Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda Google Classroom platformasidan foydalanishning afzalliklari
Journal: Теория и практика современной науки @modern-j
Section: Основной раздел
Article in issue: 11 (125), 2025.
Free access
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “Axborot-kommunikatsion texnologiyalar” fanini o‘qitishda Google Classroom platformasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Mustaqil ta’limni tashkil etish, talabalarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish va ta’lim jarayonini optimallashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan.
Short address: https://sciup.org/140314571
IDS: 140314571
Text of the scientific article Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda Google Classroom platformasidan foydalanishning afzalliklari
Bugungi kunda o’quv jarayonini zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanmasdan tashkil etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiyaning eng dolzarb vazifasi XXI asrdagi insonning aqliy qobiliyatlari va insoniy fazilatlarini shakllatirish orqali aniqlanadigan talabalarining kompetentligini oshirishdan iborat: mas’uliyat, boshqalarning fikr-mulohazalariga nisbatan bag’rikenglik, muloqot qobiliyati, o’z-o’zini rivojlantirish qobiliyati, fikrlashni rivojlantirish, turli xil shakllarda va turli xil yo’llar bilan ma’lumotlarni topish, tahlil qilish, boshqarish, integratsiya, baholash va yaratish qobiliyati, jamoada ishlash qobiliyati, muammolarni yechi sh va hal qilish qobiliyati.
Ko’rsatilgan muammonihal qilish uchun o’quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan integratsiyalashgan axborot texnlogiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Shu jarayonda Google Classroom platformasi o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish, masofaviy o‘qitish va mustaqil ta’limni samarali tashkil etish vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
-
1. Google Classroom platformasining o‘quv jarayonidagi o‘rni
Google Classroom – bu Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan bepu ta’lim platformasi bo‘lib, u o‘qituvchi va talaba o‘rtasida raqamli ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Google Classroom – ta’lim jarayonini tashki qilishdagi bulutli platformadir. Platforma o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba)lar hamkorligiga asoslangan ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu ta’lim platformasi Google Drive, Docs, Sheets, Slides, va Meet kabi xizmatlar bilan integratsiyalashgan bo‘lib, bu ta’lim jarayonini yagona tizimda boshqarish imkonini beradi.
Platformaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
-O‘qituvchi tomonidan topshiriqlarni tezkor joylashtirish va nazorat qilish; - Talabalar uchun qulay interfeys va mobil ilova mavjudligi;
-
- Baholash tizimini avtomatlashtirish;
-
- Fikr-mulohaza bildirish va interaktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniyati.
-
2. Mustaqil ta’limni tashkil etishda Google Classroom’dan foydalanish
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi fanlar, ayniqsa “Axborot-kommunikatsion texnologiyalar” fanida, talabalar nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Shu maqsadda, Google Classroom quyidagi imkoniyatlarni beradi: - Talabalarga elektron darslik, video va laboratoriya ko‘rsatmalari joylashtirish; - Mustaqil ish, referat va tahliliy topshiriqlarni onlayn topshirish va tahlil qilish; - Har bir talabaga individual izoh berish va natijalarni qayd etish;
-
- Guruhli muhokamalar orqali interfaol o‘qitishni rivojlantirish.
-
3. Amaliy dars ishlanmasi asosida tajriba
O‘quv tajribasi davomida “Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar” fanida 80 daqiqalik amaliy mashg‘ulot “Google Classroom platformasida mustaqil ta’limni tashkil etish” mavzusida o‘tkazildi.
Dars bosqichlari quyidagicha tashkil etildi:
-
1. Kirish (10 daqiqa) – platformaning imkoniyatlari bilan tanishtirish;
-
2. Asosiy qism (50 daqiqa) – talabalar Google Classroom’da guruhga qo‘shilib, topshiriqni bajarish;
-
3. Yakuniy qism (20 daqiqa) – natijalarni tahlil qilish va fikr almashish.
Natijada talabalar:
-
- Platformaga muvaffaqiyatli kirish va ishlash ko‘nikmasini egalladilar;
-
- Mustaqil topshiriqlarni vaqtida va sifatli bajardilar;
-
- O‘qituvchi fikrini tahlil qilish va o‘z faoliyatini baholash malakasiga ega bo‘ldilar.
-
4. Metodik tahlil qilib shunday hulosaga kelish mumkinki, amaliy mashg‘ulot natijalariga ko‘ra, Google Classroom platformasidan foydalanish natijasida talabalarning raqamli savodxonligini oshirishga, mustaqil ishlashga bo‘lgan mas’uliyat va motivatsiyani kuchaytirishga, o‘qituvchi uchun vaqtni tejash va
baholashning aniqligini ta’minlashga, Google Classroom raqamli ta’limni tashki etishning qulay, bepul va moslashuvchan vositasi ekanligiga ishonch hosil qilish shuningdek, talabalar tomonidan topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirish darajasi sezilarli oshganligini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Xulosa. Google Classroom platformasi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “Axborot-kommunikatsion texnologiyalar” fanini o‘qitishda samarali raqamli vosita hisoblanadi. U o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, ta’lim jarayonini interaktiv, tizimli va shaffof qiladi. Kelgusida bu platformani boshqa agrar soha fanlarida ham keng joriy etish, masofaviy o‘qitish modellariga integratsiya qilish masalasini taklif qilish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.
-
2. To’rayeva G.H. Google Classroom platformasida ishlash bo’yicha metodik tavsiyalar. Uslubiy qo’llanma. Buxoro: 2020 yil. – 36 b.
-
3. Абдрахманова Ж. Е. Методические рекомендации для работы в платформе Google Classroom // Нур-Султан-2019.
-
4. Buranova.D. “Qishloq xo’jaligi oliy o’quv yurtlarida talabalarni kasbiy-kommunikativ tayyorlash”. “Экономика и социум” №3(118). 2024. ISSN: 22251545; 2541-9285. www.iupr.ru . 101-105 betlar.
-
5. Buranova.D. “Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining kompetensiyaviy samaradorligini oshirish masalalari to‘g‘risida”, “Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў”, ISSN 2181-7138.4-сан, июль, Нөкис-2024. Қарақалпақстан. 132-135 betlar.
-
6. Buranova.D. “Qishloq xo‘jaligi bo‘lajak mutaxassislarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ayrim muammolari”, Science and education in
agriculture, iyul 2024. volume 7, issue 7. ISSN: 3030-3222, OAK. http://www.seagc.andqxai.uz . 41-44 betlar.
-
7. Александрова З.В. Инструкция по созданию онлайн-курса в Google Classroom // 2019.
"Теория и практика современной науки"
№11(125) 2025