatik tarzda shakllanadi. Siz kerakli elementlarni oʻzgartirish yoki yangi dizayn yaratishingiz mumkin. Taqdimotga rasm, video, grafikalar yoki animatsiyalar qoʻshish uchun menyudagi “Insert” (Qoʻshish) tugmasini bosiladi. Bu yerda kerakli shakldagi fayllarni yuklab olish mumkin. “Text” tugmasi orqali yangi matnlarni qoʻshish va har bir matnni oʻzgartirib, kerakli koʻrinishga keltirish mumkin (masalan, shrift turi, oʻlchami, rang). Rasm yoki grafikani qoʻshish uchun “Insert” → “Image” tugmasidan foydalaniladi. Taqdimotga animatsiyalar qoʻshish uchun “Animate” boʻlimini tanlab, slaydlar orasidagi oʻtish effektlarini va obyektlarga animatsiyalarni sozlash mumkin. Prezi’ga video va audio fayllarni qoʻshish uchun “Insert” → “Video” yoki “Audio” menyularidan foydalanish mumkin, bunda videolar YouTube yoki lokal fayllardan yuklab olinadi. Agar taqdimotda diagrammalar yoki chizmalar yaratmoqchi boʻlsangiz, “Insert” → “Shapes” tugmasi orqali bu ishni amalga oshirasiz. Bularni matn bilan birga tartiblashtirish imkoniyatini beradi.
Taqdimot yaratishni tugatganingizdan soʻng uni saqlash uchun yuqori burchakdagi “Save” tugmasini bosiladi. Prezi bulutli saqlash tizimidan foydalanganligi sababli, barcha taqdimotlar avtomatik ravishda saqlanadi. Taqdimotni boshqalar bilan ulashish uchun, “Share” tugmasidan foydalaniladi. Bu orqali taqdimotni havola yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashish mumkin.
1-rasmda mazkur dastur asosida Geografiya faniga oid mavzuda tayyorlangan taqdimotning saytdagi koʻrinishi keltirilgan.
1-rasm
Prezi dasturida Atlantika mavzusi boʻyicha tayyorlangan taqdimot

Taqdimotni onlayn koʻrish uchun havola:
Xulosa. Prezi dasturidan foydalanish taʼlim samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu texnologiyalar oʻquvchilarning ijodiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mavzuni chuqurroq tushunish va taʼlim jarayonini qiziqarli qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday yondashuv zamonaviy texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiyalash va taʼlimni axborotlashtirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
1. Hafizhah D. et al. The Validity and Practicalily of Prezi Learning Media on the Role of Soil and Soil Organisms for Life Sustainability for Junior High School Students //Jurnal Penelitian Pendidikan IPA. – 2022. – Т. 8. – №. 2. – С. 481488.
-
2. Ibragimov N. Y., Xamroyeva F. A. GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI)
-
3. Juraxujayev D. D. et al. GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMINI QOʻLLASH //Экономика и социум. – 2024. – №. 6-1 (121). – С. 183-187.
-
4. Khamroeva F. A., Ibragimov L. Z. The importance of educational portals on teaching natural geographical subjects //Наукаимир. – 2019. – Т. 1. – №. 2. – С. 35.
-
5. Moulton S. T., Türkay S., Kosslyn S. M. Does a presentation’s medium affect its message? PowerPoint, Prezi, and oral presentations //PloS one. – 2017. – Т. 12. – №. 7. – С. e0178774.
-
6. Odil M., Iroda T. ONLAYN TAQDIMOT YARATUVCHI ZAMONAVIY DASTURLAR VA TA’LIM JARAYONIDA QOʻLLANILISHI //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2024. – С. 76-80.
-
7. Perron B., Stearns A. A review of a presentation technology: Prezi. – 2010.
-
8. Strasser N. Using Prezi in higher education //Journal of College Teaching & Learning (Online). – 2014. – Т. 11. – №. 2. – С. 95.
-
9. Umarov B. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA
-
10. Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qо ‘llanma //Samarqand: SamDU nashriyoti. – 2023. – Т. 84.
-
11. Xu Y. Q. et al. Presentation facilitation : пат. 7640502 США. – 2009.
-
12. Chou P. N., Chang C. C., Lu P. F. Prezi versus PowerPoint: The effects of varied digital presentation tools on students’ learning performance //Computers & Education. – 2015. – Т. 91. – С. 73-82.
-
13. https://blog.prezi.com/how-prezi-empowers-educators/
"Теория и практика современной науки" №12(114) 2024
FOYDALANISH IMKONIYATLARI //Экономика и социум. – 2023. – №. 11 (114)-2. – С. 120-122.
PEDAGOGLARNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH MAZMUNI //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 87-93.
Список литературы “PREZI” dasturi yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish
- Hafizhah D. et al. The Validity and Practicalily of Prezi Learning Media on the Role of Soil and Soil Organisms for Life Sustainability for Junior High School Students //Jurnal Penelitian Pendidikan IPA. - 2022. - Т. 8. - №. 2. - С. 481-488. EDN: CPUZXU
- Ibragimov N. Y., Xamroyeva F. A. GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI) FOYDALANISH IMKONIYATLARI //Экономика и социум. - 2023. - №. 11 (114)-2. - С. 120-122. EDN: GSHQPM
- Juraxujayev D. D. et al. GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMINI QOʻLLASH //Экономика и социум. - 2024. - №. 6-1 (121). - С. 183-187.
- Khamroeva F. A., Ibragimov L. Z. The importance of educational portals on teaching natural geographical subjects //Наукаимир. - 2019. - Т. 1. - №. 2. - С. 35.
- Moulton S. T., Türkay S., Kosslyn S. M. Does a presentation's medium affect its message? PowerPoint, Prezi, and oral presentations //PloS one. - 2017. - Т. 12. - №. 7. - С. e0178774.