Amaliy o‘yinlar va ularning didaktik imkoniyatlari

Автор: Parpiyev O.T., Ahmedova G.I.

Журнал: Экономика и социум @ekonomika-socium

Рубрика: Основной раздел

Статья в выпуске: 7 (86), 2021 года.

Бесплатный доступ

Мақолада ўйинлар назарияси, унинг таълим бериш жараёнидаги ўрни ва ундан фойдаланиш йўллари, ўйинга берилган турли таърифлар ҳамда амалий ўйинларнинг дидактик имкониятлари кўриб ўтилган.

O’yin, o’yinlar nazariyasi, faoliyat turlari, ishtirokchi, o’yinli texnologiyalar, o’yinli texnologiyalarning asosiy xususiyatlari

Короткий адрес: https://sciup.org/140260646

IDR: 140260646

Текст научной статьи Amaliy o‘yinlar va ularning didaktik imkoniyatlari

Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyasining o‘rni va ahamiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘yin tushunchasi, vazifasi va mazmunini to‘liq yorita olish, uning mohiyatini ta’lim oluvchilarga aniq etkaza berish, shu bilan birga uni o‘tkazish mahoratiga bog‘liq. Shuning uchun biz avvalom bor “o‘yin” tushunchasini tahlil qilamiz.

O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat, ta’lim olish kabi faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda unda shaxsning o‘z hulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.

O‘yinlar hayotdagi turli xil vaziyatlarni modellashtirishga, hayotda mavjud narsalarni idrok qilishda his-tuyg‘ularning xilma-xil bo‘lishiga o‘rgatadi. Bu o‘yinning asosiy vazifalaridan biridir.

O‘yinning mohiyati, uning aniq ma’nosi bo‘yicha turli xil adabiyotlarda unga nisbatan turlicha fikrlar va qarashlar mavjud. Ushbu fikr yoki qarashlarning turlicha bo‘lish sabablaridan biri insonning barcha harakatlari o‘yin elementlarida ko‘rinishi, ikkinchisi esa jamiyatning va inson hayot faoliyatining barcha pog‘onalari o‘yin, uning mantig‘i hamda falsafasi bilan qoplanganligidir. O‘yin ta’lim olish vositasidan tashqari, hordiq chiqarish, o‘yin-kulgu, san’at va boshqa ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘ladi.

“O‘yin – bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayon emas. U faqat ma’lum sharoitlardagina yuzaga kelishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda ma’lum darajada o‘quv materialining muammoli bo‘lishligini nazarda tutadi” -deb hisoblaydi C.M. Tyunnikova [11].

O‘yin ilmiy adabiyotlarda borliq fenomeni (yun.phainomenon - yuz beruvchi noyob hodisa) sifatida ko‘rilib, mehnat faoliyati va o‘rganish bilan bir qatorda turadi. O‘yin nafaqat bolalar va kattalarni, balki insoniyat turmushida muayyan hodisa sifatida hamda psixologiya va pedagogikada esa maxsus o‘rganilayotgan muhim muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Pedagogik adabiyotlarda o‘yinga berilgan ta’riflarni ko‘plab uchratish mumkin, masalan L.S. Vigotskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi va ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.

L.P. Borzova o‘zining izlanishlarida “O‘yin - bu ta’lim oluvchi uchun tabiiy o‘qish usuli” hamda “Didaktik o‘yin esa - bu sub’ekt uchun ma’lum bir holatdagi o‘quv mashg‘ullik faoliyatidir” – deya e’tirof etadi [4].

O‘yin tushunchasi mohiyatini yo‘nalganlik va mazmundorlik tomonidan ko‘rib chiqib “Psixologiya” lug‘atida u quyidagicha ta’riflanadi: “...o‘yin – ilm va madaniyat predmetida, predmetli harakatlarni keltirib chiqarish, ijtimoiy usullarda belgilangan, jamoat tajribasini keltirib chiqarishga va o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyatning shartli vaziyatdagi shakli. O‘yinda jamoat tajribasining o‘ziga xos tarixiy kelib chiqqan shakli sifatida, predmetli va ijtimoiy borliqni (voqelik), shaxsiy intellektual, emotsional, ahloqiy rivojlanishini bilishni va o‘zlashtirishni ta’minlaydigan inson hayoti va faoliyati me’yorlari aks ettiriladi”.

J.S. Haydarov, P.I. Pidkasistiy o‘yinni quyidagicha ta’riflagan: "O‘yin – bu oldindan rejalashtirilgan va bajariladigan mavjud narsa hisoblanib, qatnashuvchi nimani fikrlashi va nima haqida o‘ylashi, u haqiqatdan ham shu faoliyat bilan qiziqqan yoki uning ishtirokchisiga aylangan paytida hammaga ma’lum bo‘lgan samarali natijaga erishishi belgilangan faoliyat turi" [7].

G.K. Selevkoning o‘yinga bergan ta’rifi esa quyidagicha: "O‘yin - bu inson faoliyati turlaridan biri bo‘lib, jamoa tajribalarini o‘zlashtirishga, hulqni shakllantirishga yordam beradi".

Turli xil ilmiy adabiyot va manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘yin ta’lim-tarbiyada, mehnatda hamda inson hayoti faoliyati davomida insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishga imkon yaratadi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib o‘yin tushunchasiga ta’rifni keltirib o‘tamiz:

O‘yin – tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. U insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqa mashqlar, shuningdek, san’at ayniqsa uning ijro shakllari bilan qo‘shilib kelgan[14].

Bugungi kunda turli pedagogik manbalarda ta’lim jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan o‘yinlarni turlicha nomlanmoqda. Masalan, “pedagogik o‘yinlar”, “o‘yinli pedagogik texnologiyalar”, “didaktik o‘yinlar”, “ta’limiy o‘yinlar”, “tarbiyaviy o‘yinlar” va hakozo.

Pedagogik o‘yinlar o‘qitishning faol, samarali metodi hisoblanib, mashg‘ulot qatnashuvchilarining nafaqat kasbiy bilim va malakalarini, balki shaxsning kasbiy va ahloqiy xususiyatlari (tayyorgarlik, bajaruvchanlik, ijro etuvchanligi, ijodiy faollik, intiluvchanlik, asoslanganlik, jamoatchilik va boshqalar)ni shakllantiradi.

O‘yinli pedagogik texnologiyalar – bu pedagogik jarayonni turli xil pedagogik o‘yinlar shaklida tashkil etishning metodlari va usullarining etarlicha keng guruhini o‘z ichiga oladi. Umuman boshqa o‘yinlardan farqli holda pedagogik o‘yin o‘qitishning aniq qo‘yilgan maqsadi va unga mos pedagogik natijaga ega bo‘lib, ular o‘quv bilish faoliyatga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi. Mashg‘ulotlarning o‘yinli shakli darslarda o‘quv faoliyatiga jalb qilish (undash), rag‘batlantirish vositasi sifatida ishtirok etuvchi o‘yin usullari va vaziyatlari yordamida yaratiladi.

Pedagogik o‘yin ishtirokchini ta’lim olishga qiziqishini uyg‘otish, guruhni jipslashtirishga va bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga tayyorlashga imkon beradi.

Ta’lim berish nuqtai-nazaridan pedagogik o‘yinlar kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda jamoa bo‘lib masalalarni hal etish yo‘llari to‘g‘risidagi bilimlarni, turli xildagi topshiriqlarni echish yo‘llarini qidirish jarayonida o‘zaro muloqot qilish shakllari va usullarini ham shakllantiradi. SHu bilan birga pedagogik o‘yinlar ish o‘rnini mustaqil rejalashtirish, ishlab chiqarish texnologik me’yorlarini muvaffaqiyatli bajarish ko‘nikmalarini, o‘quv ishlab chiqarish ishlarini bajarishning ilg‘or usullarini o‘rganishni ham shakllantiradi.

Pedagogik o‘yinlarni ta’lim jarayonida qo‘llanilishi quyidagi afzalliklarga ega:

  • -    bo‘lajak mutaxassisning kelgusidagi kasbiy faoliyati bilan uzviylikni ta’minlashi;

  • -    namunaviy pedagogik o‘yindan bir necha marta samarali foydalanish mumkinligi;

  • -    ta’lim oluvchining kasbiy faoliyat sirlarini egallashi va bilimlarni pedagog yordamisiz mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;

  • -    ta’lim oluvchilarning mustaqil kasbiy faoliyatdagi yuzaga keladigan xatoliklarni oldindan bartaraf etish imkoniyatini yaratilishi;

  • -    guruh a’zolarida birgalikda fikrlash qobiliyatining rivojlanishi;

  • -    boshqaruvning yangi shakl va  qoidalari,  tuzilmasi, me’yori va

metodikasining sinovdan o‘tkazilishi va boshqalar1.

Pedagogik o‘yin davomida ta’lim oluvchilarda quyidagi ko‘nikma va malakalar shakllanadi:

  • -    ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;

  • -    ishonchli ma’lumotlar etarli bo‘lmagan sharoitlarda echimlar qabul qilish va uning samarasini baholash;

  • -    muayyan turdagi kasbiy amaliy masalalarni tahlil qilish;

  • -    kasbiy faoliyat sohalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish;

  • -    jamoada ishlash, masalalar echimlarini hamkorlikda ishlab chiqish;

  • -    kasbiy faoliyatdagi jarayon va hodisalarni tadqiq etishda tizimli yondashuvdan foydalanish va boshqalar.

Pedagogik o‘yinlar orqali ta’lim oluvchilarda shakllanadigan bilim, ko‘nikma, malaka hamda shaxsiy fazilatlar asosan o‘yin qanday rejalashtirilganligiga va qanday o‘tkazilishiga hamda uning asosiga qanday motivlar qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ega bo‘ladi:

  • -    didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi;

  • -    o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;

  • -    o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;

  • -    o‘quv jarayonida didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;

  • -    didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.

Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining markazida ishtirokchi, ya’ni ta’lim oluvchi kattalarning faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. SHunga ko‘ra o‘yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, ta’lim oluvchi insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni o‘rganishiga imkon yaratadi, oqibatda uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi. SHu bilan birga, o‘yin va o‘yin faoliyati ta’lim oluvchida o‘quv materialini o‘zlashtirishning qulayligi hamda o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • 1.    Abduqudusov O., Rashidov H.F. Kasb-hunar pedagogikasi. Toshkent, O‘MKHTTKMOUQTI. 2009. – 238 b.

  • 2.    Avliyoqulov N.H. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. - T.: 2001.18-24 betlar.

  • 3.    Bozorova S.D. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalashning afzalliklari // “Kasb-hunar ta’limi” jurnali. T. 2009. № 1. B. 13-14.

  • 4.    Борзова Л.П. Дидактические игры как одна из форм организации познавательной деятельности учащихся при изучении нового материала на уроках истории (на материале истории России XIX века): Автореф. дис. … канд. пед. наук. – М., 2000. – 18 с.

  • 5.    Djuraev R.X., Tolipov O‘.Q. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. Toshkent. “Fan” 2008. 192 b.

  • 6.    Ismoilova Z.K., Sodiqova F. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etishda o‘quv-amaliy o‘yinlardan foydalanishning nazariy asoslari //Mehnat ta’limi va kasb ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash masalalari / Resp.ilmiy-amaliy anjuman materiallari. T., TDPU. 2008. - 247-250 b.

  • 7.    Пидкасистый П., Хайдаров Ж.С."Технология игры в обучении и развитии". М.: 1996.

  • 8.    Razzoqov D.N., Qayumova F.E., Razzaqov I. Dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish. Buxoro “Iste’dod” 2005. 86 b.

  • 9.  Rahimov  I.A. Pedagogik o‘yinlar va ularning dars jarayonidagi

    ahamiyati.Metodik tavsiyanoma. – Namangan. 2004. – 41 b.

  • 10.    Rashidov H.F., Xabib R., Eldasheva G., Zakirov A. “Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi. - Toshkent. O‘MKHTTKMO va UQTI.2007. -200 b.

  • 11.    Тюнникова С.М. Использование игры в учебно-воспитательной работе мастера производственного обучения. Мет.реком-ции.М.: 1990.-60 с.

  • 12.    Парпиев  О.Т. Использование педагогических игр как фактор

    повышения эффективности обучения //Молодой ученый. – 2011. – №. 12-2. – С. 127-129.

  • 13.    Акрамов Х.М., Парпиев О.Т. Педагогические технологии как основа развития познавательной деятельности студентов //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. – 2014. – Т. 12. – №. 2.

  • 14.    Parpiev O.T. Pedagogik o‘yin turlari va ularga qo‘yiladigan talablar // Kasb-hunar ta’limi. – 2009. 22-24 bet.

"Экономика и социум" №7(86) 2021

Список литературы Amaliy o‘yinlar va ularning didaktik imkoniyatlari

  • Abduqudusov O., Rashidov H.F. Kasb-hunar pedagogikasi. Toshkent, O‘MKHTTKMOUQTI. 2009. – 238 b.
  • Avliyoqulov N.H. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. - T.: 2001.18-24 betlar.
  • Bozorova S.D. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalashning afzalliklari // “Kasb-hunar ta’limi” jurnali. T. 2009. № 1. B. 13-14.
  • Борзова Л.П. Дидактические игры как одна из форм организации познавательной деятельности учащихся при изучении нового материала на уроках истории (на материале истории России XIX века): Автореф. дис. … канд. пед. наук. – М., 2000. – 18 с.
  • Djuraev R.X., Tolipov O‘.Q. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. Toshkent. “Fan” 2008. 192 b.
  • Ismoilova Z.K., Sodiqova F. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etishda o‘quv-amaliy o‘yinlardan foydalanishning nazariy asoslari //Mehnat ta’limi va kasb ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash masalalari / Resp.ilmiy-amaliy anjuman materiallari. T., TDPU. 2008. - 247-250 b.
  • Пидкасистый П., Хайдаров Ж.С."Технология игры в обучении и развитии". М.: 1996.
  • Razzoqov D.N., Qayumova F.E., Razzaqov I. Dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish. Buxoro “Iste’dod” 2005. 86 b.
  • Rahimov I.A. Pedagogik o‘yinlar va ularning dars jarayonidagi ahamiyati.Metodik tavsiyanoma. – Namangan. 2004. – 41 b.
  • Rashidov H.F., Xabib R., Eldasheva G., Zakirov A. “Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi. - Toshkent. O‘MKHTTKMO va UQTI.2007. - 200 b.
  • Тюнникова С.М. Использование игры в учебно-воспитательной работе мастера производственного обучения. Мет.реком-ции.М.: 1990.-60 с.
  • Парпиев О.Т. Использование педагогических игр как фактор повышения эффективности обучения //Молодой ученый. – 2011. – №. 12-2. – С. 127-129.
  • Акрамов Х.М., Парпиев О.Т. Педагогические технологии как основа развития познавательной деятельности студентов //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. – 2014. – Т. 12. – №. 2.
  • Parpiev O.T. Pedagogik o‘yin turlari va ularga qo‘yiladigan talablar // Kasb-hunar ta’limi. – 2009. 22-24 bet.
Еще
Статья научная