Talaba yoshlarning bugungi kundagi ruhiy holati

Автор: Rashidov Sh., Murtazayeva Sh., Murtazayev A.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 5-2 (96), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada talaba yoshlarning bugungi kundagi ruhiy holati ulkan tarbiyaviyta’sirchanlik xususiyatlari haqidagi qarashlari, ilmiy asoslangan fikr-mulohazalari asoslangan holda bugungi kunda ulardan yosh avlod ma’naviy kamolotida foydalanish holati, muammo va imkoniyatlari tahlil qilingan. Shu o’rinda ta’lim va tarbiya jarayoniga tadbiq etishda yanada samarali natijalarga erishish imkonini beruvchi ilmiy asosli tavsiyalar ilgari surilgan.

Tell your own opinion", pretend, feel free, spiritual, status, student, youth

Короткий адрес: https://sciup.org/140300308

IDR: 140300308

Текст научной статьи Talaba yoshlarning bugungi kundagi ruhiy holati

KIRISH

Insoniyat paydo bo‘libdiki, eng dolzarb, eng mashaqqatli va eng qiyin vazifa – yoshlar masalasi bo‘lib kelgan. Mutafakkir va allomalar, ziyolilar jamiyatning rivoji, tinchligi va xotirjamligini yoshlar tarbiyasi bilan bog’lagani bejiz emas. Tarbiya masalasi qadriyat, an'ana bilan bog’liqlikda hal etishga harakat qilingan bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish bo‘lgan. Yoshlar tarbiyasiga e'tiborsizlik bo’lgan joyda inqiroz va o’pirilishlar sodir bo‘lgan .

Aksariyat ruhshunoslarning aytishlaricha, hayotimiz, turmush tarzimiz, ishimizdagi aksariyat muammolarning sababi bolalik vaqtlariga borib taqaladi. Bolalikda qalbingizga yetkazilgan jarohat, ruhiy o‘zgarishlar, komplekslar, havotir, o‘ziga ishonmaslik kabi tushunchalar butun umringiz davomida sizni ta’qib qilishi mumkin.

Mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarda ulkan ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunday o’zgarishlar, birinchi navbatda, ma’naviy hayot borasida tabora oydinroq ko’zga tashlana boshladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo’yicha o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida bugungi tahlikali davrda yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga e’tibor va mas’uliyat masalalari bo’yicha ziyolilar oldiga aniq vazifalar qo’yildi [1]. Yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik, ruhida tarbiyalash, milliy g’urur tuyg’usini kuchaytirish, ularda iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni shakllantirish, ta’lim-tarbiya borasida milliy, umuminsoniy an’analar, qadriyatlardan keng va umumiy foydalanish, har bir fuqoroni mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish hozirgi kunning asosiy maqsadidir [2]. Iymonni, e’tiqodni, umuman olganda, tom ma’nodagi insoniylikni ta’minlovchi barcha omillar qalbida chuqur joy olgan fuqoralarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Shuning uchun yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir.

Psixologik mashg‘ulotlar talaba yoshlar ichki ruhiy holatini aniqlash, ulardagi tortinchoqlikni yengish va ruhiy zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradi. Bunday tajriba har bir fan o‘qituvchisi uchun kerak. Jumladan, “O‘z fikringni ayt”, “O‘xshatib ko‘r”, “O‘zingni erkin his qil” kabi mashqlar yordamida talaba yoshlarning kayfiyati ko‘tariladi va harakatchanligi oshadi. Trening usulida o‘tkaziladigan ushbu mashqlar orqali intizom, faollik, boshqalar fikrini hurmat qilish va yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish kabi natijalarga erishasiz. “O‘z fikringni ayt” mashqi 10 daqiqaga mo‘ljallangan. Bunda talaba yoshlarning ruhiy holati o‘rganiladi. Guruhdagi talaba yoshlar ikki guruhga ajratilib, davra bo‘lib o‘tiradi. O‘qituvchi tomonidan guruh a’zolariga “kursdoshlaringdan ko‘pchilik bolalar senga do‘stona munosabatda ekanligi rostmi?”, “Gohida seni o‘qituvchi doska oldiga chaqirganda kuchli hayajon bosadimi?” kabi savollar beriladi. Har bir ishtirokchi berilgan savollarga mustaqil fikrini aytishi kerak. Fikrlar jamlanib, pedagogik va psixologik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Keyin o‘quvchining psixologik holatiga ta’rif beriladi. To‘g‘ri tashxis aniq chora-tadbir qo‘llash hamda samarali ishlashga yordam beradi.

Xorijdan kirib kelayotgan turli kliplar, filmlar axloqiy buzuqlikni targ‘ib etib, yoshlarimizni muqaddas qadriyatlarimizga nisbatan hurmatsizlik qilishga undamoqda. Bu shunchaki o‘yin-kulgi va ko‘ngil ochish bilan bog‘liq

“madaniyat”ni olib kirish emas, balki o‘zlarining yovuz maqsadlari orqali, butun bir xalqni o‘zagidan ayirish orqali uni inqirozga uchratish yotganini hamma ham bilavermaydi. Buni ayrim yoshlar anglab yetmayapti. Biz aytayotgan yoshlar muammolari faqat ijtimoiy tarmoqlar yoki “ommaviy madaniyat” bilan chegaralanib qoladigan muammolar emas. Dunyo yoshlari orasida giyohvandlik, jinoyatchilik soni ortib bormoqda. Ayniqsa, giyohvand moddalarni iste'mol qilayotganlar orasida 13-14 yoshli o‘smirlarning borligi katta fojia. Bu illat oilalarda nogiron farzandlarning dunyoga kelishi, naslning buzilishi, oilaviy ajralishlarning ortishi, jinoyatchilik va boshqa illatlarning asosi hisoblanadi. Modomiki, yoshlar muammolari to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, jahon miqyosida yoshlar o‘limi ham tobora ortib borayotgani haqida kim bong urib gapirmoqda?

Eng achinarlisi, yoshlar o‘limining uchdan bir qismini o‘z joniga qasd qiluvchilar tashkil etmoqda. Tahlikalar girdobidagi bugungi dunyoda aziyat chekayotgan yoshlarning o‘z joniga qasd qilishiga asosiy sabab sifatida ularning kundalik muammolari emas, bevosita ruhiy iztiroblari sabab bo‘lmoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning ruhiy holati deyarli bir xil. Oilalardagi nosog‘lom muhit, ya'ni ota-ona o‘rtasidagi tortishuv va janjallar ham o‘smir yoshidagilarning ruhiyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda va ayni shunday holat ham ularning o‘z joniga qasd qilishiga olib kelmoqda.

Olib borilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyo yoshlari orasida o‘qishni, ishlashni xohlamaydiganlar soni ham ko‘payishda davom etmoqda. Buning sababi nimada?

XULOSA

Aziz zamondosh, bugun kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy kuch emas, intellektual salohiyat, zamonaviy texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yoshlar — ertangi kun davomchilari. Yoshlar bilan bog‘liq muammolar mavjud har qanday millat, davlatning kelajagi yo‘q. Ularga yetarli sharoitlarni yaratib berish, eng asosiysi, e'tibor qaratish lozim. Nima bo‘lganda ham, tarbiya xaqida zamondoshlarimizning fikrlarini ikki og‘iz so‘z bilan ifodalashga harakat qildik.

  • a)    ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami

muassasalari amaliyotiga ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolash klinik protokollarini joriy etish orqali yanada takomillashtirish;

  • b)    davolash-profilaktika tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan: ruhiy holati buzilgan shaxslarni ambulatoriya sharoitida ko‘maklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy dori vositalari va preparatlar bilan ta’minlash;

ruhiy holati buzilgan shaxslarning yo‘ldosh kasalliklarini tashxis qilish va davolash uchun sharoitlar yaratish;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlari uchun — aholi o‘rtasida suitsidal xulq-atvorni profilaktika qilish modullarini joriy etish;

asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida obyektiv ma’lumotlarni to‘plash, axborot olishning obyektivligi va tezkorligini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etish;

  • v)    ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish:

ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini profilaktika, tashxis qilish, davolash, reabilitatsiya qilish va prognozlash masalalariga innovatsion yondashish;

mintaqaviy, etnik, yoshga oid, gender va boshqa xususiyatlarni o‘rgangan holda aholining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori darajasini monitoring qilish;

g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi stress holatlarining aniq sabablarini, jumladan sud muhokamasi materiallari asosida o‘rganish;

yosh jihatidan ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashxis qilish, davolash va profilaktika qilish usullarini takomillashtirish;

  • g) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish:

    -psixiatriya xizmatlari faoliyati to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga barham berish masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlik qilish; ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam to‘g‘risidagi axborotni tarqatish; ruhiy holati buzilgan

shaxslar, jumladan, ularning oila a’zolari uchun ta’lim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika bo‘yicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish;

ta’lim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish. Xulosa esa o‘zingizdan.

Adabiyotlar ro‘yxati:

  • 1.    Hasanov A.. Musiqa va tarbiya. –T.: O„qituvchi, 1993.

  • 2.    Qudratov I. Talabalarni xalq qo„shiqlari vositasida estetik tarbiyalash. – Toshkent: Fan, 2009.

  • 3.    Fayzullayev E. O„zbek mumtoz musiqasi talabalarning badiiy didini shakllantirish omili. – Toshkent:   Ta‟lim va texnalogiyalar markazi

    nashriyoti, 2010.

  • 4.    I.Qudratov, E.Abdukarimova. “Musiqa ta‟limida fanlararo aloqadorlik”. Uslubiy qo‟llanma. Samarqand, SamDU bosmaxonasi, 2015yil.

  • 5.    E.Abdukarimova. “Preparation of future music teachers for their professional activities through uzbek classicall music” European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 7 Number 6, 2019 ISSN 2056-5852

"Экономика и социум" №5(96) 2022

Список литературы Talaba yoshlarning bugungi kundagi ruhiy holati

  • Hasanov A. Musiqa va tarbiya. -T.: O.,qituvchi, 1993.
  • Qudratov I. Talabalarni xalq qo.,shiqlari vositasida estetik tarbiyalash. - Toshkent: Fan, 2009.
  • Fayzullayev E. O.,zbek mumtoz musiqasi talabalarning badiiy didini shakllantirish omili. - Toshkent: Ta‟lim va texnalogiyalar markazi nashriyoti, 2010.
  • I.Qudratov, E.Abdukarimova. "Musiqa ta‟limida fanlararo aloqadorlik". Uslubiy qo‟llanma. Samarqand, SamDU bosmaxonasi, 2015yil.
  • E.Abdukarimova. "Preparation of future music teachers for their professional activities through uzbek classicall music" European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 7 Number 6, 2019 ISSN 2056-5852.
Статья научная