Astronomiya kursini о‘qitishda zamonaviy elektron ta’lim resurslarining ahamiyati
Автор: Tursunov I.G., Tillaboyev A.M.
Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium
Рубрика: Основной раздел
Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.
Бесплатный доступ
Ushbu maqolada zamonaviy elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda astronomiya kursini о‘qitish metodikasi yoritilgan. Astronomiya kursini o‘qitishda zamonaviy elektron ta’lim resurslarining ahamiyati ochib berilgan.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy vositalar, elektron ta'lim resurslari
Короткий адрес: https://sciup.org/140292783
IDR: 140292783
Текст научной статьи Astronomiya kursini о‘qitishda zamonaviy elektron ta’lim resurslarining ahamiyati
Astronomiya kursi bugungi kunda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5110200-fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi hamda 5110200-fizika va astronomiya ta’lim yо‘nalishlari talabalariga о‘qitilmoqda.
Kompyuter dasturiy vositalaridan foydalangan holda о‘qitishni yо‘lga qо‘yish talabalarning tasavvurlarini kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’lim tizimining rivojlanishini hozirgi holatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Darhaqiqat, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga zamin yaratadi. Bunda pedagogik jarayonning mazmuni takomillashadi, о‘qitishning innovatsion modellari joriy etiladi, shuningdek, talaba va professor - о‘qituvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil etiladi. Har qanday ta’lim muassasida о‘quv jarayonini axborotlashtirishning zaruriy sharti sifatida zamonaviy axborot texnologiyalarini ham boshqaruvda, ham ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish bо‘yicha yagona strategiyani ishlab chiqish hisoblanadi.
О‘quv jarayonini axborotlashtirish texnologik, pedagogik va tashkiliy ishlar bilan bog‘liq qiyin va kо‘p qirrali masalalarni yechishni talab etadi. Ta’lim muassasasining axborot ta’lim muhitini yaratish sof texnik masalagina emas. Buning uchun muassasadagi tegishli ilmiy-metodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarni tizimli yondashuv asosida ishga solish talab etiladi. «Axborot – ta’lim muhiti» tushunchasining kо‘plab ta’riflari mavjud. Ularning tahlili mazkur tushunchani aniq bir maqsadga yо‘naltirilgan о‘quv jarayonini ta’minlovchi axborot-texnik, о‘quv-metodik tizimlar majmuidir degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Axborot – ta’lim muhitining quyidagi tipologik belgilarini ajratib kо‘rsatish mumkin:
-
- har qanday darajadagi ta’lim muhiti tizimlilik tabiatiga ega bо‘lgan murakkab tuzilmali obyekt hisoblanadi;
-
- ta’lim muhitining yaxlitligi tizimlilikga erishish tushunchasi bilan bir ma’noni anglatib, u о‘quv muassasasi bitiruvchisining shaxsiy va kasbiy modelini amalga oshirishdagi ta’lim va tarbiya maqsadlarining amalga oshishini о‘zida mujassamlashtiradi;
-
- ta’lim muhiti ta’lim va tarbiya ishlarining asosiy sharti bо‘lish bilan birga uning muhim vositasi hamdir.
Axborot – ta’lim muhitini ta’riflashda bir qancha о‘zaro farq qiluvchi qarashlar mavjud, jumladan:
-
- inson bilan ta’lim muhitining subyekt sifatida uzviy bog‘langan axborot, texnik, о‘quv-metodik ta’minotning tizimli tashkillashtirilgan majmuasi;
-
- an’anaviy va elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar,
taqsimlangan ma’lumotlar bazalari, о‘quv-metodik majmualarini mujassamlashtiruvchi kompyuter-telekommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasi asosida qurilgan yagona axborot ta’lim muhiti [1].
Fikrimizga kо‘ra, axborot ta’lim muhitini boshqarishda tizimli yondashuvni joriy qilish talab etiladi. Ushbu yondashuvning metodologiyasi va algortimi quyidagicha bо‘lishi mumkin:
Zamonaviy ta’lim mazmuni asosida ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash. Pedagogik faoliyatda ta’lim maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi va tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim berish bosqichlarining, ta’lim berish funksiyalarini kompyuterga yuklangan holda amalga oshirish uchun mazkur funksiyalarni mufassal tahlil qilish eng avvalo ta’lim faoliyatini aks ettirishning asosiy parametrlarini ajratib kо‘rsatish lozim. Bu esa о‘z navbatida, ta’lim faoliyatining mazmuni va ta’lim faoliyatini aks ettirish jarayoniga ta’lim oluvchilarni jalb qilish xususiyatlarini tadqiq qilishni, ta’lim masalalarini mufassal tahlil qilishni talab qiladi.
Ta’lim jarayonida kompyuterdan samarali foydalanish uchun mazkur muammolarni hal qilish lozim. Talabalar astronomiyadan elektron darsliklar yordamida о‘rganmoqchi bо‘lgan mavzuning mazmuni, mavzuga oid barcha ma’lumotlarni tushunib olish bilan bir qatorda, agar masala berilgan bо‘lsa undagi kattaliklar, formulalardagi kо‘rsatkichlarning birliklari va ularning kerakli jihatlari bilan tanishish imkoniga ega bо‘ladilar. Nazariy ma’lumotlarni olishda esa, kosmik teleskoplar yordamida tasvirga olingan kо‘plab osmon jismlarining fotosuratlarini kuzatishga va ulardan ilmiy masalalar chiqarishga о‘rganishlariga tо‘g‘ri keladi.
Har qanday ta’limot shunchaki ishlab chiqariladigan emas, balki sermahsul ijodiy xususiyatga ega bо‘lgan faoliyat deb tushunilmog‘i kerak. Axborot texnologiyalari muhitida astronomiyadan о‘quv faoliyatni rivojlantirishni quyidagi asosiy yondashuv kо‘rinishlarida amalga oshirish mumkin, ya’ni:
-
- ta’limni kompyuterlashtirish;
-
- internet tizimidan samarali foydalanish;
-
- elektron darsliklar yaratish va astronomik ta’limga tatbiq etish;
-
- laboratoriya va ma’ruza mashg‘ulotlarida dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish;
-
- innavatsion pedagogik texnologiyalarga axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda qо‘llash;
-
- nazorat baholashda interfaol testlardan foydalanish;
-
- о‘quvchilarining mustaqil ta’lim olish faoliyatlarini rivojlantirish jarayonida, ular egallangan bilimlaridan didaktik masalalarni hal etish yо‘llarini izlashda foydalanishni о‘rganadilar.
Bugungi kunda butun dunyoda dasturiy vositalardan foydalanilib astronomiya kursi о‘qitilmoqda. Bunda asosan Stellarium, Starry Night, Kstars, Star Walk, Star Map, Home Planet, Astrometrica, Astro Gemini, Selestia, MaxIm DL kabi kompyuter va internet tarmog‘i dasturlari hamda CLEA, VIREO virtual laboratoriyadan keng foydalanilmoqda [2-3-4].
Stellarium - Windows, Linux operatsion tizimlari uchun mо‘ljallangan astronomik dasturiy vosita hisoblanadi.
Stellarium dasturi – asosan yulduz turkumlari, osmon sferasi elementlari, yulduzlarning koordinatalari, yulduzlargacha masofalarni aniqlash, Quyoshning yillik va sutkalik harakati kabi bir qancha mavzularni qamrab olgan 3D о‘lchamdagi kompyuter dasturi hisoblanadi.
Dastur quyidagi imkoniyatlarga ega:
-
- 600 mingdan ortiq yulduzlarni kuzatish imkoniyati mavjud;
-
- osmonda joylashgan yulduz turkumlarining chiziqli va mifologik tasvirlarini kо‘rish mumkin;
-
- barcha sayyoralar va ularning yо‘ldoshlaridan turib osmonni kuzatish imkoniyati;
-
- sayyoralar va ularning barcha yо‘ldoshlarini kuzatish imkoniyati;
-
- osmon jismlarining о‘lchamlarini aniqlash imkoniyati;
-
- о‘tmish va kelajakda vaqtni belgilash ya’ni kuzatuvlarni oldindan rejalashtirish;
-
- obyektivni sozlash va teleskop yoki binokldagi kо‘rinishni nazorat qilish imkoniyati;
-
- tutilishlar simulyatsiyasi va boshqalar.
Bu dastur kompyuterga о‘rnatilgach, ishga tushiriladi. Oynaning pastki chap burchagiga sichqoncha kо‘rsatkichi olib borilsa, qо‘shimcha panel hosil bо‘ladi. Undan “Окно месторасположения” bandi tanlanadi. Bu bandda joyning geografik kenglamasi va uzunlamasi tо‘g‘irlab olinadi. Uni tо‘g‘irlash uchun qidiruv qatoriga lotin harflari bilan “Uzbekistan” sо‘zi yoziladi. Bu amal natijasida О‘zbekistonnnig dasturga kiritilgan barcha tumanlari kо‘rsatiladi. Undan tegishli tumanning ustiga sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, joyning koordinatalari oynaning pastki tomonida namoyon bо‘ladi. Keyin oynaning pastki chap burchagidagi “Исползоват по умолчанию” bandiga “ ” belgisi qо‘yib, oyna yopib qо‘yiladi. Bu dasturda sutkaning istalgan paytida osmondagi yulduzlarni kо‘rish imkoniyati yaratilgan. Buning uchun pastki satrdan “Атмосфера” tugmasi bosilsa kifoya qiladi, yulduzlarning kunduzi joylashgan о‘rinlari ham ekranda namoyon bо‘ladi. Yana pastki satrda “Линии созвездий”, “Називания созвездий” bandlari tanlanilsa, yulduz turkumlari nomi va chiziqlari paydo bо‘ladi.
Agarda pastki satrdan “Ускорит ход времени” tugmachasi bosilsa, tezlashtirilgan kо‘rinishda yulduzlarning “Qutb” yulduzi atrofidagi sutkalik aylanma harakatini kо‘rishimiz mumkin bо‘ladi.
Osmon sferasi elementlarini tushuntirish uchun ham bu dasturdan foydalanish mumkin. Buning uchun chapdagi satrdan “Окно настроек небо и наблюдения” bandiga kiriladi. Undan “Обозначения” bо‘limi tanlanadi. Keyin “Линия экватора”, “Линия мередиана”, “Линия эклептики”, “Линия горизонта” qatorlariga “ ” belgisi qо‘yiladi va oyna yopiladi. Natijada, ekranda osmon ekvatori, meridian chizig‘i, ekliptika chizig‘i va matematik gorizont chiziqlari paydo bо‘ladi.
Bundan foydalanib talabaga osmon sferasini haqiqiysidan qolishmagan darajada namoyish qilish mumkin bо‘ladi. Bundan tashqari, boshqa kо‘plab mavzularni tushuntirishda ham Stellarium dasturidan foydalanish mumkin [5-6].
Starry Night – macOS va Windows operatsion sistemalari uchun mо‘ljallangan astronomik dasturiy vosita hisoblanadi. "Starry Night" osmon sferasi va osmon jismlari haqida aniq tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan bо‘lib, teleskopni nazorat qilish kabi bir qancha funksiyalarni bajarishga mо‘ljallangan.
Star Walk – 2001 yildan buyon mobil dasturiy ta’minot sifatida Vito Technology tomonidan iOS, Android, Amazon uchun maxsus ishlab chiqilgan astronomik dastur hisoblanadi.
Solar System Scope – Quyosh sistemasi jisimlarining koordinatalari, ularning harakatlari va ichki tuzilishlari hamda fizik parametrlari haqida to‘liq ma’lumot olish uchun ishlab chiqilgan astronomik dasturlardan biridir.
Yuqorida biz sanab о‘tgan dasturiy vositalardan ta’limiy maqsadda foydalanish mumkin. Ularning barchasi talabalarda astronomik tasavvurni rivojlantirishga katta yordam beradi.
WorldWide Telescope (WWT) – bu Microsoft Research tomonidan yaratilgan onlayn platformada ishlovchi kompyuter dasturi hisoblanadi.
Dastur kompyuter planetariysi bо‘lib, yulduzli osmonning batafsil fotografik xaritasini, shuningdek, Quyosh tizimdagi turli jismlarining yuzasini kо‘rish, Yer va olam bо‘ylab virtual sayohatlar qilish imkonini beradi. Dasturdagi fotosuratlar Xabbl kosmik teleskopi va Yer yuzida joylashgan 10 ga yaqin teleskoplar tomonidan olingan.
Bu dastur orqali Yer sayyorasidan tortib Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar yuzasining aniq detallarigacha kо‘rinadigan 3D о‘lchamdagi fotosuratlarini ham kо‘rish mumkin.
Astronomiya kursi laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tishda CLEA va VIREO virtual laboratoriyadan hamda MaxIm DL ni dasturidan foydalanish talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashga va ilmiy-tadqiqot ishlariga bо‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Masalan MaxIm DL ni dasturidan foydalanib astrometriya qilishni kо‘rib chiqaylik.
MaxIm DL yordamida tezkor astrometriya qilish
MaxIm DL ni ishga tushiramiz. Astrometriya uchun kerakli tasvirni MaxIm DL da ochamiz. Joriy holatda biz jun1421-006r.fit tasvirini ochamiz. MaxIm DL menyusida “Analyze” → “PinPoint Astrometry” buyrug‘ini ishga tushiramiz. Natijada bizda “PinPoint Astrometry” ni interaktiv oynasi ochiladi. “PinPoint Astrometry” ni interaktiv oynasida birinchi galda astrometriya uchun yulduzlarni tayanch katalogi tanlanadi. Tanlangan katalog joylashgan direktoriyani kо‘rsatish uchun “Path…” tugmasidan foydalaniladi. Katalog tanlanganidan keyin “Process” tugmasi bosiladi. Natijada “Process” tugmasini chap tomonidagi oynada astrometriya natijalari kо‘rinadi. Barcha natijani kо‘riish uchun siljitish tugmasidan foydalaniladi. Agar natija ijobiy bо‘lsa MaxIm DL da tezkor astrometriya amalga oshirilgan bо‘ladi. “PinPoint Astrometry” ni interaktiv oynasidan chiqish uchun “Close” tugmasi bosiladi. “PinPoint Astrometry” ni interaktiv oynasi yopilgandan keyin standart saqlash (Save) tugmasi bosiladi. Natijalarni kо‘rish uchun DS9 dasturidan foydalanish mumkin. Agar tanlagan tasvirimiz oldin astrometriya qilinmagan bо‘lsa DS9
obyektlarni ekvatorial (tо‘g‘ri chiqish ( α ) va og‘ish burchaklari ( δ )) koordinatalarini kо‘rsatmaydi, agar astrometriya qilingan bо‘lsa kо‘rsatadi. Shu bilan birga astrometriya natijalarini MaxIm DL da “FITS Header Window” oynasini ochib tasvir muqaddimasidagi (xideridagi) о‘zgarishlardan ham bilsa bо‘ladi. “FITS Header” oynasida qо‘shimchalar paydo bо‘lganini kо‘rishimiz yoki “Total Commander” da tasvir ustiga borib F3 tugmasini bosish orqali ham о‘zgarishlarni kо‘rishimiz mumkin. Agar Sizga yetarlicha katta aniqlikdagi astrometriya natijalari kerak bо‘lsa yulduzlarni UCAC4 katalogidan foydalanish tavsiya etiladi.
Zamonaviy axborot muhiti sharoitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanib astronomiya kursini о‘qitishda yuqoridagi dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu dasturlarda keltirilgan ma’lumotlar jahonning yetakchi teleskoplari hamda sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatilgan teleskoplar orqali olingan ilmiy asosga ega raqamli fotosuratlar jamlanmasidan tashkil topgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarning ilk ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlashlari uchin xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
-
1. Djorayev M., Sattarova B., “Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi”, O‘quv qo‘llanma, Toshkent: “Fan texnologiya” nashriyoti 2015 y.
-
2. Mamadazimov M., Tillaboyev A va boshqalar. “Astronomiya kursi (Umumiy astronomiya)dan laboratoriya ishlari” T., TDPU 2015 y.
-
3. Tillaboyev A.M. (2021). Astranomiya kursini о‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanishning metodik tizimi. Academic research in educational sciences, 2(5), 907-913.
-
4. Tillaboyev A.M. (2021). Astronomiya fanining ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ta’lim tizimiga qо‘llashning nazariy asoslari. Academic research in educational sciences, 2(2), 462-466.
-
5. Tillaboyev A.M. Astranomiya kursini о‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish metodikasi / Международной научной конференции «Тенденции развития физики конденсированных сред», Фергана, 2021. – С. 492-495.
-
6. Tillaboyev A.M. Astronomiya kursini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib о‘qitish metodikasi / “Таълим сифати самарадорлигини оширишда халқаро тажрибадан фойдаланиш: муаммо ва ечимлар” мавзусидаги халқаро илмий-амалий офлайн/онлайн конференция, Чирчиқ, 2021. 490-495 б.
"Экономика и социум" №3(94) 2022
Список литературы Astronomiya kursini о‘qitishda zamonaviy elektron ta’lim resurslarining ahamiyati
- Djorayev M., Sattarova B., "Fizika va astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi", O‘quv qo‘llanma, Toshkent: "Fan texnologiya" nashriyoti 2015 y.
- Mamadazimov M., Tillaboyev A va boshqalar. "Astronomiya kursi (Umumiy astronomiya)dan laboratoriya ishlari" T., TDPU 2015 y.
- Tillaboyev A.M. (2021). Astranomiya kursini о‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanishning metodik tizimi. Academic research in educational sciences, 2(5), 907-913.
- Tillaboyev A.M. (2021). Astronomiya fanining ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ta'lim tizimiga qо‘llashning nazariy asoslari. Academic research in educational sciences, 2(2), 462-466.
- Tillaboyev A.M. Astranomiya kursini о‘qitishda zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish metodikasi / Международной научной конференции "Тенденции развития физики конденсированных сред", Фергана, 2021. - С. 492-495.
- Tillaboyev A.M. Astronomiya kursini elektron ta'lim resurslaridan foydalanib о‘qitish metodikasi / "Таълим сифати самарадорлигини оширишда халқаро тажрибадан фойдаланиш: муаммо ва ечимлар" мавзусидаги халқаро илмий-амалий офлайн/онлайн конференция, Чирчиқ, 2021. 490-495 б.