Ekologik madaniyat, ta’lim-tarbiya berishning nazariy-uslubiy asoslari

Автор: Ortiqova D.B.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 3-2 (94), 2022 года.

Бесплатный доступ

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari va o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim dasturlarida ekologiya to‘g‘risidagi fikr mulohazalar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid qimmatli ma’lumotlar, uslubiy o‘quv materiallar orqali o‘quvchi va talabalarga ta’lim- tarbiya berishning uslublari haqida so‘z yuritilingan.

Ekologik pedagogika, atrof muhit muxofazasi, ekologik ta'lim va tarbiya, huquqiy bilimlar, globallashuv sharoitida atrof muxit muxofazasi

Короткий адрес: https://sciup.org/140292775

IDR: 140292775

Текст научной статьи Ekologik madaniyat, ta’lim-tarbiya berishning nazariy-uslubiy asoslari

Buning natijasida mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy xarakterga ega bo‘lgan turli xil ekologik muammolar yuzaga kelib, insoniyat sivilizasiyasi davomiyligiga tahdidi ortib bormoqda. Ayni vaqtda dunyo aholisining aksariyati ekotizimni buzilishi va atrof-muhitni ifloslanishi kabi ekologik muammolar insoniyat uchun katta xavf ekanligini ta’kidlamoqdalar.

Insoniyat hayotini tahlikaga solayotgan ekologik masalaga yondashuvni bugungi kunda kelajak istiqboli nuqtai nazaridan yoshlar ta’lim-tarbiyaning ajralmas va asosiy omili sifatida tashkil etish davr talabi bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarga ekologik tarbiyani singdirishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq etgan holda amaliy – tarixiy bilimlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlash zarur. Bu yondashuv pedagogikada ekologik madaniyatni shakllantirishning zamini bo‘lib xizmat qilgan holda, ekologik ta’lim konsepsiyasiga muvofiq tabiat bilan o‘zaro munosabatlarni muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirishga imkon bergan holda "Ekologik tarbiya" omilining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.

"Ekologik tarbiya" atamasi pedagogikada nisbatan yangi tushuncha, biroq inson va atrof-muhit, tabiatning o‘zaro ta’siri muammosi pedagogik yondashuv tarixi davomida turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. Ekologik ta’limning hayotga tatbiq etilishi pedagogik tarixiy ta’limot yondashuvlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini inson shaxsining shakllanishi, yaxlitligi, inson va tabiat, jamiyat va koinot birligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan.

YA.A.Komenskiy nuqtai nazaricha insonda tabiiy, mustaqil va o‘z –o‘zini harakatga keltiruvchi kuch mavjud degan qarash ilgari surilgan holda, ta’limning muntazamligi asosida o‘quvchi dunyoni anglash va zaruriy bilimlarni egallashda o‘zini o‘zi faoliyatga undovchi tamoyil nazariyasini shakllantiradi, degan fikrlarni ilgari surgan [30].

  • -    maktab ta’limi o‘z faoliyatida atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish tizimini amalga oshiradi;

  • -    o‘quvchilarda atrof-muhitga qiziqish va jonli tabiatga mehr ko‘rsatish hamda uning bir bo‘lagi ekanligini singdirish borasidagi targ‘ibot va tashviqotni samaradorligini oshirish borasida zamonaviy dasturlar yaratadi;

  • -    maktabda o‘quvchilarga nafaqat atrof-muhitni o‘rganish balki uning faol iste’molchisi ekanligini singdirish orqali, kelajakda yashab qolishning birdan-bir manbai ekanligini uqtiradi;

  • - maktab ta’limida jamiyat muvozanati hamda sog‘lom fikr yuritish tabiat va ekotizim mahsuli ekanligini nazariy manbalar va amaliy omillar orqali tushuntiradi;

    -o‘quvchi yoshlarda atrof-muhit va ekotizm yuzasidan ilg‘or fikrlarni, zamonaviy qarash va nazariyalarni singdirgan holda ijtimoiy faolligini oshirib konservativ qarashlardan holi etadi.

Ushbu qarashlarimiz "ekologik pedagogika" muammolarini faol rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, yoshlarda ekologik ta’lim va tarbiyaning yangicha qarashlarini shakllanishiga nazariy va amaliy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

"Ekologik pedagogika" nazariyasini ishlab chiqish natijasida atrof-muhit va ekologik ta’limni tashkil etishda yangi istiqbollarni ko‘rib chiqishga imkon berdi. Yuqorida ilmiy jihatdan tahlil etilgan ta’lim muhitining g‘oyalari birinchi navbatda ijtimoiy ta’lim muammolari sifatida rivojlandi va pedagogikada ekotizimdan maqsadli foydalanish, avvalambor tabiiy muhit bilan yaqin aloqada "ochiq"

pedagogik tizimni yaratishning o‘ziga xos tajribasi yuzaga keldi. Bu qarash va nazariyalar haqida tadqiqotchi V.A.Suxomlinskiy bir qator ilmiy nazariyalarni ilgari surgan bo‘lib, tabiat bilan aloqa qilish orqali insonni tarbiyalash u yaratgan butun pedagogik tizimni qamrab oladi deydi [33].

Ekologik masala yuzasidan 2019-yil 12-aprel kuni Xalqaro ekologik bilimlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Ekoharakat deputatlik guruhi hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Mamlakatimizda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish” masalasi atroflicha muhokama qilinib, dunyoda kun sayin keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish uchun ekologik bilim yuqori bo‘lmog‘i lozimligi ta’kidlangan. Unda har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ekologik bilimlar kuni keng ommaviy ravishda nishonlanishi e’tirof etilgan holda 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari muhokamasi chog‘ida insoniyatning hayoti va barqarorligi uchun butun dunyo aholisi o‘rtasida ekologik bilimni targ‘ib etish atroflicha bayon etilganligi xususida ilmiy-amaliy fikr-mulohazalar yuzasidagi masalalarga e’tibor qaratilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad – sayyoramiz aholisining ekologik bilimini boyitish g‘oyasini ilgari surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish hamda har bir fuqaroni tabiatga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashni targ‘ib etishdir.

ADABIYOTLAR

  • 1.    "Город как школа". Проект "Интернациональная сеть производственных школ в Европе". Модель "Воспитывающий город": Социальная педагогика за рубежом. Теория и практика. - М.: Все с Межрегиональная ассоциация социальных педагогов и работников. Центр соц. педагогики исоц. работы, 1991.- С.58.

  • 2.    Erkin Aydarov, Gavhar Abdullaeva. The Impact of modern Innovative Educational Technologies for The Environmental Education of Students with Hearing Impairments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. (Great britain) Volume 24

  • 3.    Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б, Якубов М.С, Рахимов Ш.Х. Сув хўжалиги майдонида сув балансини ҳисоблаш тизими // Ўзбекистон Республикаси интелектуал мулк агентлиги // № DGU 04897. 12.12.2017 йил.

  • 4.    Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б. Инновационные методы обучения оптимальному управлению водными ресурсами. “Таълимда замонавий ахборот технологияларидан фойдаланишнинг инновацион усуллари” Республика миқёсидаги илмий-амалий конференцияси материаллари тўплами 2020 йил 22-23 октябр. - Б. 133-135.

  • 5.    Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б. Процессы управления водными ресурсами распределённых ирригaтционных систем // Фундаментал фан ва амалиёт интегратсияси: Муаммолар ва истиқболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари // 2018 йил 24-25 май.-Т.: 2018. - Б. 151-153.

  • 6.    Айдаров Е.Б, Ахмедов Б.А, Махкамова М.У, Ризаев О.Б. // Trends in the of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons // Институт управления и социально-экономического развития. Экономика и социум. Нучно практический журнал ISSN 2225-1545. 12.(79) Декабрь Москва. 2020. Стр. 24-25.

  • 7.    Айдаров Е.Б. Вохидова Р.А, Норматова Д.Т, Қутлимуратов Н.М, Джураева Л.В. Энергетические основы экономической оценки особо охраняемых природных территорий // Фундаментал фан ва амалиёт интегратсияси: Муаммолар ва истиқболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари // 2018 йил 24-25 май. Т.: - 2018. - Б. 158-160.

  • 8.    Айдаров Е.Б. Ортиқова Д.Б. Ёшларда экологик тарбия ва маданиятни ривожлантиришнинг илмий педагогик асослари. “Pedagogs” is awarded by the editorial board of the international electronic journal. Ўзбекистон Республикаси, Фарғона вилояти, Риштон шаҳри. 07.02.2022. –Б. 182-195.

  • 9.    Айдаров Е.Б. Табиий ҳудудлардаги атроф-муҳитни муҳофаза қилиш орқали ўқувчида экологик маданиятни ривожлантириш // Таълим-тарбия узлуксизлиги ва узвийлигида интегратив ёндошувлар вариативлиги. Илмий-услубий мақолалар тўплами. “Noshirlik yog’dusi” Т.: -2019. - Б. 145-155.

  • 10.    Айдаров Е.Б. Ўқувчи ёшларга табиий худудларни мухофаза қили орқали экологик тарбия бериш технологиялари. Барқарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. Халқаро илмий-амалий анжуман илмий ишлар тўплами.-Т.: - Б. 138-139.

  • 11.    Айдаров Е.Б. Ўқувчи ёшларга табиий-ҳудудларни муҳофаза қилиш орқали экологик тарбия бериш. Монография.-Т.: “Илм-зиё-заковат” нашриёти, 2019, 120 б.

  • 12.    Айдаров Е.Б. Экология ва табиатдан фойдаланиш (ўқув-қўлланма). Гувоҳнома. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2020 йил 30 июньдаги 359-сонли буйруғи. Рўйхатга олиш рақами 359-202.-Қарши, -2021. 04-2170.

"Экономика и социум" №3(94) 2022

Список литературы Ekologik madaniyat, ta’lim-tarbiya berishning nazariy-uslubiy asoslari

  • "Город как школа". Проект "Интернациональная сеть производственных школ в Европе". Модель "Воспитывающий город": Социальная педагогика за рубежом. Теория и практика. - М.: Все с Межрегиональная ассоциация социальных педагогов и работников. Центр соц. педагогики исоц. работы, 1991.- С.58.
  • Erkin Aydarov, Gavhar Abdullaeva. The Impact of modern Innovative Educational Technologies for The Environmental Education of Students with Hearing Impairments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. (Great britain) Volume 24
  • Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б, Якубов М.С, Рахимов Ш.Х. Сув хўжалиги майдонида сув балансини ҳисоблаш тизими // Ўзбекистон Республикаси интелектуал мулк агентлиги // № DGU 04897. 12.12.2017 йил.
  • Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б. Инновационные методы обучения оптимальному управлению водными ресурсами. “Таълимда замонавий ахборот технологияларидан фойдаланишнинг инновацион усуллари” Республика миқёсидаги илмий-амалий конференцияси материаллари тўплами 2020 йил 22-23 октябр. - Б. 133-135.
  • Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б. Процессы управления водными ресурсами распределённых ирригaтционных систем // Фундаментал фан ва амалиёт интегратсияси: Муаммолар ва истиқболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари // 2018 йил 24-25 май.-Т.: 2018. - Б. 151-153.
  • Айдаров Е.Б, Ахмедов Б.А, Махкамова М.У, Ризаев О.Б. // Trends in the of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons // Институт управления и социально-экономического развития. Экономика и социум. Нучно практический журнал ISSN 2225-1545. 12.(79) Декабрь Москва. 2020. Стр. 24-25.
  • Айдаров Е.Б. Вохидова Р.А, Норматова Д.Т, Қутлимуратов Н.М, Джураева Л.В. Энергетические основы экономической оценки особо охраняемых природных территорий // Фундаментал фан ва амалиёт интегратсияси: Муаммолар ва истиқболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари // 2018 йил 24-25 май. Т.: - 2018. - Б. 158-160.
  • Айдаров Е.Б. Ортиқова Д.Б. Ёшларда экологик тарбия ва маданиятни ривожлантиришнинг илмий педагогик асослари. “Pedagogs” is awarded by the editorial board of the international electronic journal. Ўзбекистон Республикаси, Фарғона вилояти, Риштон шаҳри. 07.02.2022. –Б. 182-195.
  • Айдаров Е.Б. Табиий ҳудудлардаги атроф-муҳитни муҳофаза қилиш орқали ўқувчида экологик маданиятни ривожлантириш // Таълим-тарбия узлуксизлиги ва узвийлигида интегратив ёндошувлар вариативлиги. Илмий-услубий мақолалар тўплами. “Noshirlik yog’dusi” Т.: -2019. - Б. 145-155.
  • Айдаров Е.Б. Ўқувчи ёшларга табиий худудларни мухофаза қили орқали экологик тарбия бериш технологиялари. Барқарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. Халқаро илмий-амалий анжуман илмий ишлар тўплами.-Т.: - Б. 138-139.
  • Айдаров Е.Б. Ўқувчи ёшларга табиий-ҳудудларни муҳофаза қилиш орқали экологик тарбия бериш. Монография.-Т.: “Илм-зиё-заковат” нашриёти, 2019, 120 б.
  • Айдаров Е.Б. Экология ва табиатдан фойдаланиш (ўқув-қўлланма). Гувоҳнома. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2020 йил 30 июньдаги 359-сонли буйруғи. Рўйхатга олиш рақами 359-202.-Қарши, -2021. 04-2170.
Еще